0.2 Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro
bog’liqligi
. Ekologiya biologik fan. U «organizm - muhit»
tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil
etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma‘lum ma‘noda
muhitga bog’liq bo’lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar
uchun muhitning «ob - havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o’z
o’rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o’zi yo’q». Shunga
qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan
befarq munosabatda bo’lganda organizmlarga salbiy ta‘sir etadi.
Muhit
yomonlashishni
qabul
qilmaydi,
ularni
faqat
organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o’z
ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya,
fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya,
poleontologiya va boshqa fanlarning ma‘lumotlari va uslublariga
tayangan holda ish ko’radi. Bu fanlardan ekologiya ko’pgina
izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni
qabul qilgan.
Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element
geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya,
tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy
o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer
to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash
mumkin.
Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko’p
hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi
(chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini
tozalash, energiyaning noan‘anaviy usullardan foydalanish va
Ikkinchi printsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop
me‘yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz
qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning
alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga
nisbatan ko’p bo’ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal
biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o’ta ifloslanishi bilan
izohlanadi.
Uchinchi printsip - muhitning bir tekis o’zgarishi: muhit
sharoitlari qanchalik bir tekis o’zgarsa va shuncha uzoq payt
biotop o’zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va
barqaror bo’ladi. Bu evolyutsion - dinamik printsip. Demak,
biotopda qanchalik tez o’zgarish sodir bo’lsa, turlarning bu
o’zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining
qashshoqlashishiga olib keladi.
Nihoyat, to’rtinchisi - jins tur namoyondalari printsipi:
jinslarning boy turi, odatda biogeotsenozlarda o’zining birdan-bir
namoyondasi mavjud (G.F.Gauze nazariyasi, keyingi bobga
qarang).
Tabiiy biogeotsenozlarga (butun ekotizim) kiruvchi
turlarning faoliyati, muhitda o’zining mavjudligini saqlashga
y
ў
naltiriltirilgan. Turlar muhitni yo’q qilmaydi, vaholanki bu o’z-
o’zini yo’q qilishga olib kelgan bo’lardi.
Uzoq vaqt oralig’ida jamoalarning ajralganlik darajasi
kamayishi mumkin, ekotizimda begona turlar tarqaladi. Natijada
bitta biogeotsenoz asta-sekin qonuniy ravishda boshqasiga
almashadi. Buni insonning tabiatga nisbatan keng miqyosidagi
ta‘sirida ham ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |