298
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi va fond
kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy fondlarining
bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan
tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida aniqlanadi.
F
Q
f
q
=
bu erda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan
kapital ko‘yilmalarni anglatadi.
Q
F
f
s
=
Fond kaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi kanchalik past bo‘lsa, mehnat
qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond
kaytimini ko‘paytirishning muhim zaxirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish,
texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum
bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
MT
SST
YaF
−
=
bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida
koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad soliklari va boshqa
solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.
BS
DS
STF
SF
−
−
=
bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Foyda olishning asosiy manbalari:
"korxonani maxsulotning u yoki bu turini ishlab chiqishdagi monopoliya xolati yoki
maxsulotning nodirligi xisobiga shakllanadi;
"ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, bozor konyunkturasini bilish
xamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor
konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda miqdori korxonaning
maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, maxsulotlarni sotish va
xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish xajmi, ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq.
"korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chikib, texnologiyalarni takomillatirish, ishlab
chikarilayotgan maxsulotlarni yangilash, raqobatbardoshliligini ta`minlash, sotish xajmi va
foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
299
Xarajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir.
YAngi
texnologiyalarni
joriy
etish,
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
kompleks
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish,
texnologiyani
takomillashtirish,
ilg‘or
materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi
mumkin.
Rentabellik
-
xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vakt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish
faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Korxona rentabelligi olingan foydani kilingan sarflarga takkoslash orkali aniklanadi
va u foizlarda o‘lchanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir kancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga
kuyidagilar kiradi:
" sotish
rentabelligi;
" asosiy faoliyat rentabelligi;
" xususiy kapital rentabelligi;
" asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;
" permanent kapital rentabelligi;
" aylanma kapital rentabelligi;
" karzga olingan kapital rentabelligi;
" real asosiy kapital rentabelligi;
" investirlangan kapital samaradorligi.
Asosiy faoliyat rentabelligi- ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich
ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va kuyidagicha ifodalanadi
i
xarajatlar
foyda
chiqarish
olingan
ishlab
sotishdan
mahsulot
mahsulot
R
a
=
Do'stlaringiz bilan baham: