O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Foydani taqsimlash usuli



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

192-modda. Foydani taqsimlash usuli
Foydani  taqsimlash  usuli  nazorat  qilinadigan  bitimning  taraflari  o‘rtasida  ushbu  bitimning
barcha  taraflari  tomonidan  olingan  jami  foydaning  amalda  taqsimlanishini  foydani
taqqoslanadigan bitimlar taraflari o‘rtasida taqsimlash bilan taqqoslashdan iboratdir.
Agar  nazorat  qilinadigan  bitimning  (nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhining)
taraflari  bir  vaqtning  o‘zida  ular  bilan  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  shaxslar  ishtirokidagi  bir  turdagi
bitimlarning  taraflari  bo‘lsa,  ushbu  bir  turdagi  bitimlarning  natijalari  nazorat  qilinadigan  bitim
natijalari  bilan  birgalikda  baholanadi.  Bunda  soliq  solish  maqsadida  nazorat  qilinadigan  bitim  va
mazkur  bir  turdagi  bitimlar  bo‘yicha  jami  foyda  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  foydani
taqsimlash tartibiga o‘xshash tartibda taqsimlanishi lozim.
Agar  jami  foydasi  ushbu  moddaning  qoidalarini  hisobga  olgan  holda  taqsimlanishi  lozim
bo‘lgan  yuridik  shaxslar  buxgalteriya  hisobiga  qo‘yiladigan  turli  talablar  asosida  buxgalteriya
hisobini  yuritsa,  foydani  taqsimlash  usulini  qo‘llash  maqsadida  bunday  moliyaviy  hisobot  yagona
hisobga olish talablariga moslashtirilishi kerak.
Foydani taqsimlash usulidan, chunonchi, quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
1) ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 
1 — 4-bandlarida
 nazarda tutilgan usullardan
foydalanish mumkin bo‘lmaganda va nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi
bitimlar guruhining) taraflari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning sezilarli o‘zaro bog‘liqligi
mavjud bo‘lganda;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
137/333
2)  nazorat  qilinadigan  bitim  taraflarining  mulkida  (foydalanishida)  rentabellik  darajasiga
sezilarli  ta’sir  ko‘rsatuvchi  nomoddiy  aktivlar  obyektlariga  doir  huquqlar  mavjud  bo‘lganda
(nomoddiy  aktivlar  obyektlarining  predmeti  bo‘lgan,  mustaqil  shaxslar  tomonidan  amalga
oshirilgan bir turdagi bitimlar mavjud bo‘lmaganda).
Nazorat  qilinadigan  bitim  taraflari  o‘rtasida  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  foyda  (zarar)
summasini taqsimlash ushbu Kodeks 176-moddasining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi qismlari
 qo‘llanilishini
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Foydani  taqsimlash  prinsiplarini  tanlash  nazorat  qilinadigan  bitimning  (nazorat  qilinadigan
bir  turdagi  bitimlar  guruhining)  holatlariga  bog‘liq  bo‘ladi  va  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha
foydani  taqqoslanadigan  tijorat  va  (yoki)  moliyaviy  shartlarda  shunga  o‘xshash  faoliyatni  amalga
oshirayotgan  mustaqil  shaxslar  o‘rtasida  foydani  taqsimlashga  muvofiq  tarzda  taqsimlashga  olib
kelishi kerak.
Nazorat  qilinadigan  bitimning  (nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhining)  taraflari
o‘rtasida  foydani  taqsimlash  foydani  taqsimlash  usuliga  muvofiq  holda  nazorat  qilinadigan  bitim
(nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhi)  bo‘yicha  olinadigan  jami  foydaga  nazorat
qilinadigan  bitim  (nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhi)  taraflari  qo‘shgan  hissani
baholash asosida quyidagi mezonlarga yoki ularning aralashmalariga muvofiq amalga oshiriladi:
1)  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  jami  foydaga  nazorat  qilinadigan  bitim  taraflari
tomonidan  amalga  oshiriladigan  funksiyalarga,  ular  tomonidan  foydalaniladigan  aktivlarga  va
qabul qilinadigan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qilishiga mutanosib ravishda;
2)  nazorat  qilinadigan  bitimda  foydalanilgan  kiritilgan  sarmoyadan  olingan  daromadni
nazorat qilinadigan bitim taraflari o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlashda;
3) taqqoslanadigan bitim taraflari o‘rtasida foydani taqsimlashga mutanosib ravishda.
Nazorat qilinadigan bitim taraflari o‘rtasida foydani taqsimlash usuli qo‘llanilganida jami foyda
yoxud bunday bitim barcha taraflarining qoldiq foydasi taqsimlanadi.
Ushbu  moddaning  maqsadida  nazorat  qilinadigan  bitim  barcha  taraflarining  tahlil
qilinayotgan  davr  uchun  operatsion  foydasining  summasi  tahlil  qilinayotgan  bitim  barcha
taraflarining jami foydasi deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning maqsadida qoldiq foyda (zarar) quyidagi tartibda aniqlanadi:
dastlab  ushbu  Kodeks  186-moddasi  birinchi  qismining 
1  —  4-bandlarida
  ko‘rsatilgan  usullar
asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir
tarafi  uchun  bozor  narxlari  oralig‘i  asosida  ushbu  taraf  uchun  hisob-kitob  qilingan  foyda  (zarar)
aniqlanadi.  Bunda  bitimning  har  bir  tarafi  uchun  ushbu  taraf  amalga  oshiradigan  vazifalar,  u
foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga olinadi;
so‘ngra nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha jami foyda (zarar) va nazorat qilinadigan bitimning
barcha  taraflari  uchun  sotishdan  olinadigan  jami  hisoblangan  foyda  (zarar)  summasi  o‘rtasidagi
ijobiy  farq  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  qoldiq  foyda  deb,  salbiy  farq  esa  ushbu  nazorat
qilinadigan bitim bo‘yicha qoldiq zarar deb e’tirof etiladi.
Foydani  taqsimlash  usuli  qo‘llanilishi  natijasida  nazorat  qilinadigan  bitimning  har  bir
ishtirokchisi  foydasining  (zararining)  yakuniy  miqdori  soliqqa  tortish  maqsadidagi,  hisob-kitob
qilingan  foydaga  (zararga)  va  qoldiq  foydaga  (zararga)  mos  keladigan  summaga  teng  deb  qabul
qilinadi.
Jami  yoxud  qoldiq  foydani  (zararni)  nazorat  qilinadigan  bitimning  taraflari  o‘rtasida
taqsimlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
1)  nazorat  qilinadigan  bitim  tarafi  tomonidan  nomoddiy  aktivlarni  yaratishga  sarflangan
xarajatlarning miqdori;
2)  nazorat  qilinadigan  bitim  tarafda  band  bo‘lgan  xodimlarning  tavsiflari,  shu  jumladan
ularning  soni  va  malakasi  (xodimlar  tomonidan  sarflangan  vaqt,  mehnatga  haq  to‘lash
xarajatlarining miqdori);
3) nazorat qilinadigan bitim tarafining foydalanishida (tasarrufida) bo‘lgan aktivlarning bozor
qiymati;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
138/333
4)  amalga  oshirilayotgan  vazifalar,  foydalanilayotgan  aktivlar  va  qabul  qilinayotgan  iqtisodiy
(tijorat)  tavakkalchiliklari  hamda  nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  sotishlardan  amalda  olingan
foyda (zarar) miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi boshqa ko‘rsatkichlar.
Ushbu  moddaning 
o‘n  ikkinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  ko‘rsatkichlar,  basharti  ular  nazorat
qilinadigan bitim bo‘yicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga ta’sir qilsa, e’tiborga olinadi va
ularning ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra e’tiborga olinadi.
Nazorat  qilinadigan  bitim  (nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhi)  taraflari  o‘rtasida
foydani ushbu modda yettinchi qismining 
3-bandida
 nazarda tutilgan mezon bo‘yicha taqsimlash
mustaqil  shaxslar  o‘rtasida  amalga  oshirilgan  taqqoslanadigan  bir  turdagi  bitimlar  bo‘yicha
sotishdan  olingan  foyda  (zarar)  summasini  taqsimlash  haqidagi  axborot  mavjud  bo‘lgandagina
amalga  oshiriladi.  Nazorat  qilinadigan  bitim  bo‘yicha  foydani  (zararni)  taqsimlashning  mazkur
tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda yo‘l qo‘yiladi:
1)  nazorat  qilinadigan  bitim  taraflarining  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  taqqoslanadigan
bitimlar  taraflarining  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  bilan  taqqoslanadigan  bo‘lishi  yoxud  zarur
tuzatishlar vositasida taqqoslanadigan turga mos keltirilgan bo‘lishi kerak;
2)  nazorat  qilinadigan  bitim  taraflari  aktivlarining  jami  rentabelligi  taqqoslanadigan  bitimlar
taraflarining  jami  rentabelligidan  sezilarli  tarzda  farq  qilmasligi  yoxud  zarur  tuzatishlar  vositasida
taqqoslanadigan turga mos keltirilishi kerak.
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-
kitob  qilingan  foydadan  ko‘p  yoki  unga  teng  bo‘lsa  yoxud  agar  ushbu  taraf  tomonidan  ko‘rilgan
zarar  bunday  usul  bilan  hisob-kitob  qilingan  zarardan  kam  yoki  unga  teng  bo‘lsa,  ushbu  tarafda
soliq solish maqsadida tegishincha haqiqatda olingan foyda yoxud haqiqatda ko‘rilgan zarar qabul
qilinadi.
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-
kitob qilingan foydadan kam bo‘lsa, soliq solish maqsadida uning uchun bunday usul bilan hisob-
kitob qilingan foyda qabul qilinadi.
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy zarari foydani taqsimlash usuli bilan ushbu
taraf  uchun  hisob-kitob  qilingan  zarardan  ko‘p  bo‘lsa,  soliqqa  tortish  maqsadida  uning  uchun
bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarar qabul qilinadi.
Ushbu moddaning 
o‘n oltinchi
 va 
o‘n yettinchi qismlariga
 muvofiq soliqqa tortish maqsadida
hisobga  olingan  foydani  (zararni)  soliq  to‘lovchi  tomonidan  haqiqatda  olingan  foyda  (zarar)  bilan
taqqoslash asosida, foyda solig‘i soliq to‘lovchining foydasiga (zarariga) tuzatish amalga oshiriladi.
Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydani (zararni)
ushbu  moddaning 
o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi qismlari
  asosida  qo‘llash,  agar  bu  ushbu  holat
budjet  tizimiga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  soliq  summasining  kamayishiga  yoki  soliq  to‘lovchining
zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish