O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan
sana
Agar  ushbu  moddada  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  mahsulot  yetkazib
beruvchi  tomonidan  hisobvaraq-faktura  taqdim  etilgan  sana  yoki  tovarlar  jo‘natilgan  (berilgan)
sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya
qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Agar  tovarni  jo‘natish  (berish)  amalga  oshirilmasa,  tovarga  bo‘lgan  mulk  huquqi  xaridorga
o‘tkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Ko‘chmas  mol-mulk  realizatsiya  qilingan  taqdirda,  ko‘chmas  mol-mulkni  boshqa  shaxs
tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-
topshirish  dalolatnomasi  bo‘yicha  xaridorga  ko‘chmas  mol-mulk  berilgan  sana  aylanma  amalga
oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Xizmatlar  ko‘rsatilganligi  faktini  tasdiqlovchi  hisobvaraq-faktura  yoki  boshqa  hujjat
rasmiylashtirilgan  (imzolangan)  sana  xizmatlarni  realizatsiya  qilish  bo‘yicha  aylanma  amalga
oshirilgan sanadir.
Ushbu  moddaning 
to‘rtinchi  qismi
  qoidalari  boshlanishi  bir  hisobot  (soliq)  davriga,
tamomlanishi  esa  boshqa  hisobot  (soliq)  davriga  to‘g‘ri  keladigan  xizmatlarga  nisbatan  ham
qo‘llaniladi.
Elektr  va  (yoki)  issiqlik  energiyasi,  suv,  gaz,  kommunal  xizmatlar,  aloqa  xizmatlari,  quvurlar
tizimi  orqali  yuklarni  tashishga  doir  xizmatlar  realizatsiya  qilinganda,  tovarlar  (xizmatlar)  doimiy
(uzluksiz)  asosda  realizatsiya  qilingan  boshqa  xollarda  tovarlar  yetkazib  berilgan  (xizmatlar
ko‘rsatilgan)  kalendar  oyning  so‘nggi  kuni  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilish  bo‘yicha
aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Obyektlar  qurilishida,  shu  jumladan  obyektlarni  foydalanish  uchun  tayyor  holda  qurishda,
shuningdek  uzoq  (bir  soliq  hisoboti  davridan  ortiq)  texnologik  davriylikdagi  uzoq  muddatli
shartnomalar bo‘yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda
topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga oshirilgan
sana deb hisoblanadi.
Mol-mulk  moliyaviy  ijaraga  (lizingga)  berilganda,  moliyaviy  ijara  (lizing)  shartnomasi  taraflari
tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ko‘ra mol-mulk ijaraga oluvchining
(lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Soliq  to‘lovchining  o‘z  ehtiyojlari  uchun  tovarlarni  berishda  (xizmatlar  ko‘rsatishda)  aylanma
amalga oshirilgan sana deb soliq to‘lovchining tegishli ichki hujjati bilan rasmiylashtirilgan, ushbu
tovarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) amalga oshirilgan kun e’tirof etiladi.
Tovarlar  eksport  bojxona  tartib-taomiliga  joylashtirilgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi
hududidan  tashqariga  olib  chiqilgan  taqdirda,  quyidagi  sanalar  tovarni  realizatsiya  qilish  bo‘yicha
aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  bojxona  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  aniqlanadigan  bojxona  chegarasi  haqiqatda
kesib o‘tilgan sana;
(242-modda o‘ninchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2)  bojxonaga  oid  deklaratsiyalashni  amalga  oshirgan  bojxona  organining  belgilari  qo‘yilgan
holda  tovarlarga  taalluqli  bojxona  yuk  deklaratsiyasi  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  sana  –  davriy  va  (yoki)
vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish