partiyani umumgermaniya miqyosidagi siyosiy kuchga aylantirdi.
1932 - yil aprelda bo‗lib o‗tgan prezidentlik saylovlarida Ginden - burg
g‗olib chiqdi, Gitler undan sal ortda qoldi. Reyxstagga bo‗lib o‗tgan
saylovlarda natsional-sotsialistlar g‗olib chiqib, eng yirik parlament partiyasiga
aylandi.
1932 – yil 30-yanvarda prezident Paul fon Gindenburg reyxstagda (par - lament)
eng katta fraksiyaga ega bo‗lgan natsional-sotsialistlar yo‗lboshchisi Adolf
Gitlerni reyxskansler (hukumat boshlig‗i) lavozimiga tayinladi.
Veymar konstitutsiyasi bekor qilindi, 1934-yili prezident Gindenburg vafot
etgandan so‗ng Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‗lib oldi. Prezident
lavozimi bekor qilindi, shu vaqtdan boshlab Veymar respublika si amalda o‗z
faoliyatini yakunladi.
Gitler totalitar rejimining asosiy maqsadi «noraso irqlarni» bo‗ysundirish,
katta hududlarni egallash uchun Germaniyani urushga tayyorlashdan iborat edi.
1936 — 1939-yillari Germaniya iqtisodiyoti to‗liq urush maqsadlar iga
bo‗ysundirildi, harbiy xarajatlar 10 barobar oshirildi, qo‗shinlar soni 1914 -yil
darajasiga yetkazildi, harbiy-dengiz floti isloh qilindi. 1935-yili umumiy harbiy
majburiyat to‗g‗risidagi qonun kuchga kirdi. Germaniya katta urushga
tayyorlana boshladi. Germaniyadagi totalitar rejimga Italiya va Yaponiyadagi
shunday rejimlar ittifoqchi bo‗ldi.
1937-1938-yillari iqtisodiy o‗sishda erishilgan yutuqlar va ijti moiy siyosat
gitlerchilar rahbariyatiga Germaniyada ichki holatni barqarorlashtirish
imkonini berdi. Bu asosiy maqsad - natsional-sotsializm g‗oyalari ruhidagi
yangi jahon tartibini o‗rnatish yo‗lidagi ilk qadam deb qaraldi. 1937 - 1938-
yillari gitlerchilar rejimining asosiy siyosati Ger - maniyani total ravishda
urushga tayyorlash, mavjud mehnat va moddiy resurslarni to‗liq safarbar qilish
bo‗lib qoldi. Harbiy kadrlarni tayyorlash jadallashtirildi, qurol ishlab chiqarish
oshirildi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya Yevropada eng katta
armiyani shakllantirdi.
Germaniyaning tashqi siyosati ham borgan sari tajovuzkor xarak- ter kasb
etib bordi. 1938-yili Avstriya anshlyus qilindi, 1939-yili Chexoslovakiya ham
Germaniyaga qo‗shib olindi. «Polshadagi ne- mislarning taqdiri haqida
g‗amxo‗rlik» Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun bahona bo‗ldi.
1939- yilyil 1-sentabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi. Ikkinchi jahon
urushi boshlandi.