O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet476/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

(483-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  29-apreldagi  O‘RQ-689-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2022-yil  1-yanvarga  qadar  bo‘lgan  davrda  2020-yil  31-dekabrdagi  holatga  ko‘ra  soliq  qarzini
majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:
faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik
subyektlari  uchun  yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  va  yuridik  shaxslardan
olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yilda  hisoblangan  va  vaqtincha  qiyinchiliklar  munosabati  bilan  yuridik  shaxslar
tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan
olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yil  15-maydagi  holatga  ko‘ra  qarzdorligi  mavjud  bo‘lgan  mikrofirmalar  va  kichik
korxonalarga  soliqlar,  penyalar  va  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikni  buzganlik  uchun  hisoblangan
jarimalar bo‘yicha.
2021-yil  31-dekabrgacha  bo‘lgan  davr  uchun  turoperatorlar,  turagentlar  va  turizm  sohasida
mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
foyda  solig‘ini  belgilangan  soliq  stavkalariga  nisbatan  50  foiz  kamaytirilgan  soliq  stavkalari
bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
yuridik  shaxslarning  mol-mulkidan  olinadigan  soliqni  va  yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer
solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Quyidagilar  mol-mulk  solig‘ini,  yer  solig‘ini,  aylanmadan  olinadigan  soliqni  to‘lashdan,  yakka
tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘ining  qat’iy
belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarorida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  har  bir
shahari  va  tumani  uchun  “o‘sish  nuqtasi”  deb  belgilangan  faoliyat  turlarini  amalga  oshirayotgan
yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Taxtako‘pir,  Bo‘zatov  va  Shumanay  tumanlarida
joylashgan,  yangidan  tashkil  etilgan  sanoat  sohasidagi  tadbirkorlik  subyektlari  —  2024-yil  1-
yanvarga  qadar  bo‘lgan  muddatga.  Soliq  to‘lovchilarning  mazkur  toifasi  foyda  solig‘ini  va  suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan soliq
stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  tomonidan  aniqlangan  ro‘yxat  bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45
ta  mahalla  va  ovullarda  joylashgan,  yangidan  tashkil  etilgan  tadbirkorlik  subyektlari  —  2026-yil  1-
yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham
ozod qilinadi.
(483-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-714-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi  —  oltinchi  qismlar  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.09.2021-y.,
03/21/714/0874-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Hunarmand”  uyushmasining  a’zolariga  berilgan  soliq  imtiyozlari  “O‘zbekzargarsanoati”
uyushmasining  a’zolari  bo‘lgan  zargarlik  buyumlarini  ishlab  chiqaruvchi  yakka  tartibdagi
tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar bo‘lgan davr uchun tatbiq etiladi.
Orolbo‘yida  innovatsiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi  uchun  belgilangan  tartibda
shakllantiriladigan  ro‘yxatlar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kiriladigan
O‘zbekiston  Respublikasida  o‘xshashi  ishlab  chiqarilmaydigan  ilmiy-laboratoriya  asbob-uskunasi,


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
333/333
reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shilgan qiymat
solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish