1.3.O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlanish tendentsiyalari
Jahonda elektron tijoratni rivojlanishi barcha davlatlarda bu sohani
rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida iqtisodiy
rivojlanishning muhim omili va biznes strategiyasining ahamiyatli qismi bо‘lib
elektron tijorat (e-commerce) va elektron biznes (e-business) hisoblanadi. Biznesga
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning (AKT) kirib kelishi korxonalarning
bevosita iste’molchilar bilan aloqalarida о‘ziga xos inqilobni vujudga keltirdi.
Hozirgi davrning muhim masalasi, strategik pozitsiyalash, firmalar tomonidan
mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda axborot asri va yangi iqtisodiy muhit
sharoitida sodda, ishchan va hayotiy e-business strategiyasi asosida,
imkoniyatlardan samarali foydalanib eng yuqori foydalilik darajasiga chiqish
27
hisoblanadi. Shu о‘rinda e-commerce kichik biznesga yirik biznes subyektlari bilan
raqobatlasha olish imkonini berishini alohida ta’kidlash kerak.
Uzoq
vaqt
davomida
О‘zbekistonda
aloqa
va
axborotlashtirish
texnologiyalari bir-biridan ayri holda rivojlanib bordi. Aloqa sohasi о‘z xizmat
turlarining foydalanilish belgisiga qarab sun’iy ravishda ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish shakllarga ajratilib qaraldi, butun axborotni yaratish sohasi esa,
aloqa
sohasidan
alohida
holda
shakllandi.
Shu
tariqa,
axborot
va
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi takomillashuvi hamda kengayishi
natijasida о‘tgan asrning 90-yillari oxiriga kelib, ushbu sohalarda qо‘llaniladigan
о‘sullar va vositlarning bog‘lanib ketish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon
«axborotlashtirish va telekommunikatsiya konvergensiyasi» nomini oldi. Aloqa va
axborot texnologiyalarining uzviy qо‘shilishi butun dunyoda axborot-
kommunikatsiya nomini oldi. Biz ushbu tizimning о‘zidan maxsus foydalangan
holda, Internet orqali turli mamlakatlarning zamonaviy ommaviy qomuslari
darajasida ushbu tushunchaning ta’rifini topishga urindik. Lekin, biz uni eng
mashhur bо‘lgan va davriy ravishda yangilanib turadigan yuz tomlik olmon
«Oidep» qomusida ham, Rossiyaning eng yangi «Кирил ва Мефодий » qomusida
ham topa olmadik. Vaholanki, ularning ikkovi ham zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan о‘z ma’lumotlarini, shu qatorda audio va
video ma’lumotlarni joylashtirishda keng foydalanadilar. Biz ushbu tushunchani
turli mamlakatlarning biz kо‘rishimiz mumkin bо‘lgan boshqa qomuslarida ham
uchratmadik. Bu tushunchani uchratmaganligimiz uning umuman yо‘qligidan
dalolat bermaydi, balki uning yaqindagina yuzaga kelganidan, eng asosiysi,
mazkur yо‘nalishning rivojlanishi shо‘nchalar shiddat bilan amalga oshganligidan,
hatto ilmiy tafakkur uni nazariy talqin qilishning yagona yо‘nalishini hali ishlab
chiqmaganligidan dalolat beradi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda keyingi yillarda adabiyotlarda ushbu
tushunchani talqin qilishga urinishlar paydo bо‘la boshladi. Bizning nо‘qtai
nazarimizda, axborot-kommunikatsiya talqinining eng mos keladigani L.Reyman
rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan keltirilgan: «Axborot-kommunikatsiya
28
- bu tashkilotlar va aholiga axborot-kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlarni
taqdim
etishga
mо‘ljallangan
zamonaviy
axborot,
kompyuter
hamda
telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni rо‘yobga chiqarо‘vchi tizimlari va
vositalarini uzviy ravishda birlashtiruvchi majmuadir». Ushbu ta’rif «2010
yilgacha bо‘lgan davrda Rossiyada axborotlashtirishni rivojlantirish» Federal
dasturi konsepsiyasiga ham kiritilgan.
Mamlakatimizda yangilanish davri talablaridan kelib chiqib, birinchi
prezident I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining qо‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir»
nomli ma’ruzasida aloqa bozorini kelgusida rivojlantirish masalalariga alohida
tо‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladilar: «Tele-radio industriya bozorini rivojlantirish,
bu sohada g‘oyalar va dasturlarning ijodiy raqobat muhitini vujudga keltirish
bо‘yicha aniq chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak.
Zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish zarur.
О‘ylaymanki, hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter asrida, internet
kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib
borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi
ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun
naqadar dolzarb va ustuvor bо‘lib borayotgani haqida gapirib о‘tirishga hojat
yо‘q».
Aloqa bozorini rivojlantirish barobarida iqtisodiyotning mazkur bozorning
ehtimol tutilgan qatnashchilari hisoblanuvchi boshqa sohalarini ham rivojlantirish
zarurligidan dalolat beradi. Aks holda, aloqa bozorining haddan tashqari ildamlab
ketishi aloqa xizmatlariga bо‘lgan talabning taklifga nisbatan orqada qolishiga,
mazkur xizmatlarni taklif qiluvchilar va iste’molchilarining iqtisodiy imkoniyatla-
rida tafovut paydo bо‘lishiga, ular orasida debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori
asossiz oshib ketishiga olib keladi.
Aloqa sohasi butun iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Raqobatbardosh, samarali va qiymati nuqtai nazaridan afzal bо‘lgan aloqa
29
tarmoqlari ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini oshirishga, ish о‘rinlarini
kо‘paytirishga, eksport salmog‘i va soliq tushumlari о‘sishiga, ya’ni iqtisodiy
taraqqiyotni orqaga tortuvchi monopol xizmat kо‘rsatishdan tubdan farq qiladigan
ijobiy tendensiyalarni shakllantirishga olib keladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, bularning barchasi о‘z
navbatida sohaning о‘zini yanada jadalroq rivojlantirishni taqozo etadi.
Chunonchi, bugungi kunda Rossiyaning 1% iqtisodiy о‘sishini ta’minlash uchun
aloqa sanoatining 3% о‘sishiga erishish zarur bо‘ladi. Bu esa aloqa tarmoqlari
nafaqat jamiyat taraqqiyotini va mamlakat xavfsizligini ta’minlashning, balki
mamlakat iqtisodiyoti barqaror о‘sib borishining muhim omili bо‘lib qolishining
asosiy shartlaridan biridir.
O’zbekistonda ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu sohani
rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlikni
rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada takomillashtirish
masalariga alohida to’xtalib o’tdilar. Buning misoli tariqasida davlatimiz rahbari
tomonida tashkil etilgan va global mashtabda xizmat ko’rsatayotgan elektron
tijorat paltformalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatiga
ega bo’lishdi.
O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo
tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim;
Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli
cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;
• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini
qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi
mumkin;
• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat
hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;
• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat
chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim.
30
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora
o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat
infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida
paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar
inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini
takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29
aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni,
2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni
rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda
qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi.
Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “E-
karmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |