O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Foydani oshirishning asosiy yo‘llari



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/563
Sana07.01.2022
Hajmi4,89 Mb.
#327431
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   563
Bog'liq
Soha iqt va men-UMK-2021

            Foydani oshirishning asosiy yo‘llari

"  ishlab chikarilayotgan maxsulot miqdorini, sifatini oshirish; 
"  ortikcha asbob-uskunalar va boshqa mulkni sotib yuborish  yoki ijaraga berish; 
"  moddiy  resurslar,  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  maydonlari,  ish  kuchi  va  ish  vaqtidan 
unumlirok foydalanish xisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish; 
"  ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; 
"  maxsulot bozorini kengaytirish va x.k. 
 
3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini 
aniqlash 
Xarajatlarni  kamaytirishning  hal  qiluvchi  sharti  doimiy  texnologik  taraqqiyotdir. 
YAngi 
texnologiyalarni 
joriy 
etish, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
kompleks 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, 
texnologiyani 
takomillashtirish, 
ilg‘or 
materiallarning  turlarini  joriy  etish  mahsulot  tannarxini  sezilarli  darajada  kamaytirishi 
mumkin. 
Ishlab  chiqarishning  o‘sishi  bilan  korxonaning  foydasi  nafaqat  xarajatlarning 
kamayishi,  balki  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sonining  ko‘payishi  hisobiga  oshadi. 
SHunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, korxona tomonidan 
olingan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Mahsulot  tannarxini  pasaytirish  uchun  kurashda  eng  muhim  narsa  bu  korxonaning 
ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida qat’iy iqtisodga rioya qilishdir. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga turli darajadagi juda 
ko‘p  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Omillarning  ta’sir  darajasi  salmog‘ining  katta  yoki  kichik 
bo‘lishi, muhim yoki muhim emasligiga qaramay, har biri natija tavsifidagi o‘zgarishlarda 
o‘z o‘rniga ega. Korxonalarning biznes faoliyatida yuqori samaraga ega bo‘lgan mahsulot 
ishlab  chiqarishni  yo‘lga  qo‘yish  ham  iqtisodiy  sub’ektlarni  rivojlantiruvchi  muhim 
omillardan  biri  sanaladi.  Ushbu  omil  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirishda,  ham  mikro 
(korxona  miqyosida),  ham  makro  (korxonalar  miqyosida)  darajada  katta  ahamiyatga  ega. 
Mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi  islohatlarning  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri,  eng  avvalo, 
mahalliy  xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatli 
tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan  tadbirlarni  amalga 
oshirish  ekanligi  belgilab  qo‘yilgan.  Demak,  bu  boradagi  ishlarni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. 
Korxonalarda  yuqori  iqtisodiy  samaraga  ega  bo‘lgan  mahsulot  ishlab  chiqarishni 
yo‘lga  qo‘yishda  sohaga  oid  adabiyotlarning  roli  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  CHunki 
tegishli  adabiyotlardagi  usul  hamda  uslublar  vositasida  mahsulotning  samarasi  ilmiy-
amaliy  asosda  aniqlanadi,  bashoratlanadi,  rejalashtiriladi,  hisob-kitob  qilinadi,  nazorati 
amalga  oshiriladi  hamda  iqtisodiy  tahlil  qilinib  o‘rganiladi.  Pirovard  natijada  esa  yuqori 
samaraga  ega  deb  topilgan  mahsulot  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  faoliyati  yo‘lga  qo‘yiladi 
hamda maqsadga muvofiq boshqariladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, sohaga oid 
adabiyotlarda  mahsulotning samarasi ko‘rsatkichi turli  yondashuvlar hamda ulardan kelib 
chiqadigan  uslublar  asosida  aniqlanmoqda.  Qayd  etish  kerakki,  muayyan  yondashuvlar 
asosida  tavsiya  etilgan  ko‘rsatkichlar  o‘z  tayinlanishiga  ko‘ra  iqtisodiy  samaradorlikni 
qaysi  bir  jihatdan  o‘lchab  aks  ettirib  bermoqda  hamda  o‘z  amaliy  ahamiyatini  namoyon 
qilmoqda.  Biroq  davrimizdagi  iqtisodiy  munosabatlarning  tez  va  keskin  o‘zgarishi 
ularning talablarini darhol e’tiborga olishni zarurat qilib qo‘ymoqda. Bu esa munosabat va 
uning  natijalarini  o‘lchash  hamda  aniqlash  uchun  o‘ziga  xos  asos  yoki  hisob-kitob 
ob’ektlarini  hamda  tartiblarini  talab  etmoqda.  Zamonaviy  yondashuvlar  yangi 


183 
 
munosabatlarning  natijadorligini  to‘g‘ri  aniqlashni  ta’minlashga  qaratilgani  bilan 
ahamiyatlidir.  YA’ni  amaldagi  an’anaviy  usullarda  e’tibor  berilmagan  jihatlar  yoki  yo‘l 
qo‘yilayotgan  kamchiliklar  bartaraf  etilmoqda.  Innovatsion  qarashlar  asosida  yangi 
hisoblash  ob’ektlari  hamda  tartiblari  tavsiya  qilinmoqda.  Fikrimizga  misol  tariqasida 
korxona  biznes  faoliyati  samarasini  aniqlab  beradigan  asoslardan  biri  rentabellik 
ko‘rsatkichini keltirib o‘tamiz.  
Amaliyotda  rentabellik  zarurati,  o‘rni  va  ahamiyatiga  ko‘ra  samaradorlikni  aks 
ettirib  beruvchi  boshqa  turdagi  ko‘rsatkichlardan  farqli  jihatlarga  ega.  Rentabellik 
ko‘rsatkichi hisobot davrida muayyan hisob ob’ektiga (odatda sarflangan ishlab chiqarish 
xarajatlari,  aktivlar,  xususiy  kapital  va  shu  kabilar)  nisbatan  to‘g‘ri  keladigan  foydalilik 
darajasini  ifodalab  berishga  tayinlangan.  Bu  bilan  muayyan  hisob  ob’ektining  nisbiy 
o‘lchovlardagi  samarasi  aniqlanadi  hamda  uning  samarali  yoki  samarasiz  ekaniga  baho 
beriladi.  Rentabellik  ko‘rsatkichi  ham  xalqaro  maydonda,  ham  milliy  iqtisodiyotdagi 
korxonalar  hisob  tizimida  keng  qo‘llaniladi.  Rentabellik  ko‘rsatkichi  tayinlanishiga  ko‘ra 
bir  necha  turga  bo‘linadi.  Misol  uchun,  jami  aktivlar  rentabelligi,  asosiy  vositalar 
rentabelligi,  joriy  aktivlar  rentabelligi,  xususiy  kapital  rentabelligi  va  shu  kabilar. 
Garchand rentabellik ko‘rsatkichlari nomlanishi va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-birlaridan 
farqlansa-da, mohiyatiga ko‘ra bir turga mansubligini saqlab qoladi. 
Rentabellik  ko‘rsatkichlarini  bir  tizimga  keltirib,  ularning  zarur  yoki  kamchilik 
tomonlarini  bir  maqola  doirasida  yoritib  berish  imkoniyati  mavjud  emasligini  e’tiborga 
olib,  bildirmoqchi  bo‘lgan  fikrimizni  mahsulot  ishlab  chiqarish  rentabelligi  ko‘rsatkichi 
misolida bayon etamiz. 
 
 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish