Amal qilsangiz insonlarni o‘z fikringizga og‘dirish imkonini beruvchi o‘n ikki koida 1.
O‘nta holatning to‘qqiztasida baxs har bir ishtirokchining o‘z fikrlari to‘g‘riligiga
bo‘lgan ishonchi bir muncha oshishi bilan yakunlanadi. Dunyoda bahsda g‘olib kelishning
yagona usuli mavjud — bu baxsning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Xuddi er silkinishidan
yoki zaharli ilondan qochgandek, baxsdan ham uzoqroq yuring.
2.
Suhbatdoshingiz fikriga hurmat bilan qarang. Unga hech qachon nohaq ekanligini
gapirmang.
3.
Agar o‘zingiz nohaq bo‘lsangiz buni tezda tan oling. Bu usul hayratlanarli natijalar
berishi bilan bir qatorda, xoh ishoning xoh ishonmang, ma’lum holatlarda undan foydalanish,
kishining hadeb o‘zini himoya qilishga urinishidan ko‘ra yoqimlirokdir.
4.
Avval boshidanoq do‘stona munosabatlarga shaylaning. Agar suhbatdoshingiz
yuragida sizga nisbatan norozilik yoki nafrat hissi bo‘lsa, uni o‘z fikringizga og‘diraman deb
xomtama bo‘lmang. SHuning uchun biror kishini siz ilgari surayotgan g‘oyaga qo‘shilishini
xoxlasangiz, eng avvalo, siz unga do‘st ekanligingizga ishontiring.
5.
SHunday qilingki, suhbatdoshingiz sizning g‘oyangizni inkor eta olmasin. Suhbatni
mavjud qarama-qarshiliklarni tahlil qilish bilan boshlamagan ma’qul. Aksincha, suhbat boshida
fikrlar mos tushadigan holatlar haqida to‘xtalib o‘ting va suhbat davomida buni bir necha marta
takroran ta’kidlang. Uning inkor javob qilish imkoniyatini qisqartiring.
6.
Suhbat davomida suhbatdoshingiz ko‘proq gapirsin. Uning gapini bo‘lmang. Gapirishga
bemalol qo‘yib bering.
7.
Suhbatdoshingiz ushbu g‘oyani o‘z tafakkuri mahsuli deb bilaqolsin. Hech bir insonga
biror narsani majburan xarid qilish yoqmaganidek, nima qilishi kerakligini belgilab berishlari
ham yoqmaydi. Bizga o‘zimizga yoqqan mahsulotni xarid qilish, yoki o‘z istagimizga ko‘ra
faoliyat yuritishimiz hamisha yoqimli.
8.
Har qanday holatga suhbatdoshingiz nazari bilan qarashga astoydil harakat qiling.
SHunda u nega boshqacha emas, aynan shunday fikrda ekanligi sabablarini tushunishingiz
mumkin. Bu sabablarni o‘rganishingiz uning harakati sirlarini bilib olishingizga yordam beradi.
9.
O‘zgalarning fikr va istaklariga hamdardlik bilan munosabatda bo‘ling. Ertaga siz
uchrashadigan kishilarning 75 foizi hamdardlikka zorlar. O‘z hamdardligingiz bilan ularning
muhabbatlarini qozonishingiz mumkin.
10. O‘z g‘oyalaringizni jamiyat ma’naviyati bilan hamo-hanglashtirgan holda etkazishga
harakat qiling. Ezgu maqsadli g‘oyalarni inson juda tez anglab oladi. Bunday g‘oyani qayta-
qayta ta’kidlashning hojati yo‘q.
11. O‘z g‘oyalaringizni go‘zal qilib etkazishga harakat qiling. Biz yorqin effektlar
davrida yashayapmiz. haqiqatni oddiy so‘zlar bilan etkazib berishning o‘zi kamlik qiladi.
Haqiqatni jonlantirib, qiziqarli, dramatik tarzda etkazish lozim. Daromadli reklamadan
foydalanishni o‘rganishingiz kerak.
12. Kishilardagi yuksaklikka intilish istagidan unumli foydalaning. Ularni hamkorlikka
chaqiring. Bu ruhan kuchli insonlarga ta’sir o‘tkazishning eng to‘g‘ri usulidir.