Echish ketma-ketligi
1.Korxonada yuz bergan vaziyat tahlil qilinadi, muammo va uni echish ketma-ketligi,
asosiy vazifalari bilan tanishiladi.
2.Keysdagi holatlarni oydinlashtirish: Nima yuz bergan? Korxona faoliyati natijasi
qanday bo‘lgan va qanday bo‘lishi mumkin?
3. Formulalar yordamida tahlilni o‘tkazish natijasida pirovard ko‘rsatkichni
o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi,korxona faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha
fikrlar bildirilib imkoniyatlar izlab topiladi.
4.Kompleks va sistemali tarzda tahlil qilish yordamida vaziyatning asosiy muammosi
echiladi, baholanadi, ishlab-chiqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tavsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |