O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3)  bitim  shartlari  o‘zgarganda,  shu  jumladan  jo‘natilgan  tovarlarning,  ko‘rsatilgan
xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
4)  tovarlarni  (xizmatlarni)  sotuvchi  tomonidan  chegirmalar  berilganda.  Ushbu  bandda
nazarda  tutilgan  tuzatish  kiritish,  agar  siylovlar  berish  shartlari  shartnoma  shartlarida  yoki  soliq
to‘lovchining  narx  (tarif)  siyosatida  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  ilgari  amalga  oshirilgan  tovarlarni
(xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib
berish  (xizmatlar  ko‘rsatish)  shartnomasining  muayyan  shartlarini  xaridor  tomonidan  bajarishni,
shu  jumladan  tovarlarning  (xizmatlarning)  muayyan  hajmini  olishni  va  muddatidan  oldin  haq
to‘lashni nazarda tutishi mumkin.
Soliq  bazasiga  uni  kamaytirish  yoki  ko‘paytirish  tarafga  tuzatish  kiritish  bir  yillik  muddat
doirasida,  kafolat  muddati  belgilangan  tovarlar  (xizmatlar)  bo‘yicha  esa  kafolat  muddati  doirasida
amalga oshiriladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
180/333
Soliq  to‘lovchida  soliq  bazasiga  tuzatish  kiritish  tovarlarga  (xizmatlarga)  haq  to‘lash  bo‘yicha
majburiyat  ushbu  Kodeksning 
313-moddasiga
  muvofiq  umid  qilib  bo‘lmaydigan  qarzdorlik  deb
e’tirof  etilganda  va  uni  hisobdan  chiqarish  lozim  bo‘lgan  hollarda  ham  amalga  oshiriladi.  Bunday
holda tuzatish kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq  bazasiga  tuzatish  kiritish  (salbiy  yoki  ijobiy)  qo‘shimcha  hisobvaraq-faktura  yoki  ushbu
moddaning 
birinchi qismida
 ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar
asosida  va  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan  hollar  ro‘y  bergan  soliq  davrida
amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  bazasi  xatolarni  tuzatish  natijasida  o‘zgartirilgan  taqdirda,  shuningdek  ilgari  yozib
berilgan  hisobvaraq-fakturaga  o‘zgartish  va  (yoki)  qo‘shimchalar  kiritish  zarur  bo‘lganda  ushbu
moddaning  qoidalari  qo‘llanilmaydi.  Bunday  holda  ilgari  yozib  berilgan  hisobvaraq-faktura  bekor
qilinadi  va  uning  o‘rniga  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  tuzatilgan  hisobvaraq-faktura
rasmiylashtiriladi.
(257-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlarni  (xizmatlarni)  yetkazib  beruvchi  tomonidan  soliq  bazasiga  tuzatish  kiritish  amalga
oshirilayotganda,  xaridor  yetkazib  beruvchi  tomonidan  rasmiylashtirilgan  qo‘shimcha  hisobvaraq-
faktura asosida ilgari o‘zi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli tarzda tuzatish
kiritadi (ko‘paytiradi yoki kamaytiradi).

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish