O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu  Kodeks  100-moddasining  ikkinchi  qismi 
4-bandida
  ko‘rsatilgan  asos  bo‘yicha  soliqni
to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi  manfaatdor
shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning ko‘char va ko‘chmas mulki (bundan qonunchilikka muvofiq
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
(101-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu  Kodeks  100-moddasining  ikkinchi  qismi 
5-bandida
  ko‘rsatilgan  asos  bo‘yicha  soliqni
to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning
arizasiga  ushbu  shaxs  tomonidan  tuzilgan,  mazkur  shaxsning  umumiy  daromadlarida  uning
mavsumiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  faoliyatdan  olingan  daromadlarining  ulushi  kamida  50  foizni
tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Mavsumiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  tarmoqlar  va  faoliyat  turlarining  ro‘yxati  O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 
3 -bandida
 ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan
taqdirda,  manfaatdor  shaxsning  arizasiga  muvofiq  soliqni  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyati  beriladi.
Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadigan soliq summasi oxirgi uch yil davomida
to‘langan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak.
(101-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-oktabrdagi  O‘RQ-722-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi
manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga hisoblangan
foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Vakolatli organning talabiga ko‘ra, manfaatdor shaxs garov predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan
mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim etadi.
Vakolatli  organ  manfaatdor  shaxsning  iltimosnomasi  bo‘yicha  ushbu  shaxs  tomonidan  qarz
summasining  to‘lanishini  vaqtinchalik  (ariza  ko‘rib  chiqiladigan  davrda)  to‘xtatib  turish  to‘g‘risida
qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning ko‘chirma nusxasi manfaatdor shaxs tomonidan o‘zi
hisobga  olingan  joydagi  soliq  organiga  qaror  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran  besh  kunlik
muddatda taqdim etiladi.
Soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  yoxud  uni
berishni  rad  etish  to‘g‘risidagi  qaror  vakolatli  organ  tomonidan  manfaatdor  shaxsning  arizasi
olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.
Soliqni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi  qarorda
quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) qarz summasi;
2) kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan soliq;
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi hamda muddatlari.
Tegishli  hollarda  soliqni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish
to‘g‘risidagi qarorda garov predmeti bo‘lgan mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlar, kafillik xati yoki bank
kafolati ko‘rsatilishi kerak.
Soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi
qaror  ushbu  qarorda  belgilangan  kundan  e’tiboran  kuchga  kiradi.  Bunda  soliqni  to‘lash  uchun
belgilangan  kundan  e’tiboran  ushbu  qaror  kuchga  kiradigan  kunga  qadar  bo‘lgan  butun  vaqt
uchun  tegishli  penyalar,  agar  to‘lovning  ko‘rsatilgan  muddati  ushbu  qaror  kuchga  kiradigan
kundan oldin bo‘lsa, qarz summasiga kiritiladi.
Agar  soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  mol-mulk  garovi  evaziga
beriladigan  bo‘lsa,  uni  berish  to‘g‘risidagi  qaror  faqat  ushbu  Kodeksning 
107-moddasida
  nazarda
1


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
71/333
tutilgan tartibda mol-mulk garovi to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga kiradi.
Soliqni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berishni  rad  etish
to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish
to‘g‘risidagi  qaror  ustidan  manfaatdor  shaxs  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  shikoyat  qilishi
mumkin.
(101-moddaning  o‘n  to‘qqizinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi
qarorning  ko‘chirma  nusxasi  vakolatli  organ  tomonidan  mazkur  qaror  qabul  qilingan  kundan
e’tiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish