1918-1939 yillarda Buyuk Britaniya
I jahon urushi yillarida ishlab chiqarish va kapital konsentatsiyasi o‗sdi. Sanoatning
notekis rivojlanishi kuchaydi. Toshko‗mir va kemasozlik sanoatlarida maxsulot ishlab
chiqarish kamaysada, sanoatning avtomobil, kimyo, aviatsiya va qurolsozlik
tarmoqlari tez o‗sdi, natijada urush davrida Angliya monopoliyalarining foydasi 4
milliard funt sterling hajmida ko‗paydi. Urush ingliz monopoliyalari uchun ulkan
foyda manbaiga aylandi. U ingliz iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo
etdi. Bu esa o‗z navbatida sanoatning va kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va
o‗rta korxonalarning majburiy kooperativlashtirilishi hamda banklarning birlashuvi
ro‗y berdi. Ayni shu jarayonda yirik London banklari - ―Lloyd‖, ―Barklay‖,
―Midlend‖, ―Vestminister‖ va Ingliz bankidan iborat ―katta beshlik‖ vujudga keldi.
Ularning tasarrufida Angliya pul resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita
yirik monopoliya paydo bo‗ldi. Bular ―Royyal Datch shell‖ (neft), ―Ingliz-Eron neft
kompaniyasi‖ (neft), ―Yunilever‖ (keng iste‘mol mahsulotlari), ―Imperial kemikl
indastriz‖ (kimyo sanoati), ―Danlop rabbers‖ (kauchek, rezina) va ―Vikkers‖ (qurol-
yarog‗) edi. Mazkur olti yirik monopoliya amalda ishlab chiqarishning barcha
sohalarida hukmron edi. Beshta eng yirik bank bilan birgalikda ular Angliya ichki va
tashqi siyosatining yo‗nalishlarini ham belgilardilar.
Urush yillarida Angliya mehnatkashlari va mustamlaka xalqlari yanada ko‗proq
talandi. Ishchilar ahvoli jiddiy ravishda yomonlashdi. Urush mobaynida aholining
turmush darajasi ancha pasaydi. Ish haqining real darajasi ham pasayib bordi. Deyarli
cheklanmagan ish kuni, favqulodda tezkor ish sur‘ati, oz ish haqi, yomon uy-joy va
maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori narxlari o‗lim va kasb kasalliklarining
yuksak darajada bo‗lishiga olib keldi.
308
Ayni paytda bo‗lib o‗tgan urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining
yuksalishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. 1916 yilda Irlandiya milliy ozodlik harakati
ko‗tarildi. Bu qo‗zg‗olon hukumat tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi.
Siyosiy vaziyat keskinlashgan vaqtda, 1916 yil oxirida liberallar partiyasining
rahbari Lloyd Jorj (1863-1945 yy) boshchiligida liberallar, konservatorlar va o‗ng
leyboristlardan iborat 1-chi koalitsion hukumat tuzildi. Lloyd Jorj hukumati
Germaniya ustidan g‗alaba qozonish munosabati bilan shovinistik kayfiyatni avj
oldirdi. Hukumat Angliyaning harbiy qudrati va xalqaro roli oshib borayotganidan
foydalanib o‗sha vaqtda tashkil topgan xalqaro tashkilot-Millatlar Ittifoqi orqali
mustamlakachilik hukmronligini saqlab qolish uchun alohida rejim bo‗lgan mandat
sistemasini joriy qildi. Buning natijasida Germaniya mustamlakalari (Afrikada-
Tanganika, bundan tashqari Fransiya bilan bo‗lishib olish asosida Togo va
Kamerunning katta qismi) va Turkiya imperiyasi xududlari (Falastin, Transiordaniya
va Iroq) hisobiga Angliyaning mustamlaka yerlari kengaydi.
Biroq, Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan g‗alaba ko‗p
zararlar evaziga bo‗ldi. Angliya jahonda moliya ustunligidan mahrum bo‗ldi. Urush
xarajatlari 11 milliard funt sterlingni tashkil etdi. Davlat qarzi 1913 yilda 645 million
funt sterling bo‗lsa, 1919 yilda qariyib 7 milliard 800 million funt sterlingga yetdi.
Urushdan oldin ko‗pgina mamlakatlarga hatto AQShga ham qarz berib kelgan
Angliyaning o‗zi AQShdan(1919 yilda 850 million funt sterlingdan ortiq) qarzdor
bo‗lib qoldi. Urushda Angliya tomonidan 747,7 ming kishi halok bo‗ldi, 1 million 693
ming kishi yarador bo‗ldi. U savdo flotining 70 % idan ajraldi. Jahon bozorida
Angliyaning pozitsiyasi sezilarli darajada bo‗shashib qoldi. AQSH harbiy floti tez
rivojlanib ketganligidan Angliya harbiy-dengiz flotining jahon flotidagi salmog‗i
kamaydi.
Urushdan so‗ng Angliyaning iqtisodiyoti ancha zaiflashib, keyinchalik uzoq
vaqtgacha deyarli turg‗unlik holatida bo‗ldi. Sanoat mahsulotining xajmi 1913
yildagiga nisbatan 1920 yilda 61%, 1921 yilda 62%, 1924 yilda 88%, 1929 yilda
99,1% ni tashkil qildi.
1918 yil dekabrida Liberal partiya yetakchisi Lloyd Jorj boshchiligida tezkor
saylovlar o‗tkazildi. U xalqqa tinchlik, ijtimoiy islohotlar, urush aybdorlarini jazolash
va‘dalarini berdi. Saylovda Lloyd Jorj g‗alaba qozondi.
1919 yil yanvarida L.Jorj boshchiligida konservatorlar va liberallardan iborat
ikkinchi koalitsion hukumat tuzildi. Mazkur hukumat mamlakatni 1922 yil kuzigacha
boshqardi. Konservatorlar hukumat tepasida epchil liberal L.Jorjning bo‗lishini afzal
ko‗rdilar, asosiy ministrliklar esa o‗z qo‗llarida bo‗ldi. Konservatorlar partiyasining
vakillari Kerzon tashqi ishlar ministri qilib, Cherchel harbiy ministr qilib tayinlandi.
Angliya mustamlaka va dominionlarida milliy ozodlik harakatlari ko‗tarildi va
rivojlandi. 1918 yilgi saylovlarda ―Shinn feyn‖ ingliz parlamentining irlandiyaliklar
uchun ajratilgan barcha o‗rinlarini egallab oldilar va Angliya parlamentida
qatnashishdan bosh tortdilar.
1919 yil 21 yanvarda Angliya parlamentining Irlandiya deputatlari Dublinda
yig‗ilishib, mustaqil Irlandiya parlamentini tuzdilar: Irlandiya respublika deb e‘lon
qilindi. Muvaqqat hukumat va armiya tuzildi. Edmon de Varle Irlandiya respublikasi
birinchi prezidenti qilib saylandi.
Irlandiya va Angliya qo‗shinlari o‗rtasida jiddiy harbiy to‗qnashuvlar bo‗ldi va
janglar boshlanib ketdi. Milliy ozodlik kurashiga rahbarlik milliy burjua kuchlari-
309
shinfeynerlar (―yolg‗iz o‗zimiz‖) qo‗lida bo‗ldi. 1921 yil dekabrida ingliz hukumati
o‗ng shinfeynerlar, ya‘ni milliy burjuaziya kuchlari bilan Angliya-Irlandiya bitimini
imzoladi. Bitimga ko‗ra, Irlandiya ikkiga bo‗lib yuborildi: Shimoliy Irlandiya Angliya
tarkibida qolaverdi va Angliya shundan boshlab ―Buyuk Britaniya va Shimoliy
Irlandiya qo‗shma qirolligi‖ nomini oldi. Janubiy Irlandiya ―Ozod Irlandiya davlati‖
deb e‘lon qilindi va dominion huquqini oldi.
Lloyd Jorj hukumati (1918-1922 yy) Angliyaning xalqaro mavqeini saqlab
qolishga intildi. U Rossiyaning ichki ishlariga qo‗pol ravishda aralashdi. Ingliz
qo‗shinlari Murmansk va Arxangelsk shaharlariga kiritildi, mahalliy hokimiyat
ag‗darildi. 1918 yil yozida ingliz qo‗shinlari Ashxobod va Boku shaharlarini
egalladilar va Kaspiy dengizida o‗z flotiliyalarini yaratib, dengizdagi barcha qatnovni
nazorat ostiga oldilar. Shuningdek, ular Boku-Batumi temir yo‗li ustidan nazorat
o‗rnatdilar, Gruziya, Ozarbayjon va Armanistonda mustaqil hukumatlar tuzilishiga
ko‗maklashdilar. Angliyaning maqsadi Rossiyani bo‗lib yuborish, 1916 yilda Fransiya
bilan bitimda qayd etilgan va 1918 yil 13 noyabrda tasdiqlangan hududlar ustidan o‗z
hukmronligini o‗rnatish edi. Angliyaning o‗zida Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar
xalqning keskin noroziligi va namoyishlariga sabab bo‗ldi. Ingliz hukumati qurolli yo‗l
bilan Rossiya hukumatini yo‗q qilishga urinishdan voz kechishga majbur bo‗ldi. Bu
esa Lloyd Jorj hukumatiga berilgan og‗ir zarba edi.
Hindistonda ingliz mustamlakachilariga qarshi ozodlik xarakati yuksaldi.
Amritsar shahrida qonli voqea (1919 yil 13 aprel) Panjob viloyatida qo‗zg‗olon (1919
yil aprel-may) va Hindistonning boshqa joylarida kuchli ommaviy chiqishlar yuz
berdi. Ingliz hukumati o‗z mustamlakachilik rejimini saqlab qolish maqsadida yon
berishlarga, konstitutsion reforma o‗tkazishga majbur bo‗ldi. Hindiston milliy
burjuaziyasining yuqori tabaqasi va pomeshchiklar mamlakatning siyosiy hayotida
qatnashadigan bo‗ldilar.
1919 yilda Afg‗oniston xalqi o‗z mamlakatiga bostirib kirgan ingliz
bosqinchilariga qarshi qurolli kurashga otlandi va uchinchi Angliya-Afg‗oniston
urushida o‗z mustaqilligi uchun mardonavor kurashib g‗alaba qildi. Angliya
Afg‗onistonning mustaqilligini tanishga majbur bo‗ldi.
1919 va 1921 yillarda Misrda ingliz mustamlakachilariga qarshi katta
namoyishlar, ish tashlashlar, politsiya bilan to‗qnashuvlar va qurolli qo‗zg‗olonlar
bo‗ldi. Shahar va qishloq mehnatkashlari bu kurash va qo‗zg‗olonlarning asosiy
kuchlari edi. 1922 yil fevralida Angliya yon berishga majbur bo‗lib, Misr ustidan
bo‗lgan o‗z protektoratini bekor qilajagini bildirdi. Misr rasman mustaqil davlat deb
e‘lon qilindi. Lekin ingliz qo‗shinlari ilgargidek Misrda qola berdi.
Angliya strategik jihatdan muhim bo‗lgan O‗rta Yer dengizi hududida tayanch
nuqtasiga ega bo‗lishni istar edi. Kipr Angliya tasarrufida bo‗lib, Gretsiyani ham o‗z
ta‘sir doirasiga oladigan bo‗lsa, O‗rta Yer dengizi mintaqasida Angliyaning rolini
oshirib yuborar edi.
Angliyaning bu rejalarini Turkiya buzib yubordi. 1920 yilda Izmirning greklar
tomonidan bosib olinishi bilan boshlangan grek-turk urushi 1922 yilgacha davom etdi.
Angliya Egey dengizining har ikki tomonida Buyuk Gretsiya davlatini yaratish
niyatida bo‗lgan greklarning da‘vosini qo‗llab-quvvatladi. Ingliz siyosatining
mohiyatini yaxshi tushungan Fransiya va Italiya esa Gretsiyaning kuchayishiga qarshi
chiqdilar. Angliya birinchi jahon urushidan keyin birinchi marta yakkalanib qoldi.
310
1922 yil 9 sentabrda Muddaniya yaqinidagi jangda grek qo‗shinlari tor-mor
etildi va turk qo‗shinlari Izmirga kirdi. Angliyaning Turkiyaga qarshi urushda yordam
so‗rab Yugoslaviya va Ruminiyaga qilgan murojaatlaridan natija chiqmadi. U o‗ziga
qaram davlatlardan ham rad javobini oldi. Birinchi jahon urushida g‗alaba qozongan
Angliya turk milliy-ozodlik harakati bilan urushda mag‗lub bo‗ldi.
Grek-turk urushidagi bu mag‗lubiyat Lloyd Jorj hukumatining ham mag‗lubiyati
edi. Lloyd Jorjga qarshi matbuotda ayovsiz kompaniya boshlandi.
1919-1922 yillarda Turkiya va Eronda milliy ozodlik harakati, revolyutsion-
demokratik kurashning yuksalishi natijasida Angliyaning bu mamlakatlardagi siyosati
mag‗lubiyatga uchradi. Ingliz mustamlakachilari va Gretsiya bosqinchilarining
Turkiyadagi intervensiyasi tor-mor qilindi. Imperialistlarning Turkiyada zo‗rlik bilan
o‗rnatgan taslimchilik rejimi tugatildi. 1919 yilda Angliyaning Eron bilan imzolagan
og‗ir shartli shartnomasi ham 1921 yil fevralida bekor qilindi. Angliya Afg‗onistondan
tashqari, Turkiya bilan Eronning mustaqilligini ham e‘tirof qilishga majbur bo‗ldi.
Lloyd Jorj hukumatining ichki va tashqi siyosati, xususan Irlandiyadagi voqealar
mamlakatda norozilikni kuchaytirdi. tashqi siyosatning muvaffaqiyatsizliklari va
mustamlaka masalalarida boshqa davlatlarga yon berish 1922 yil oktabrida
konservatorlarni L.Jorj boshchiligidagi liberallar bilan aloqani uzishga majbur etdi,
hamda 1922 yil oktabrida Bonar Lou boshchiligida va 1923 yil mayida Stenli Bolduin
boshchiligida konservator hukumatlarining tuzilishiga olib keldi.
Angliya 1919-1920 yillarda vujudga kelgan imperialistik Versal sistemasining
asosiy tashkilotchilaridan biri bo‗ldi. Angliya Parij sulh konferensiyasining tor
doiradagi kengashlarida (masalan To‗rtlar kengashida) aktiv qatnashdi.
Angliya 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan Millatlar Ittifoqining
boshliqlaridan biri bo‗lib qoldi.
Osiyo va Janubiy Amerika bazalari uchun, jahonda hukumronlik qilish uchun
Angliya bilan AQSH o‗rtasidagi ziddiyat, Tinch okean zonasi va Uzoq sharqda
Angliya bilan Yaponiya o‗rtasidagi ziddiyat, Yevropada va Yaqin Sharqda gegemonlik
qilish uchun Angliya bilan Fransiya o‗rtasidagi kurash keskinlashdi. Angliya, ayniqsa,
urushdan keyingi yillarda Yevropaning Sharqi va Janubi-Sharqida Fransiya
pozitsiyasining kuchayishiga, Fransiya boshchiligida Chexoslovakiya, Ruminiya va
Yugoslaviyadan iborat Kichik Antantaning tuzilishiga e‘tiborsiz qaray olmas edi,
albatta.
AQShdan olingan qarzlar masalasida ham Angliya bilan AQSH o‗rtasidagi
munosabatlar jiddiy tus oldi. AQSH qarzlarning Angliya uchun ancha og‗ir bo‗lgan
shartlarda to‗lashini talab qildi. Nihoyat, 1923 yil fevralida ikki o‗rtada bitim tuzilib,
Angliyaning AQShdan olgan qarzlari 30% kamaytirildi va Angliya qarzlarning qolgan
qismini 62 yil mobaynida to‗lash majburiyatini oldi.
1924 yildan boshlab ko‗pgina kapitalistik mamlakatlarda, shu jumladan Angliya
xalq xo‗jaligida ham qisman stabillashuv davri boshlandi. Lekin Angliyadagi
stabillashuv juda bo‗sh va qisqa stabillashuv edi. Uning iqtisodiyoti asosan turg‗unlik
holati bilan xarakterlandi; u AQSH va hatto Fransiyadan ham ancha orqada qolib
ketgan edi. Turg‗unlik holati ko‗proq metallurgiya, ko‗mir, to‗qimachilik va
kemasozlik sanoatlarida ro‗y berdi. Hatto 1929 yilga kelganda ham Angliyaning
sanoat mahsuloti 1913 yildagi darajaning 99,1% ini tashkil etdi. Ishsizlar 1 mln.
kishidan ortiq edi, tashqi savdoda ham Angliya hissasi kamaya bordi, jahon bozori
uchun kurashda AQSH va Yaponiyadan tashqari, tiklanib kelayotgan Germaniya ham
311
Angliyaga raqobatchi bo‗lib qolmoqda edi. Angliya hukmron doiralari xo‗jalikdagi
turg‗unlik holatidan chiqish va iqtisodiyotda barqaror stabillashuvga erishishga barcha
choralar bilan urindilar. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik-ishsizlik
va korxonalarning to‗la quvvat bilan ishlamasligidan xolos etmoqchi bo‗ldi. Shu
maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida
bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz
iqtisodiyotidagi turg‗unlik 1929 yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923 yil
oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‗chaga kirib qoldi. Birorta ham
partiya undan chiqish yo‗lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham
ko‗pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi. Britaniya saylovchilari ham bu
siyosatni rad etdilar va 1923 yil dekabrida bo‗lib o‗tgan saylovlarda konservatorlar
parlamentdagi nisbatan ko‗pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endilikda
muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o‗rnini
egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923 yil 23 dekabrda
Leyborist partiyasi rahbari
Do'stlaringiz bilan baham: |