O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Raqobat,  u  taklif  orqali  narxga  ta’sir  qiladi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/563
Sana07.01.2022
Hajmi4,89 Mb.
#327431
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   563
Bog'liq
Soha iqt va men-UMK-2021

Raqobat,  u  taklif  orqali  narxga  ta’sir  qiladi.
  Agar  raqobatchilar  ko‘p 
bo‘lsa  narx  pasayadi,  agar  oz  bo‘lsa,  o‘zaro  til  biriktirib  olsalar,  narx  baland 
bo‘ladiDemak, takomillashgan bozor sharoitida ishlab chiqaruvchi bozor narxiga ta’sir 
ko‘rsata  olmas  ekan,  ya’ni  narx  darajasi  sub’ektning  ong  saviyasi,  irodasiga  bog‘liq 
bo‘lmagan  holda  bozor  tomonidan  shakllanadi.  Bu  erda  ishlab  chiqaruvchi  foydasini 
narxni  o‘zgartirish  hisobiga  emas,  balki  yalpi  daromad  bilan  yalpi  ishlab  chiqarish 
xarajatlari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirish hisobiga oladi. 


176 
 
Takomillashmagan  raqobat  sharoitida  esa  monopolist  narx  ustidan  muayyan 
hukmronlikka ega bo‘ladi. Narx ustidan nazorat qilish miqyosi har xil bo‘ladi. 
Ammo bu erda eng asosiysi shuki, monopolist doimo maksimal foyda keltiradigan 
narx o‘rnatishga harakat qiladi. 
Bu  erda  talab  qonunini  bir  esaylik:  agar  narx  oshsa  talab  miqdori  pasayadi  va 
aksincha,  narx  pasaysa,  talab  ortadi.  Bundan  shunday  xulosaga  kelish  mumkin:  agar 
monopolist bozorni egallab turgan bo‘lsa ham qo‘shimcha mahsulotning hammasini sotish 
uchun  u  narxni  tushirishi  kerak.  Demak,  narx  ustidan  nazorat  qilish  bu  absolyut  narsa 
emas,  balki  nisbiydir.  SHuning  uchun  talab  absolyut  egiluvchan  bo‘lmaydi  (xuddi 
monopolist  ishlab  chiqarayotgan  tovarni  boshqalar  ham  ishlab  chiqaradi,  bu  esa 
monopolistni o‘z tovari narxini tushirishga majbur etadi). 
Bozorda  narx  ustidan  hukmronlik  qilish  ko‘p  jihatdan  mahsulotining  tavsifiga 
bog‘liq bo‘ladi. Differensiallashgan tovar ishlab chiqarayotgan monopolist narxni oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu har xil tovarning o‘rnini to‘ldira olmaydigan mahsulotdir. 
Differensiallashgan  mahsulot  ishlab  chiqarayotgan  monopolist  ham  narxni 
oshirishga,  ham  talabni  kamayishiga  yo‘l  qo‘ymasligi  mumkin.  CHunki  raqobatchilar 
narxni bir oz pasaytirish yo‘li bilan mijozlarni o‘ziga qarata olmaydi. CHunki ular oldingi 
ishlab chiqaruvchining mahsulotiga o‘rganib qolgan bo‘lishlari mumkin. 
Bundan  shunday  xulosa  chiqadi:  mahsulot  differensiallashgan  sharoi-tida  narxning 
tashkil  topishi  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lib,  ba’zida  mahsulot  sifatidan,  uning 
miqdoridan qat’iy nazar narxni oshirish, foydani ko‘paytirishi mumkin. 
Endi biz oligopoliya sharoitda narxni tashkil topish xususiyatini ko‘rib chiqamiz.  
Real (haqiqiy) hayotda sof oligopolistik ishlab chiqarish juda kam uchraydigan hol. 
SHuning  uchun  bozor  tuzilishining  oligopoliya  atamasiga  bog‘lab  tushuntirsak  ancha 
maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Oligopoliya  atamasining  so‘zma-so‘z  tarjimasi  – 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish