Biznes boshqaruv asoslari


  Rag‘batlantirish va jazo



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/301
Sana07.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#326471
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   301
Bog'liq
biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua 2

1.  Rag‘batlantirish va jazo 
strategiyasi: ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar: 

 
kim ko‘p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi haq to‘lanadi;
 

 
kim undan ko‘p ishlasa, shunchalik ko‘p haq to‘lanadi; 

 
kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi. 
2.
 
Ish orqali motivlashtirish:
 xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish 
sifati yuqori bo‘ladi. 
3.
 
Menejerlar  bilan  doimiy  aloqada  bo‘lish
  strategiyasi:  bo‘ysunuvchilar  bilan  birga 
maqsadni aniqlab olish, unga 
ijobiy aks aloqa
ga imkon berish, hattoki u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, 
yohud  yanglishgan  hollarda  ham.  Bu  motivlashtirish  modeli  rahbar  bilan  xodim  o‘rtasidagi 
munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi. 
Motivlashtirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 

 
pulni rag‘batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish;
 

 
jazolash;
 

 
raqobatni kuchaytirish;
 

 
ish orqali motivlashtirish;
 

 
yutuqni tan olish va taqdirlash; 

 
xodimlarni o‘qitish va yuksaltirish;
 

 
salbiy ta’sirni cheklash va meyorlash;
 

 
guruh mehnatini mukofatlash va rag‘batlantirish;
 

 
xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish
 va h.k. 
Amerikalik  ruhshunos  Abraxam  Maslou  XX  asrning  40-yillarida  o‘zining  ehtiyojlar  ustunligi 
nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar 
dedi.  Birinchi  o‘rindagi  ehtiyojlar  -  bu  bazis  ehtiyojlar,  ya’ni  yashashni  ta’minlash  uchun  zarur 
bo‘lgan  ehtiyojlar.  A.  Maslouning  fikricha,  inson,  eng  avvalo  ana  shu  bazis  ehtiyojlarini 
qondirish  uchun  ishlaydi.  Bazis  ehtiyojlar,  ya’ni  oziq-ovqatga,  kiyim-kechakka,  uy-joyga, 
uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadaga ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb 
etib  boradi.  Masalan,  xavfsizlikka,  ya’ni  tinchlik,  tartib,  himoyaga  bo‘lgan  ehtiyoj  ham 
birlamchi  bosqichdagi  ehtiyojning  yangi  darajasidagi  zaruriyatdir.  Biron  ijtimoiy  guruhda 
bo‘lish,  boshqa  kishilar  bilan  aloqaga  kirishish  ehtiyoji  ierarxiyaning  uchinchi  bo‘g‘iniga 
kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj 
ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil qiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar 
tomonidan  tan  olinishiga  bo‘lgan  ehtiyoj,  ya’ni  mavqe,  nufuz,  shon-shuhrat,  muvaffaqiyat, 
diqqat-e’tibor.  O‘zligini  isbotlash  ehtiyoji,  ya’ni  Maslou  ierarxiyasidagi  eng  yuqori  daraja 
yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa, shunga erishish. 
Bu  ehtiyojlar  shaxsning  o‘sishida  o‘z  aksini  topadi.  A.  Maslou,  odamlar  -  bu  qonmagan 
ehtiyojlarini qondirishga intiluvchi “ochko‘z maxluq”lar, degan edi. 
Birlamchi  ehtiyojlar  qondirilgach,  boshqa  zaruriyatlar  kishilarni  yuqori  darajadagi 
ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Ho‘sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar 
qanday  usul  va  yondoshuvlarni  qo‘llashi  kerak.  Shularning  ayrimlarini  quyidagi  jadvalda 
keltiramiz (3-jadval). Bu ehtiyojlarni hech qachon to‘la-to‘kis qondirish imkoniyati bo‘lmaydi. 
Shu sababli ehtiyojlarga asoslangan motivatsiya jarayoni cheksizdir. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish