O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Soliqlarni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

100-modda.  Soliqlarni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish
shartlari
Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor
shaxsga,  basharti  uning  moliyaviy  ahvoli  ushbu  soliqni  belgilangan  muddatda  to‘lash  imkonini
bermasa,  biroq  ko‘rsatilgan  shaxsda  bunday  soliqni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  uchun
berilgan  muddat  mobaynida  to‘lash  imkoniyati  yuzaga  keladi  deb  taxmin  qilish  uchun  yetarlicha
asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.
Soliq  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyati  manfaatdor  shaxsga  quyidagi
asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:
1)  ushbu  shaxsga  tabiiy  ofat,  texnologik  falokat  yoki  boshqa  bartaraf  etib  bo‘lmaydigan
holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2)  ushbu  shaxsni  budjetdan  (davlat  maqsadli  jamg‘armalaridan)  moliyalashtirish
kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  ehtiyojlari  uchun  bajarilgan  ishlar  va  (yoki)  ko‘rsatilgan
xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;
3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari
paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3 )  manfaatdor  shaxs  faoliyatni  uch  yildan  ortiq  vaqtdan  buyon  amalga  oshirayotganligi
hamda  hisoblangan  soliqlarni  o‘z  vaqtida  to‘lab  kelganligi,  ammo  moliyaviy  ahvoliga  ko‘ra  soliq
qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;
(100-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-oktabrdagi  O‘RQ-722-sonli
Qonuniga 
asosan  3 -band  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.10.2021-y.,
03/21/722/0960-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4)  jismoniy  shaxsning  mulkiy  holati  (qonunchilikka  muvofiq  undiruv  qaratilishi  mumkin
bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
(100-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya
qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6)  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  tovarlar  olib  o‘tilishi  munosabati
bilan  bojxona  to‘g‘risidagi  qonunchilikda  belgilangan  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  soliqlarni  to‘lashni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
(100-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu modda ikkinchi qismining 
1

3  —  6-bandlarid
a  ko‘rsatilgan  asoslar  mavjud  bo‘lganda,
soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
1) yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  jismoniy  shaxsga  —  uning  mol-mulki  qiymatidan  oshmaydigan  summaga,  bundan
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-
mulk mustasno.
(100-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga
yozma,  shu  jumladan  soliq  to‘lovchining  shaxsiy  kabineti  orqali  xabarnoma  yuborib,  soliq  auditi
natijalari  bo‘yicha  qo‘shimcha  hisoblangan  soliqlar  summalarini,  shuningdek  moliyaviy
sanksiyalarni  tekshiruv  materiallarini  ko‘rib  chiqish  natijalari  yuzasidan  soliq  organi  tomonidan
1
1


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
69/333
qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga
haqli.
Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi
qismining 
1
  yoki 
2-bandlarida
  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  berilgan  bo‘lsa,  qarz  summasiga  foizlar
hisoblanmaydi.
Agar  soliqni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyati  ushbu  modda
ikkinchi qismining 
3 — 6-bandlarida
 va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan
bo‘lsa,  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  davrida  amalda  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi
Markaziy  bankining  qayta  moliyalashtirish  stavkasiga  teng  stavkadan  kelib  chiqqan  holda  qarz
summasiga foizlar hisoblanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish