O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati
Soliq  to‘lovchi  o‘zining  soliq  majburiyatini,  agar  ushbu  Kodeksda  boshqacha  qoida  nazarda
tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda bajaradi.
Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq
majburiyati  o‘zga  jismoniy  shaxs  tomonidan  bajarilishi  mumkin.  Bunda  soliq  to‘lovchi  uning  soliq
majburiyati  o‘zga  jismoniy  shaxs  tomonidan  bajarilishi  natijasida  olgan  moddiy  naf  soliq  solish
maqsadlarida  shu  soliq  to‘lovchining  daromadi  deb  e’tirof  etilmaydi.  O‘zga  shaxs  o‘zi  tomonidan
soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
(86-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik
va kun) o‘tishi bilan belgilanadi.
Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea
yuz  berganidan  keyingi  kundan  boshlanadi.  Soliq  majburiyati  ushbu  majburiyatni  bajarish
muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak.
Agar  soliq  majburiyatini  bajarish  muddatining  so‘nggi  kuni  dam  olish  (ishlanmaydigan)
kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.
Soliq  majburiyatini  bajarish  muddati  ushbu  Kodeksning 
97  —  102-moddalarida
  nazarda
tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  majburiyatining  bajarilmaganligi  yoki  lozim  darajada
bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuborilishi
uchun asos bo‘ladi.
Soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  majburiyati  bajarilmagan  yoki  lozim  darajada  bajarilmagan
taqdirda,  soliq  organlari  ushbu  majburiyatning  majburiy  tartibda  bajarilishi  yuzasidan  ushbu
Kodeksning 
15-bobida
 nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi va (yoki) uning bajarilishini ta’minlashga
doir ushbu Kodeksning 
13-bobida
 nazarda tutilgan choralarni qo‘llashi shart.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish