O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq  hisoboti  soliq  to‘lovchi  hisobga  olingan  joydagi  soliq  organiga  belgilangan  shaklda
qog‘oz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan
hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Soliq  to‘lovchi  ushbu  Kodeksga  muvofiq  soliq  hisobotiga  ilova  qilinishi  lozim  bo‘lgan
hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Yuridik  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchilar  va  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  soliq  hisobotini  o‘zi
hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo‘yicha elektron hujjat tarzida taqdim
etadi.
Yirik  soliq  to‘lovchilar,  joylashgan  yeridan  qat’i  nazar,  soliq  hisobotini  Yirik  soliq  to‘lovchilar
bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ushbu  moddaning 
uchinchi
  va 
to‘rtinchi  qismlari
  qoidalari  davlat  sirlari  jumlasiga  kiritilgan
axborotni taqdim etishga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
Soliq  hisoboti  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda  soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq
organiga  shaxsan  yoki  vakil  orqali  taqdim  etilishi  yoxud  pochta  jo‘natmasi  tarzida  joylanmalar
ro‘yxati bilan yuborilishi mumkin.
Soliq  maslahatchilari  tashkiloti  soliq  hisobotini  soliq  to‘lovchi  nomidan  soliq  to‘lovchining
shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli.
Soliq  organi  soliq  to‘lovchi  tomonidan  belgilangan  shaklda  taqdim  etilgan  soliq  hisobotini
qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Soliq hisoboti qog‘ozda olingan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchining iltimosiga ko‘ra, soliq
hisobotining  ko‘chirma  nusxasiga  uning  qabul  qilib  olingani  to‘g‘risida  belgi  qo‘yishi  va  u  olingan
sanani ko‘rsatishi shart.
Soliq  hisoboti,  agar  ushbu  Kodeksda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq
to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi
va to‘liqligini tasdiqlab, unga imzo qo‘yadi.
Agar  soliq  hisobotida  ko‘rsatilgan  ma’lumotlarning  to‘g‘riligi  va  to‘liqligini  soliq  to‘lovchining
vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qo‘yiladi. Bunda soliq hisobotiga
ushbu  vakilning  uni  imzolashga  bo‘lgan  vakolatini  tasdiqlovchi  hujjatning  ko‘chirma  nusxasi  ilova
qilinadi.
Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga bo‘lgan vakolatini
tasdiqlovchi  hujjatning  ko‘chirma  nusxasi  telekommunikatsiya  aloqa  kanallari  orqali  elektron
shaklda taqdim etilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
57/333
(82-moddaning o‘n beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq soliq
hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va boshqa shaxslarga
nisbatan ham tatbiq etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish