192
aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi maxsulot
ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Q
I
T
s
=
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi va fond
kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy fondlarining
bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan
tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida aniqlanadi.
F
Q
f
q
=
bu erda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan
kapital ko‘yilmalarni anglatadi.
Q
F
f
s
=
Fond kaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi kanchalik past bo‘lsa, mehnat
qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond
kaytimini ko‘paytirishning muhim zaxirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish,
texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, maxsulotlarning material sig‘imi
yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat predmetlarining
umumiy qiymatini ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
Q
MX
m
=
bu erda:
m- maxsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- maxsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari kuyidagilar: maxsulotning mehnat sig‘imi, material
sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond kaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional
foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Bu yo‘nalishlarga
kuyidagilar kiradi:
" ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
" fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va maxsulotning texnik-
iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
" ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy
joylashtirish darajasini oshirish;
" inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;
" xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
" ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
193
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri
foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan
olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi.
Keyingi jadvalda modernizatsiyaning samaradorlik ko‘rsatkichlari dinamikasi
ko‘rsatilgan.
1 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: