O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 
6

7
 va 
8-bandlarida
 ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha
—  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan,  agar  ushbu  qismning  uchinchi  xatboshisida
boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa.  Ko‘rsatilgan  soliqlarga  nisbatan  kechiktirish  yoki
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan ko‘p
bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ushbu  Kodeks  17-moddasi  birinchi  qismining 
6  —  9-bandlarida
  ko‘rsatilgan  soliqlar  va
aylanmadan  olinadigan  soliq  bo‘yicha  —  o‘z  faoliyatini  to‘xtatgan  va  (yoki)  tovarlar  (xizmatlar)
realizatsiyasidan  tushumlar  miqdori  2020-yilning  birinchi  choragida  tovarlarni  (xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan daromadi o‘rtacha oylik ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa
kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga
nisbatan  ushbu  moddaning 
beshinchi  qismida
  belgilangan  tartibda  2020-yil  31-dekabrga  qadar
kechiktirish  (bo‘lib-bo‘lib  to‘lash)  imkoniyati  berilib,  kechiktirish  (bo‘lib-bo‘lib  to‘lash)  imkoniyati
berilgan soliqlar summalari keyinchalik to‘lanadi.
(482-modda  birinchi  qismining  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-
sentabrdagi  O‘RQ-714-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.09.2021-y.,
03/21/714/0874-son  —  2021-yil  1-yanvardan  e’tiboran  yuzaga  keladigan  munosabatlarga  nisbatan  ham
tatbiq etiladi)
Ushbu  Kodeksning 
11-bobida
  nazarda  tutilgan  soliqlarni  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki
bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berish  tartibi  soliqlarni  to‘lash  bo‘yicha  foizsiz  kechiktirish  yoki
bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  imkoniyatini  berishning  ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  tartibiga  nisbatan
tatbiq etilmaydi.
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib
to‘lashning:
1)  ushbu  modda  birinchi  qismining 
ikkinchi  xatboshisida
  ko‘rsatilgan  imkoniyati  —  soliq
to‘lovchining  arizasi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiy  taraqqiyot  va  kambag‘allikni
qisqartirish  vazirligi  hamda  Moliya  vazirligi  hududiy  bo‘linmalari  rahbarlarining  xulosalari  asosida,
boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
2)  ushbu  modda  birinchi  qismining 
uchinchi  xatboshisida
  ko‘rsatilgan  imkoniyati  —
mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  tomonidan  ular  soliq  organlariga
quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo‘llaniladi:
soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha — mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan
foydalanganlik  uchun  soliq  bo‘yicha  kechiktirishni  (bo‘lib-bo‘lib  to‘lashni)  qo‘llash  to‘g‘risidagi
bildirishni  ushbu  Kodeks  417-moddasining 
oltinchi qismida
,  432-moddasining 
birinchi  qismida
  va
448-moddasining 
uchinchi  qismida
  belgilangan  soliqni,  soliq  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovini  to‘lash


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
330/333
muddatlaridan  kechiktirmay,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  tomonidan  esa  mol-mulk  solig‘i  va  yer
solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni;
soliqqa  doir  hisobga  olish  joyi  bo‘yicha  —  aylanmadan  olinadigan  soliq  va  ijtimoiy  soliq
bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim
etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Soliq  to‘lovchilar  tomonidan  ushbu  modda  birinchi  qismining 
uchinchi  xatboshisida
ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib
to‘lashni)  soliq  organlarini  xabardor  qilmagan  holda  qo‘llanilganligiga  soliqlarni,  soliqlar  bo‘yicha
bo‘nak  to‘lovlarini  o‘z  vaqtida  to‘lamaganlik  sifatida  qaraladi.  Mazkur  hollarda  bunday  soliq
to‘lovchilarni  aniqlagan  soliq  organlari  to‘lanmagan  soliqlarning,  soliqlar  bo‘yicha  bo‘nak
to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning 
110-moddasida
 belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 
uchinchi xatboshisida
 ko‘rsatilgan, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib
to‘lash)  imkoniyati  berilgan  soliqlarga  nisbatan  soliqning,  soliqlar  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlarining
summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
(482-modda  beshinchi  qismining  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-
sentabrdagi  O‘RQ-714-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.09.2021-y.,
03/21/714/0874-son  —  2021-yil  1-yanvardan  e’tiboran  yuzaga  keladigan  munosabatlarga  nisbatan  ham
tatbiq etiladi)
1) ijtimoiy soliq bo‘yicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining
beshinchi  qismida
  va  408-moddasining 
to‘rtinchi  qismida
  belgilangan  soliqni  to‘lash
muddatlaridan kechiktirmay;
2) quyidagilar bo‘yicha o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda:
yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  bo‘yicha  —  ushbu  Kodeks  417-
moddasining 
oltinchi  qismida
  belgilangan  soliq  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlarini  to‘lash  muddatidan
kechiktirmay,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  esa  har  oyning  o‘n  beshinchi  kunidan
kechiktirmay;
yuridik  shaxslarning  yer  solig‘i  bo‘yicha  —  ushbu  Kodeksning  432-moddasi 
birinchi  qismida
belgilangan soliqni to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har
oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay;
suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  bo‘yicha  —  ushbu  Kodeks  448-moddasining
uchinchi qismida
 belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay;
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismiga
  muvofiq  mol-mulk  va  yer  solig‘ining  2020-yil  31-
dekabrdagi  holatiga  ko‘ra  kechiktirilgan  hamda  to‘lanmagan  summalarini  to‘lash  2022-yil  1-
yanvardan  e’tiboran  amalga  oshiriladi.  Bunda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  ushbu  modda
birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisiga  muvofiq  kechiktirilgan  soliq  summasi  keyinchalik
to‘lanadigan, biroq ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
(482-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-714-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son —
2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Soliqlarni,  soliqlar  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlarini  to‘lash  bo‘yicha  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib
to‘lash  imkoniyati  berilgan  davrda  soliq  to‘lovchi  tugatilgan  taqdirda  kechiktirilgan  (bo‘lib-bo‘lib
to‘lash  imkoniyati  berilgan)  to‘lov  summasi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  budjet
tizimiga to‘lanadi.
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan
olinadigan yer solig‘ini to‘lash 2020-yil 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
2020-yilda  foyda  solig‘ining  soliq  to‘lovchisi  joriy  hisobot  davri  birinchi  oyining  yigirmanchi
kunigacha  joriy  hisobot  davri  uchun  foyda  solig‘i  bo‘yicha  har  oylik  bo‘nak  to‘lovlari  summasi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo‘ljallanayotgan
foydadan  kelib  chiqqan,  foyda  solig‘ini  o‘tgan  chorak  natijalari  asosida  hisoblab  chiqarishning
belgilangan  talabi  bekor  qilingan  holda  taqdim  etishga  haqlidir.  Foyda  solig‘i  bo‘yicha  bo‘nak


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
331/333
to‘lovlari  summasini  kamaytirish  holatlari  aniqlangan  taqdirda,  soliq  organlari  har  oylik  bo‘nak
to‘lovlari summasini qayta ko‘rib chiqishga haqli.
Ushbu Kodeksning 
393-moddasida
 ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar 2019-yil
uchun  jami  yillik  daromadlar  to‘g‘risidagi  deklaratsiyani  doimiy  yashash  joyidagi  soliq  organiga
2020-yil  1-avgustga  qadar  taqdim  etadi.  2019-yil  uchun  jami  yillik  daromadlari  to‘g‘risidagi
deklaratsiya  ma’lumotlariga  ko‘ra  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  hisoblab  chiqarilgan  daromad
solig‘ini to‘lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish