O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

24-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati
193-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati maqsadida axborotni tayyorlash va
taqdim etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasining  talabiga  ko‘ra  mazkur
talabda ko‘rsatilgan aniq bitimga (bir turdagi bitimlar guruhiga) taalluqli hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlar  deganda  hujjatlar  majmui  yoki  erkin  shaklda  tuzilgan  yagona  hujjat  (agar  bunday
hujjatlarni  belgilangan  shaklda  tuzish  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunchiligida  nazarda
tutilmagan bo‘lsa) tushuniladi.
(193-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan hujjatlar nazorat qilinadigan bitimni (bir
turdagi  bitimlar  guruhini)  amalga  oshirgan  soliq  to‘lovchining  (boshqa  shaxslarning)  faoliyati
to‘g‘risidagi, ushbu bitim bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
1)  nazorat  qilinadigan  bitim  o‘zi  bilan  amalga  oshirilgan  shaxslarning  ro‘yxati  (ular  soliq
rezidenti  bo‘lgan  davlatlar  va  hududlarni  ko‘rsatgan  holda),  bitimning  tavsifi,  uning  shartlari,


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
139/333
jumladan  narxni  belgilash  usulining  tavsifi  (mavjud  bo‘lsa),  to‘lovlarni  amalga  oshirish  shartlari  va
muddatlari hamda bitim haqidagi boshqa axborot;
2) bitim taraflari bo‘lgan shaxslarning vazifalari haqidagi (soliq to‘lovchi tomonidan funksional
tahlil o‘tkazilgan taqdirda), ular tomonidan foydalaniladigan, ushbu nazorat qilinadigan bitim bilan
bog‘liq  bo‘lgan  aktivlar  to‘g‘risidagi  va  ular  tomonidan  qabul  qilinayotgan,  soliq  to‘lovchi  bitim
tuzishda inobatga olgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklar haqidagi ma’lumotlar.
Agar  soliq  to‘lovchi  ushbu  Kodeksning 
23-bobida
  nazarda  tutilgan  usullardan  foydalangan
bo‘lsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
1) foydalanilayotgan usulni tanlash va qo‘llash usuli sabablarining asosi;
2) foydalanilayotgan axborot manbalariga havola;
3)  taqqoslanadigan  bitimlarni  tanlash  uchun  foydalanilgan  yondashuvni  tavsiflagan  holda,
nazorat qilinayotgan bitim bo‘yicha bozor narxlari oralig‘ining (rentabellik oralig‘ining) hisob-kitobi;
4) nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishi natijasida olingan daromadlarning (foydaning)
summasi  va  (yoki)  amalga  oshirilgan  xarajatlarning  (ko‘rilgan  zararlarning)  summasi,  olingan
rentabellik;
5) nazorat qilinadigan bitimdan uni amalga oshirgan shaxs tomonidan axborotni, intellektual
faoliyat  natijalarini,  korxonani,  uning  mahsulotini  va  xizmatlarini  individuallashtirish  belgilariga
(firma  nomi,  tovar  belgilari,  xizmat  ko‘rsatish  belgilariga)  bo‘lgan  huquqlarni  va  boshqa  mutlaq
huquqlarni  (tegishli  holatlar  mavjud  bo‘lganda)  qabul  qilish  natijasida  olinadigan  iqtisodiy  naf
haqidagi ma’lumotlar;
6)  nazorat  qilinadigan  bitimning  narxiga  (rentabelligiga)  ta’sir  ko‘rsatgan  boshqa  omillar
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  shu  jumladan  nazorat  qilinadigan  bitimni  tuzgan  shaxsning  bozor
strategiyasi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  agar  ushbu  bozor  strategiyasi  nazorat  qilinadigan  bitim
narxiga (rentabelligiga) ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa;
7)  soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  bazasiga  va  soliq  summasiga  ushbu  Kodeks  177-
moddasining 
birinchi qismiga
 muvofiq kiritilgan tuzatishlar.
Soliq  to‘lovchi  nazorat  qilinadigan  bitimlarning  tijorat  va  (yoki)  moliyaviy  shartlari  mustaqil
shaxslarning  taqqoslanadigan  bitimlari  shartlariga  mos  kelishini  tasdiqlovchi  boshqa  axborotni
mazkur  shartlarni  taqqoslashni  ta’minlash  uchun  kiritilgan  tuzatishlarni  hisobga  olgan  holda
taqdim etishga haqli.
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  hujjatlar  soliq  to‘lovchidan  nazorat
qilinadigan  bitimlar  tuzilgan  kalendar  yildan  keyingi  yilning  1-iyunidan  keyin  O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan talab qilinishi mumkin.
Ushbu modda 
birinchi — to‘rtinchi qismlarining
 qoidalari quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
1)  agar  bitimlarning  narxlari  yuzasidan  ushbu  Kodeks  178-moddasi  birinchi  qismining 
3-
bandiga
  muvofiq  monopoliyaga  qarshi  organlar  tomonidan  ko‘rsatma  belgilangan  yoki  narx
tartibga solinadigan bo‘lsa va ushbu Kodeks 179-moddasining 
uchinchi qismiga
 muvofiq qo‘llanilsa;
2) agar bitim nazorat qilinmaydigan bo‘lsa;
3)  qimmatli  qog‘ozlarga  doir  va  qimmatli  qog‘ozlarning  uyushgan  bozorida  muomalada
bo‘lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir bitimlar tuzilsa;
4) ushbu Kodeksning 
25-bobiga
 muvofiq soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi
kelishuv tuzilgan bitimlar amalga oshirilsa.
Soliq to‘lovchi ushbu moddaning 
oltinchi qismida
 nazarda tutilgan bitimlar bo‘yicha mazkur
hujjatlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishga haqli.
Soliq  organlariga  taqdim  etiladigan  hujjatlarning  batafsilligi  va  asoslanganligi  bitimning
murakkabligiga hamda uning narxi shakllanishiga (bitimlar taraflarining rentabelligiga) mutanosib
bo‘lishi kerak.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish