O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

197-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari
Soliq  to‘lovchi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  nomidan  uning  rahbari
(rahbar o‘rinbosari), agar ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
 boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflaridir.
Agar  tashqi  savdo  bitimiga  nisbatan  narxlarni  belgilash  to‘g‘risida  taraflardan  hech
bo‘lmaganda  biri  chet  davlatning  soliq  rezidenti  hisoblanib,  bitim  tuzish  nazarda  tutilsa,  soliq
to‘lovchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasiga  bunday  chet  davlat  ijro  etuvchi
hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash to‘g‘risida shunday bitim tuzish haqidagi
ariza  bilan  murojaat  etishga  haqli.  Chet  davlat  ijro  etuvchi  hokimiyatining  vakolatli  organi
ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini
olish  maqsadida  shartnoma  (bitim)  tuzilsa,  mumkin  bo‘ladi.  Narxni  belgilash  to‘g‘risidagi  bunday
bitimlarni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar O‘zbekiston Respublikasining bir nechta o‘zaro
bog‘liq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) o‘rtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar bilan narxni
belgilash  to‘g‘risida  ko‘p  tomonlama  bitim  tuzilishi  mumkin.  Bunday  bitimning  shartlari  ushbu
bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu  Kodeksning  tegishincha 
199
  va 
200-moddalarida
  belgilangan  tartibda  narx  belgilash
to‘g‘risidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini o‘zgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan
tekshirish  o‘tkazishda  yuridik  shaxslar  guruhining  umumiy  manfaatlarini  ushbu  guruhdan  bitta
yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda
berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi.
(197-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan soliq to‘lovchi bitim qaysi shaxslar bilan tuzilayotgan
bo‘lsa, o‘sha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, soliqqa tortish
maqsadida qo‘llaniladigan narxni aniqlash tartibi to‘g‘risida xabardor qilishga haqli.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish