O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Sudlar tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

236-modda. Sudlar tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
(236-moddaning  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
MAXSUS QISM
X BO‘LIM. 
QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I
31-bob. Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti
237-modda. Soliq to‘lovchilar
O‘zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  va  (yoki)  tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
163/333
(bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi):
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2)  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilishdan  olingan  daromadi  soliq  davrida  bir  milliard
so‘mdan  oshgan  yoxud  ixtiyoriy  ravishda  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  to‘lashga  o‘tgan  yakka
tartibdagi tadbirkorlar;
3)  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qiluvchi  chet  el
yuridik  shaxslari,  agar  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilish  joyi  deb  O‘zbekiston  Respublikasi
e’tirof etilsa;
4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el
yuridik shaxslari;
5)  oddiy  shirkat  shartnomasi  (birgalikdagi  faoliyat  to‘g‘risidagi  shartnoma)  doirasida  amalga
oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan
ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6)  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  tovarlarni  olib  o‘tuvchi  shaxslar.
Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
deb e’tirof etiladi.
(237-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu bo‘limda belgilangan hollarda va
tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi.
Quyidagilar soliq to‘lovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 
6-
bandida
 nazarda tutilgan hollar mustasno:
1)  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  –  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarish
doirasida;
2) aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchilar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan
tartibda  soliq  organlarida  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  (bundan  buyon  ushbu  bo‘limda  soliq  deb
yuritiladi) to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish hisobida turadi.
(237-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish