O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


mahsulotlarini oqim usulida ishlab chiqarish kiradi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/563
Sana07.01.2022
Hajmi4,89 Mb.
#327431
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   563
Bog'liq
Soha iqt va men-UMK-2021

mahsulotlarini oqim usulida ishlab chiqarish kiradi.    
Oqim  usulida  tashkil  qilishning  oliy  shakli  avtomatik  oqim  liniyalari 
hisoblanadi.  Ular  asosan  ikki  tizimli  bo‘ladi:  uzulib  harakat  qiladigan  maxsus 
avtomat – dastgohlardan va uzulmay ishlovchi matorli dastgoxlardan tashkil topadi. 
YOrdamchi amallarni bajarish uchun maxsus tizim sifatida dasturiy boshqaruvli dastgohlar 
– robot texnikasi qurilmalari qo‘llanishi mumkin.  
Ishlab  chiqarishni  oqim  usulida  tashkil  qilishning  samaradorligi  shundaki,  u 
proporsionallik,  ritmililik,  va  uzluksizlikni  to‘laroq  qo‘llash,  uskunalarning  to‘xtab 
turishlari  va  yordamchi  amallarning  o‘sishini  keskin  qisqartirish,  ishlab  chiqarish 
jarayonining davomiyligini qisqartirish, mahsulot sifatini ko‘tarish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishdan maqsad, mehnat jarayonlari va 
ishlab  chiqarishni  moddiy  resurslari  bilan  ishlab  chiqarishga  sarflangan  vaqt  o‘rtasidagi 
o‘zaro  uyg‘unlikning  samaradorligini  ta’minlashdan  iborat.  Korxonalarda  ishlab 
chiqarishni  tashkil  qilish  usullari  mavjud  texnika  va  texnologiyadan  samarali  foydalanish 
imkoniyatini  aniqlaydi.  Korxonada  mavjud  bo‘lgan  kadrlar  saloxiyati  va  moddiy 
resurslardan  foydalanib,  yuqori  mehnat  unumdorligi  va  ishlab  chiqarish  samaradorligiga 
erishish  uchun  yangi  texnika  va  texnologiyani  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishning  eng 
ratsional usullari bilan uyg‘unlashtirish lozim. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishning 
eng muhim masalalari: 
1. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi ayrim jarayonlarni operatsiyalarga ajratish va ularni 
sex, ishlab chiqarish uchastkalari, ishchi o‘rinlarga biriktirish. 
2.  Sex  va  ishlab  chiqarish  uchastkalari  maydonlariga  dastgoxlarni  ishchi  o‘rinlarga 
mos xolda joylashtirish. 
3.  Mehnat  qurollarini  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  operatsiyalar  bo‘yicha  kuzatish 
tartibini  belgilash  hamda  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  to‘lik  yoki  bir  qismi  maromini 
xisoblash. 
4.  Belgilangan  texnologik  jarayonlar  va  ularning  o‘zaro  bog‘likligi,  mehnat  qurollari 
xarakati maromi va tartibiga kat’iy rioya qilish. 
5.  Korxona  va  ularning  ishlab  chiqarish  bo‘limlarida  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 
borishini nazorat qilish va operatsion boshqarish. 
6. Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish 
va  ularni  ishlab  chiqarish  jarayonlari  maromi  buzilgan  uchastkalarga  tadbiq  qilishdan 
iborat. 


132 
 
Ishlab  chiqarish  samaradorligiga  ishlab  chiqarish  jarayonida  dastgoxlarni,  mehnat 
qurollarini  xarakatlanishi  bo‘yicha  joylashtirish,  detallar,  yarim  tayyor  maxsulotlarning 
operatsiyalar  o‘rtasidagi  xarakatini  qisqartirishga  imkon  beruvchi  buyum  (predmet) 
prinsipi  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  uchastkalarini  tashkil  qilish  orqali  oshirish  mumkin. 
Ishlab  chiqarishni  ratsional  tashkil  etishda  yuqoridagi  va  boshqa  barcha  tadbirlar  katta 
miqdorda investitsiya talab kilmaydi.  
Ishlab  chiqarish  unumdorligini  keskin  oshiradi,  ishlab  chiqarish  siklini  qisqartiradi, 
maxsulot tannarxini pasaytiradi. Bu esa, foydani va ishlab chiqarish rentabelligini oshiradi.  
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish texnik taraqqiyotning faol omillaridan bo‘lib, 
u  nafakat  texnikadan  unumli  foydalanish,  balki  texnika  va  texnologiyaga  oid  yangiliklar 
yaratishga  sharoit  yaratadi.  Masalan:  ommaviy  ishlab  chiqarishni  potok  usulida  tashkil 
kilinishi  ko‘p  pozitsiyali  dastgoxlar  va  presslar  hamda  ko‘p  sonli  transport  qurilmalari, 
turli xildagi konveyer sistemalarini yaratilishiga olib keladi.  
Ishlab  chiqarishning  samaradorligini  oshiruvchi  amallar  bu  texnika,  texnologiya, 
ishlab chiqarishni tashkil qilishdir. 
Texnika
 
(mashinalar, 
mexanizmlar, 
ishlab 
chiqarishni 
boshqarishning 
avtomatlashtirilgan  tizimi)  ishlab  chiqarishni  mexanizasiyalashtirish  va  avtomatlashtirish 
imkonini beradi.  
Qisman  va  kompleks  mexanizasiyalashtirish  va  avtomatlashtirishni  farq  qilishga 
kelishib olingan.  
Qisman  mexanizasiyalashtirish  –  mexanizasiyalashtirishning  boshlang‘ich  shakli 
bo‘lib, u ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarida, ko‘proq va asosan asosiy jarayonlarda 
ko‘p  mehnatini  mashinalar  mexanizmlari  ishi  bilan  almashtirish  bilan  ifodalanadi 
(xarakterlanadi).  Qisman  avtomatlashtirilganida  ishlab  chiqarishning  ayrim  amallari  va 
jarayonlari avtomatik mashinalar, mexanizmlar va uskunalar bilan, shu sonning ishtirokisiz 
amalga oshiriladi. Bu mehnat qurollari odatdagi, avtomatlashtirilmagan mashinalar orasida 
o‘zaro  harakat  qiladigan  tizim  tashkil  qilmasdan  ishlaydilar.  Eng  samarali  avtomat  – 
dastgohlar ayrim xollarda mehnat unumdorligini 5 – 10 hatto 20 barobarga ko‘taradilar.  
Buning  oqibatida  zavodlarni  qurish  uchun  ketadigan  solishtirma  kapital  xarajatlar 
pasayadi,  ishlab  chiqarishning  va  mahsulotning  rentabelligi  o‘sadi,  chiqarilayotgan 
mahsulotning sifati yaxshilanadi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish