3-BOB. ELEKTRON TIJORATNING ME’YORIY-
HUQUQIY BAZASI
3.1.Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan foydalanishning
me’yoriy-huquqiy bazasi
Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri shundaki,
ikki tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi
uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan ham mavjudligini shubha ostiga
qo‘yishga haqli emaslar. Tamoyilning amalga oshirilishi har doim ham
kafolatlanmaydi, shuning uchun ham ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan
shartnomalargina tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga
ega bo‘lmaydi. Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishga
qurbi yetmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishda yordam berish
maqsadida xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON komissiyasi, 1996
yilda "Elektron tijorat to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Bu qonun o‘zida
shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va
nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi.
Qonunda ko‘rilgan, berilganlarning elektron almashuvining huquqiy rejimi
funksional ekvivalent nomli tamoyilga asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu
qonunning joriy etilishi, tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida,
ular uchun huquqiy muhitni yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan
keyin elektron tijorat jarayonlarini oldindan aytib berishni osonlashtiruvchi va shu
bilan birga elektron tijoratning butun dunyoda rivojlanishiga turtki bo‘ladigan
me’yor va qoidalar ustidagi ish olib borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday
qonunlar orasida elektron raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar
sanab o‘tilgan. Bu savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa
tarmoqlar orqali qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan.
47
Elektron imzoga bo‘lgan ishonch, shartnomalarni qabul qilishiga bo‘lgan asosiy
shart bo‘lib hisoblanadi.
1999 yilda elektron imzolarni ishlatish uchun huquqiy asoslari direktivasi
qabul qilingan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va xalqaro huquqlarning
shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki u elektron tijorat sohasidagi
kelajakdagi rivojlanishi va mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib
beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston uchun Yevropaning huquqiy
tartibotidagi tajribasi kerak bo‘ladi.
Direktivada raqamli imzoni yaratish uchun ishlatiladigan belgilarga bo‘lgan
talablar shakllantirilgan. Bundan tashqari shartnomani qo‘llagan tomonning imzosi
va uning elektron nusxasining muvofiq kelish - kelmasligini aniqlashga yordam
beruvchi sertifikat nomli hujjat ko‘zda tutiladi. Bu sertifikatdan tashqari yana
shunday bir tushuncha mavjudki, uning nomi malakali sertifikat, uning farqi
faqatgina imzolarni solishtirishda emas, qator talablarga javob berish
majburiyligidadir.
AQSh va Kanadada supermagistral, ya’ni har bir insonga o‘z ta’bi bo‘yicha
istaganini topish texnologik vositasining qurilishiga ko‘ra olingan. G‘arbiy
Yevropada asosiy jamiyat jahon texnologik inqilobning navbatdagi qadamiga
ijtimoiy tomondan yondashiladi. Revolyusiyalar Yevropa mamlakatlaridagi
axborot jamiyatlari shakllanishining turli aspektlariga bag‘ishlangan. Ularning har
birida ma’ruza mujassamdir.
Umuman yuqorida aytilgandek, Yevropa ittifoqining huquqiy aktlarida aytib
o‘tilgan me’yor va tamoyillar O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlari uchun
qulaydir, chunki bular so‘ngi vaqt elektron tijorat uchun evolyusiyaning natijalari
hisoblanadi. Elektron imzoning huquqiy aktlaridagi tamoyillarining O‘zbekiston
qonunchiligida joriy etish yetarli potensialga ega bo‘ladi deb tasavvur etiladi.
O‘zbekistonda hozircha elektron tijoratni tartibga soluvchi qonunchilikning
ma’lum bir sohasi yo‘q, shunga muvofiq holda davlatning bu ishda faolligi va sud
amaliyoti mavjud emas. O‘zbekistonda elektron tijoratning yuridik amaliyotida
oxirgi ishlar "elektron hujjat", "shartnomaning elektron shakli", "elektron raqamli
48
imzo", "elektron hisoblar", “elektron hukumat” kabi tushunchalar shakllandi. Ba’zi
O‘zbekiston qonunchiligida o‘z imzosi bilan qo‘llangan hujjatlarning qo‘llanishi
hamon saqlanib kelmoqda. Bundan tashqari, hududiy me’yorlarning umumiy
rivojlanmaganini hisobga olish lozim. Xalqaro darajada bo‘lganidek, bu,
O‘zbekistondagi elektron tijorat va unga global elektron bozoriga chiqishi uchun
yuridik to‘siq bo‘ladi.
Bunday to‘siqlardan xoli bo‘lish uchun elektron tijorat sohasidagi
bo‘layotgan jarayonlarni ko‘proq holatiy aks ettirish kerak bo‘ladi. Buni yana bir
qator qonunlar qabul etish bilan birga hal etsa bo‘ladi. Avval ta’kidlanganidek,
alohida urg‘u O‘zbekistonning elektron imzolar to‘g‘risidagi qonuniga beriladi.
AQSh da, Italiya va Germaniyada bu qonunlar amalda qo‘llanilmoqda.
Elektron tijoratning davlat chegarasi mavjud emas va uning yordamida
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlarning turliligi shunchalik xilma-xilki,
ba’zida iste’molchi ularning xalqaro me’yor va qoidalarga to‘g‘ri kelish -
kelmasligiga ikkilanadi. Ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilar
o‘zlarining mahsulotlarini alohida chet el standartiga dekloratsiya qiladilar, tabiiy
hol, bu haqdagi axborot mijozda bo‘lmaydi. Buning natijasida, masalan,
Internetda, sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shni asbob-
uskunalarga zarar yetkazadigan elektromagnit to‘lqinli qurilmalarni qo‘lga kiritish
mumkin. Iste’molchini sifatsiz mahsulotdan himoya qilish maqsadida
sertifikatlashtirish va litsenziyalash davlat darajasida turadi.
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari.
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni
tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy
Qonunimizning 30-moddasida O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq
va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan
tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan.
Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
49
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan
keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi oshdi.Buning
natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari
qondirilib, axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat
hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov
berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga
oshiruvchi axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar,
voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlari
qondiriladi.
Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning
zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan holda milliy axborot tizimini
yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish
sohasida
qonunga
xilof
harakatlar
sodir
etganlik
uchun
javobgarlik
kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 25-
dekabrdagi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, kodeks oltita moddadan iborat yangi mazmundagi “Axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan XX bob bilan to‘ldirilgan.
Ushbu bobda axborotlashtirish qoidalarini buzish; kompyuter axborotidan qonunga
xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish; kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda
(ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab
tayyorlash
yoxud
o‘tkazish
va
tarqatish;
kompyuter
axborotini
modifikatsiyalashtirish; kompyuter sabotaji va zarar keltiruvchi dasturlarni
yaratish, ishlatish yoki tarqatish bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo
50
belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga “Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” nomli modda
kiritilib, unda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
belgilangan.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda
2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning axborot olishga oid
konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur
huquqiy hujjat axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini
aniq belgilab berdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
22-noyabrdagi”Axborotlashtirish
sohasida
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish to‘g‘risida” 256-sonli qarori “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi
qonun ijrosini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani
takomillashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining
axborot tizimini barpo etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
Unda Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi va Davlat
organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar
tasdiqlangan hamda birinchi Nizomning ilovasida Davlat organining rasmiy
saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |