O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

77-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati
Soliq  solish  maqsadlaridagi  hisob  siyosati  soliq  to‘lovchi  tomonidan  mustaqil  ravishda
belgilanadi.  Bunda  hisob  siyosati  ixtiyoriy  shaklda  tasdiqlanadi  va  unda  quyidagilar  aks  ettirilishi
kerak:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  agar  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq
to‘lovchi yoki soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan soliq registrlarining shakli
va ularni tuzish tartibi;
(77-modda  birinchi  qismining  1-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) unga rioya etilishi ustidan mas’ul mansabdor shaxslar;
3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisob yuritish tartibi, agar bunday hisob yuritish
majburiyati ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bo‘lsa;
4)  soliq  to‘lovchi  tomonidan  foyda  solig‘ini  hisoblab  chiqarish  maqsadida  sarflarni  xarajatlar
sirasiga kiritish, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olishning tanlangan usullari;
5)  xedjirlanadigan  tavakkalchiliklarni,  xedjirlanadigan  moddalarni  va  ularga  nisbatan
qo‘llaniladigan xedjirlash vositalarini aniqlash siyosati, xedjirlash operatsiyalari, shuningdek boshqa
moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xedjirlash samaradorligi darajasini baholash
uslubiyati;
6)  aktivlarning  har  bir  guruhi  va  kichik  guruhi  bo‘yicha  amortizatsiya  normalari  (hisoblash
usullari).
Soliq  solish  maqsadlarida  hisob  siyosatini  o‘zgartirish  va  (yoki)  unga  qo‘shimchalar  kiritish
soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  ishlab  chiqilgan  yangi  hisob
siyosatini yoki uning yangi bo‘limini tasdiqlash;
(77-modda  ikkinchi  qismining  1-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  ishlab  chiqilgan  amaldagi  hisob
siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining bo‘limiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish.
(77-modda  ikkinchi  qismining  2-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisob  siyosatini  shakllantirishda  soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  solish  maqsadlarida
tanlangan  hisob  yuritish  usullari  tegishli  hisob  siyosati  tasdiqlangan  yildan  keyingi  yilning  1-
yanvaridan e’tiboran qo‘llaniladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
55/333
Yangi  tashkil  etilgan  yuridik  shaxs  yoki  chet  el  yuridik  shaxsining  doimiy  muassasasi  soliq
solish  maqsadlarida  hisob  yuritish  usullari  to‘g‘risidagi  qarorni  o‘zi  tashkil  etilgandan  keyingi
birinchi hisobot davri davomida qabul qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  solish  maqsadlaridagi  hisob  siyosati  kalendar  yil  davomida  o‘zgartirilmaydi.  Soliq
to‘g‘risidagi  qonunchilikka  yoxud  soliq  solish  shartlariga  o‘zgartirish  kiritilganda  va  faqat  ushbu
o‘zgartirishlar  taalluqli  bo‘lgan  qismida  soliq  to‘lovchining  hisob  siyosatida  o‘zgartirishlar  qilishga
yo‘l qo‘yiladi.
(77-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish