O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

63-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi
shartnoma
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnomaga
muvofiq,  ushbu  Kodeksning 
62-moddasida
  belgilangan  shartlarni  qanoatlantiruvchi  yuridik
shaxslar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini ushbu Kodeksda
belgilangan  tartibda  va  shartlarda  hisoblab  chiqarish  hamda  to‘lash  maqsadida  ixtiyoriy  ravishda
birlashadi.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  yuridik  shaxsni  tashkil
etmagan holda amalga oshiriladi.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnomada
quyidagi qoidalar bo‘lishi kerak:
1)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi
shartnomaning predmeti;
2)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  ishtirokchilari  bo‘lgan  yuridik
shaxslarning ro‘yxati va rekvizitlari;
3)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul  ishtirokchisi  bo‘lgan  yuridik
shaxsning nomi;
4) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning mas’ul
ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq o‘tkazadigan vakolatlar ro‘yxati;
5)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul  ishtirokchisi  va  boshqa
ishtirokchilari  tomonidan  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilmagan  majburiyatlarni  bajarish  hamda
huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun
javobgarlik;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
43/333
6)  agar  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  muayyan  muddatga  tuzilayotgan
bo‘lsa,  kalendar  yillarda  hisoblanadigan  muddat  yoxud  bu  guruh  qancha  muddatga  tashkil
etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini ko‘rsatish;
7)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  har  bir  ishtirokchisi  bo‘yicha  ushbu
Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq
bazasini  aniqlash  va  foyda  solig‘ini  to‘lash  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar.  Bunda  tanlangan
ko‘rsatkichlar  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi
shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida o‘zgartirilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnomaga
asoslangan  huquqiy  munosabatlarga  nisbatan  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilik,  soliq  to‘g‘risidagi
qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonunchiligi qo‘llaniladi.
(63-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnoma  va
uning  qoidalari  qonunchilikka  muvofiq  bo‘lmagan  taqdirda,  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb
topilishi mumkin.
(63-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnoma
quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi:
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi;
2) shartnomani bekor qilish sanasi.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  shartnoma
soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs turgan
joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul  ishtirokchisi  yirik  soliq
to‘lovchilar  toifasiga  kiritilgan  bo‘lsa,  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhini  tashkil
etish to‘g‘risidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning ko‘rsatilgan mas’ul ishtirokchisi yirik
soliq to‘lovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish