O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  tovarlarni  olib  kirishda  va  O‘zbekiston



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

277-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  tovarlarni  olib  kirishda  va  O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tovarlarni olib chiqishda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Tovarlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kirishda  soliq  solish  tanlangan  bojxona
rejimiga qarab, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1)  tovarlar  erkin  muomalada  bo‘lish  (import)  uchun  chiqarish  bojxona  rejimiga
joylashtirilganda soliq to‘liq hajmda hisoblanadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  tovarlar  reimport  bojxona  rejimiga  joylashtirilganda  soliq  to‘lovchi  ushbu  Kodeksga
muvofiq tovarlar eksport qilinganda to‘lashdan ozod etilgan soliq summalarini yoxud unga tovarlar


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
191/333
eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalarni to‘laydi. Sanab o‘tilgan summalarni to‘lash
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
(277-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona hududi,
yo‘q  qilish,  davlat  foydasiga  voz  kechish  bojxona  rejimiga,  shuningdek  g‘amlab  qo‘yilgan  narsalar
bojxonada deklaratsiya qilinganda soliq to‘lanmaydi;
4)  tovarlar  O‘zbekiston  Respublikasi  bojxona  hududida  qayta  ishlash  bojxona  rejimiga
joylashtirilganda,  basharti  qayta  ishlash  mahsulotlarini  muayyan  muddatda  O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilsa, soliq to‘lanmaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5)  tovarlar  vaqtincha  olib  kirish  bojxona  rejimiga  joylashtirilganda  bojxona  to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etish qo‘llaniladi;
(277-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
6)  bojxona  hududidan  tashqarida  qayta  ishlash  bojxona  rejimiga  joylashtirilgan  tovarlarni
qayta  ishlash  mahsulotlari  olib  kirilgan  taqdirda,  soliq  to‘lovi  bojxona  to‘g‘risidagi  qonunchilikda
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
(277-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7)  tovarlar  ichki  iste’mol  uchun  qayta  ishlash  bojxona  rejimiga  joylashtirilganda  soliq  to‘liq
hajmda to‘lanadi.
Tovarlar  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  olib  chiqilayotganda  soliq  solish  quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
1)  tovarlar  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  eksport  bojxona  tartib-taomilida  olib
chiqilayotganda  soliq  to‘lanmaydi.  Mazkur  qoida  tovarlarni  keyinchalik  eksport  bojxona  tartib-
taomiliga  muvofiq  olib  chiqish  maqsadida  ushbu  tovarlar  bojxona  ombori  tartib-taomiliga
joylashtirilganda ham qo‘llaniladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib-taomilida
olib  chiqilayotganda  soliq  to‘lanmaydi,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kirish  chog‘ida
to‘langan soliq summalari esa soliq to‘lovchiga bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan
tartibda qaytariladi. Mazkur qoida tovarlar reeksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq keyinchalik
olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qo‘llaniladi;
(277-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3)  maxsus  bojxona  tartib-taomilini  tugallash  maqsadida  g‘amlab  qo‘yilgan  narsalar,
shuningdek tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq to‘lanmaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4)  tovarlar  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  ushbu  qismning 
1  —  3-bandlarida
ko‘rsatilganlariga  nisbatan  boshqa  tartib-taomillarga  muvofiq  olib  chiqilayotganda,  agar  bojxona
to‘g‘risidagi  qonunchilikda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  bojxona  tartib-taomillari
bilan  soliq  to‘lashdan  ozod  etish  va  (yoki)  to‘langan  soliq  summalarini  qaytarish  amalga
oshirilmaydi.
(277-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy  shaxslar  tomonidan  shaxsiy,  oilaviy,  uy-ro‘zg‘or  ehtiyojlari  va  tadbirkorlik  faoliyatini
amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  boshqa  ehtiyojlar  uchun  mo‘ljallangan  tovarlar  olib
o‘tilayotganda,  tovarlar  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  olib  o‘tilayotganligi
munosabati bilan soliq to‘lash tartibi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
(277-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
192/333

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish