O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ilgari  tovarlarni  (xizmatlarni)  olish  chog‘ida  hisobga  olish  uchun  qabul  qilingan,  olingan
tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
1)  tovarlardan  (xizmatlardan)  kelgusida  soliq  solishdan  ozod  etilgan  aylanma  uchun
foydalanilganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  ular  buzilganda  yoxud  qonunchilikka  muvofiq  vakolatli  organ  tomonidan,  ular  yo‘qligida
esa  soliq  to‘lovchi  tomonidan  belgilangan  tabiiy  kamayish  normalaridan  ortiqcha  yo‘qotilgan
taqdirda.  Ushbu  bandning  qoidasi  favqulodda  holatlar  (tabiiy  ofat,  yong‘in,  avariya,  yo‘l-transport


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
186/333
hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yo‘qotilishiga
nisbatan tatbiq etilmaydi;
(269-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3)  yetkazib  beruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan  hisobvaraq-fakturalar  qonunchilikda
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda;
(269-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotganda (yoki soliq to‘lashdan ozod qilinganda).
Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 
1 —
4-bandlariga
  muvofiq  ilgari  hisobga  olinmagan  soliq  summasi  kelgusida  ular  soliq  solinadigan
aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi).
Tuzatish  kiritilishi  lozim  bo‘lgan  soliq  summasi  bunday  tuzatishlarni  amalga  oshirishdan
oldingi oxirgi o‘n ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi
lozim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga to‘g‘ri keladigan qiymati asosida aniqlanadi.
Asosiy  vositalarning  obyektlari,  ko‘chmas  mulk  obyektlari  va  nomoddiy  aktivlar  bo‘yicha
tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Kodeksning 
270-moddasida
 nazarda tutilgan
tartibda  qayta  baholash  hisobga  olinmagan,  ushbu  obyektlarning  balans  qiymatiga  to‘g‘ri
keladigan,  ilgari  bu  obyektlar  bo‘yicha  hisobga  olingan  (yoki  ularning  qiymatiga  kiritilgan)  soliq
summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ilgari  bunday  tovarlar  (xizmatlar)  bo‘yicha  hisobga  olish  uchun  qabul  qilingan  miqdordagi,
asosiy vositalarga, ko‘chmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa ularning qayta
baholash  hisobga  olinmagan  holdagi  qoldiq  (balans)  qiymatiga  mutanosib  miqdordagi  soliq
summalari tiklanishi lozim.
Tovarlarni  (xizmatlarni)  yetkazib  beruvchi  tomonidan  ushbu  Kodeksning 
257-moddasiga
muvofiq  soliq  bazasiga  tuzatishlar  kiritish  amalga  oshirilganda,  xaridor  yetkazib  beruvchi
tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan
ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak.
Soliqqa tuzatish kiritish summasi ko‘rsatilgan obyektlarning balans qiymatini oshirishga (yoki
kamaytirishga)  taalluqli  bo‘ladi  yoxud  foyda  solig‘ini  hisoblab  chiqarishda  hisobga  olinadigan
xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovar  reeksport  bojxona  tartib-taomiliga  joylashtirilganda  va  ushbu  tovarning  importi
chog‘ida  soliq  to‘lovchi  tomonidan  to‘langan  soliq  summasi  unga  bojxona  to‘g‘risidagi
qonunchilikda  nazarda  tutilgan  tartibda  qaytarilganda,  soliq  to‘lovchi  hisobga  o‘tkaziladigan  soliq
summasiga o‘ziga qaytarilgan soliq summasi bo‘yicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi).
(269-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisobga  olingan  soliq  summasiga  tuzatishlar  kiritish  ushbu  moddada  ko‘rsatilgan  holatlar
yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish