O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhi  mas’ul  ishtirokchisining



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

67-modda.  Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhi  mas’ul  ishtirokchisining
huquqlari va majburiyatlari
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 
66-
moddasida
 nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan
huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda
boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining
faoliyati  munosabati  bilan  yuzaga  keladigan  munosabatlarda  foyda  solig‘ini  to‘lovchilar  uchun
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul  ishtirokchisi  quyidagi  huquqlarga
ega:
1)  soliq  organlariga  va  ularning  mansabdor  shaxslariga  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini (bo‘nak va joriy to‘lovlarni) hisoblab chiqarish
va to‘lash yuzasidan har qanday tushuntirishlarni taqdim etish;
2)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘i  to‘lanishi
munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida bo‘linmalari joylashgan
yerda o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi o‘tkazilayotganda ishtirok etish;
3)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘i  to‘lanishi
munosabati bilan o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining natijalari
yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning ko‘chirma nusxalarini olish. Shuningdek
foyda  solig‘ini  (bo‘nak  to‘lovlarini)  to‘lash  to‘g‘risidagi  talabnomalarni  hamda  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni olish;
4)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘ini  to‘lash
munosabati bilan o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qo‘shimcha tadbirlarining
materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organining rahbari (rahbar
o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish;
5)  soliq  organlaridan  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  ishtirokchilari
to‘g‘risidagi soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish;
6)  soliq  organlarining  va  boshqa  vakolatli  organlarning  hujjatlari,  ular  mansabdor
shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan,  shu  jumladan  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘ini  hisoblab  chiqarishda  ular  tomonidan
majburiyatlarning  bajarilishi  (huquqlarning  amalga  oshirilishi)  munosabati  bilan  soliq  to‘lovchilar
konsolidatsiyalashgan  guruhining  ayrim  ishtirokchilari  manfaatlarini  ko‘zlab  belgilangan  tartibda
shikoyat qilish;
7)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  ortiqcha  to‘langan  foyda
solig‘ini hisobga olish (qaytarish) to‘g‘risidagi ariza bilan soliq organiga murojaat etish.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi:
1)  soliq  organiga  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  tartibda  va  muddatlarda  ro‘yxatdan
o‘tkazish  uchun  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tuzish  to‘g‘risidagi
shartnomani,  ushbu  shartnomani  o‘zgartirish  to‘g‘risidagi  bitimni,  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan  guruhi  faoliyatini  tugatish  to‘g‘risidagi  qarorni  yoki  bildirish  xatini  taqdim
etishi;
2)  ushbu  Kodeksning 
XII  bo‘limida
  belgilangan  tartibda  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  soliq  hisobini  yuritishi,  foyda  solig‘ini  (bo‘nak  va  joriy
to‘lovlarni) hisoblab chiqarishi va to‘lashi;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
49/333
3)  soliq  organiga  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘i
bo‘yicha  soliq  hisobotini,  shuningdek  mazkur  guruhning  boshqa  ishtirokchilaridan  olingan
hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi;
4)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  faoliyati  tugatilgan  taqdirda,  ushbu
guruh ishtirokchilariga foyda solig‘ini (bo‘nak va joriy to‘lovlarni) hisoblab chiqarish va to‘lash hamda
tegishli  hisobot  hamda  soliq  davrlari  uchun  soliq  hisobotini  tuzish  uchun  zarur  bo‘lgan
ma’lumotlarni  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tuzish  to‘g‘risidagi
shartnomada  nazarda  tutilgan  tartibda  va  muddatlarda  taqdim  etishi.  Soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda bunday
ma’lumotlar 
ushbu 
konsolidatsiyalashgan 
guruhning 
boshqa 
ishtirokchilariga 
va
konsolidatsiyalashgan  guruh  tarkibidan  chiqib  ketgan  yuridik  shaxslarga  xuddi  shunday  tartibda
taqdim etiladi;
5)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘ini  to‘lovchining
majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq qarzini uzishi;
6) soliqlarni to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma olinganligi haqida u olingan kundan e’tiboran besh
kun ichida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarini xabardor qilishi;
7)  soliq  organlari  tomonidan  soliq  nazorati  amalga  oshirilishi  hamda  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘ini  to‘lovchining  majburiyatlari  bajarilishi  uchun
zarur bo‘lgan hujjatlarni, izohlarni va boshqa axborotni soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi ishtirokchilaridan talab qilib olishi;
8)  ushbu  konsolidatsiyalashgan  guruhni  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnomani  ro‘yxatdan
o‘tkazgan  soliq  organi  tomonidan  soliq  nazorati  tadbirlari  doirasida  talab  qilingan,  soliq
to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  boshlang‘ich  hujjatlarni,  soliq  hisobi
registrlarini va boshqa axborotni taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs
chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning mas’ul ishtirokchisi:
1)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  foyda  solig‘i  bo‘yicha  yuridik  shaxslar
konsolidatsiyalashgan  guruh  tarkibidan  chiqib  ketgan  soliq  davri  boshlanishidan  soliq  hisobiga
tegishli o‘zgartishlar kiritishi;
2) tugagan hisobot davrlari bo‘yicha foyda solig‘i yuzasidan bo‘nak va joriy to‘lovlarni qaytadan
hisoblashni  amalga  oshirishi  va  hisobda  turgan  joyidagi  soliq  organiga  soliq  to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘iga  doir  aniqlashtirilgan  soliq  hisobotini  taqdim
etishi shart.
Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul  ishtirokchisi  o‘ziga  berilgan
vakolatlar doirasida soliq to‘lovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqlariga ega
bo‘ladi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘ladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish