O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Tovarlar  (xizmatlar)  chet  ellik  shaxslar  tomonidan  realizatsiya  qilinganda



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

255-modda.  Tovarlar  (xizmatlar)  chet  ellik  shaxslar  tomonidan  realizatsiya  qilinganda
soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston  Respublikasining  hududi  realizatsiya  qilish  joyi  bo‘lgan  tovarlar  (xizmatlar)  soliq
to‘lovchilar  sifatida  soliq  organlarida  hisobda  turmagan  chet  ellik  shaxslar  tomonidan  realizatsiya
qilingan  taqdirda,  soliq  bazasi  soliq  agentlari  tomonidan  ushbu  tovarlarni  (xizmatlarni)  aksizlar
(aksiz  to‘lanadigan  tovarlar  uchun)  va  soliq  hisobga  olingan  holda  realizatsiya  qilishdan  olingan
daromadning summasi sifatida aniqlanadi.
Soliq  agentlari  deb  ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  tovarlarning
(xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari,
yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida
 nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno), O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el
yuridik shaxslari e’tirof etiladi.
Agar  ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  chet  el  yuridik  shaxslari  bilan  hisob-
kitoblarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el
yuridik  shaxslarining  doimiy  muassasalari  topshiriq,  vositachilik  shartnomalari  yoki  boshqa
vositachilik  shartnomalari  asosida  ishtirok  etsa,  bunday  shaxslar  soliq  agentlari  deb  e’tirof  etiladi.
Mazkur  hollarda  soliq  bazasi  soliq  to‘lovchi  tomonidan  bunday  tovarlarning  aksizlar  (aksiz
to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ushbu  Kodeksning  282-moddasi 
birinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  chet  el  yuridik  shaxslari
realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni
ko‘rsatgan,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  shaxslariga  yoki  O‘zbekiston
Respublikasida  faoliyatni  doimiy  muassasa  orqali  amalga  oshiruvchi  chet  el  yuridik  shaxslariga
topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga o‘xshash shartnomalar asosida elektron shakldagi
xizmatlar  ko‘rsatgan  taqdirda,  bunday  xizmatlarning  mazkur  xaridorlari  soliq  agentlari  deb  e’tirof
etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilishga  doir  har  bir
operatsiya  amalga  oshirilganda  soliq  bazasi  ushbu  bo‘limning  qoidalari  hisobga  olingan  holda
alohida aniqlanadi.
Ushbu  moddaga  muvofiq  soliq  agentlari  deb  e’tirof  etiladigan  shaxslar  tegishli  soliq
summasini  hisoblab  chiqarishi,  soliq  to‘lovchidan,  u  soliq  to‘lovchi  ekanligidan  yoki  soliq  to‘lovchi
emasligidan qat’i nazar, uni ushlab qolishi va budjetga o‘tkazishi shart.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
179/333
Agar  kontraktlarning  shartlariga  muvofiq  xizmatlar  chet  ellik  shaxslar  tomonidan  soliqni
hisobga  olmasdan  taqdim  etilsa,  ushbu  xizmatlar  bo‘yicha  soliq  bazasi  soliq  agentlari  tomonidan
ko‘rsatilgan  xizmatlarning  qiymatidan  kelib  chiqqan  holda,  soliqni  hisobga  olmasdan  aniqlanadi.
Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va budjetga
o‘tkazishi shart.
Ushbu  moddaning  qoidalari  mazkur  Kodeksning 
243  —  245-moddalarida
  ko‘rsatilgan
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘llanilmaydi.
Ushbu  moddaga  muvofiq  soliqning  to‘langanligini  tasdiqlovchi  to‘lov  hujjati  ushbu
Kodeksning 
37-bobiga
 muvofiq to‘langan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish