5.Narhni aniqlash usullari Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar standart narxlar
deyiladi. Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zgaruvchan narxlar – bular bozor sharoitiga qarab oshirilib yoki kamaytirilib
turiladi. Bunda xarajatlarning eng muhimi talabning o‘zgarishi hisobga olinadi. Masalan:
yangi tovar modaga kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko‘ra narxi baland, u odatdagi
tovarga aylangach narxi ham arzonlashtiriladi. yoki qish mavsumi boshlanganida qishki
177
kiyimlar qimmat bo‘lib, bahorga borib ular arzonlashtiriladi. Narxlarning o‘zgarishi
ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy o‘lchami narx
diapazoni deyiladi.