O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq imtiyozlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

421-modda. Soliq imtiyozlari
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
292/333
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor
bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Mazkur  imtiyoz  tegishincha  “O‘zbekiston  Qahramoni”  unvoni  berilganligi  to‘g‘risidagi
guvohnoma,  Sovet  Ittifoqi  Qahramoni,  Mehnat  Qahramoni  daftarchalari,  orden  daftarchasi  yoki
mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  urush  nogironlari  va  qatnashchilari,  shuningdek  doirasi  qonunchilik  bilan  belgilanadigan
ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(421-modda  birinchi  qismi  2-bandining  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Mazkur  imtiyoz  urush  nogironining  (qatnashchisining)  tegishli  guvohnomasi  yoki  mudofaa
ishlari  bo‘yicha  bo‘limning  yoxud  boshqa  vakolatli  organning  ma’lumotnomasi  asosida,  boshqa
nogironlarga  (qatnashchilarga)  esa  nogironning  (qatnashchining)  imtiyozlarga  bo‘lgan  huquqi
to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud
harbiy  xizmatning  yoki  ichki  ishlar  organlaridagi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasidagi
xizmatning  boshqa  majburiyatlarini  bajarish  chog‘ida  yaralanganligi,  kontuziya  yoki  mayib
bo‘lganligi  oqibatida  yoxud  frontda  bo‘lish  bilan  bog‘liq  kasallik  tufayli  halok  bo‘lgan  harbiy
xizmatchilarning  hamda  ichki  ishlar  organlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasi
xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari).
Ushbu  imtiyoz  “Halok  bo‘lgan  askarning  beva  xotini  (beva  eri,  onasi,  otasi)”  yoki  “Ichki  ishlar
organlari  halok  bo‘lgan  xodimining  beva  xotini  (beva  eri,  onasi,  otasi)”,  “O‘zbekiston  Respublikasi
Milliy  gvardiyasi  halok  bo‘lgan  xodimining  beva  xotini  (beva  eri,  onasi,  otasi)”  shtampi  qo‘yilgan
yoxud  pensiya  guvohnomasini  bergan  muassasa  rahbarining  imzosi  va  ushbu  muassasa  muhri
bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi,
Davlat  xavfsizlik  qo‘mitasi  yoki  Ichki  ishlar  vazirligining,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi
Mudofaa  vazirligi,  Davlat  xavfsizlik  xizmati,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,
O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat  xavfsizlik
xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat
nazarda  tutilgan  boshqa  idoralar  tomonidan  berilgan  harbiy  xizmatchining  yoki  ichki  ishlar
organlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasi  xodimining  halok  bo‘lganligi  to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma asosida beriladi.
Tegishincha  sobiq  SSSRni,  O‘zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  tuzumini  himoya
qilish  yoki  harbiy  xizmatning  yoxud  ichki  ishlar  organlaridagi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy
gvardiyasidagi  xizmatning  boshqa  majburiyatlarini  bajarish  chog‘ida  yoxud  frontda  bo‘lish  bilan
bog‘liq  kasallik  tufayli  halok  bo‘lgan  harbiy  xizmatchilarning  yoki  ichki  ishlar  organlari  va
O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasi  xodimlarining  beva  xotinlariga  (beva  erlariga)  soliq
imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi.
(421-modda  birinchi  qismining  3-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  29-oktabrdagi  O‘RQ-
726-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
4)  energiya  resurslarining  amaldagi  tarmoqlaridan  to‘liq  uzib  qo‘yilgan  turar  joylarda  qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari
o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Mazkur  imtiyoz  energiya  resurslarining  amaldagi  tarmoqlaridan  to‘liq  uzib  qo‘yilgan  holda
qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanish  to‘g‘risida  energiya  ta’minoti  tashkilotlari
tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.
Quyidagi  jismoniy  shaxslarning  mulkida  bo‘lgan  mol-mulk  oltmish  kvadrat  metr  doirasida
soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
293/333
3)  I  va  II  guruh  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarning.  Mazkur  imtiyoz  pensiya  guvohnomasi  yoki
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ushbu  moddada  ko‘rsatib  o‘tilgan  soliq  imtiyozlariga  ega  bo‘lgan  shaxslar  soliq  imtiyozini
olishga  bo‘lgan  huquqini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  soliq  solish  obyekti  joylashgan  yerdagi  soliq
organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash
uchun  mo‘ljallangan  ko‘chmas  mulk  obyektiga  tatbiq  etiladi,  bundan  ushbu  modda  birinchi
qismining 
4-bandida
 ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish