-
arxivda yoki bulutda saqlanishi mumkin bo’lgan zarur ma’lumotlarga
deyarli darhol kirishni ta’minlaydi;
-
ma’lumotni turli mezonlar bo’yicha izlash imkoniyatini yaratadi (sana va
vaqt, harakatlanuvchi ob’ektlarning mavjudligi, voqea raqami va boshqalar
bo’yicha);
23
-
bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilarga joriy va saqlab qo’yilgan
ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.
Shubhasiz, raqamli texnologiyalarning keng tarqalishiga ijobiy ta’sir
qiluvchi omil raqamli qurilmalarning funksional imkoniyatlari kengayib borishi
bilan ular narxlarining tez pasayib borishi hisoblanadi. Raqamli qurilmalarga yillar
davomida xizmat ko’rsatmasdan ishlatish mumkinligi ham muhimdir.
Biznes sohasida va odamlar hayotida raqamli qurilmalarning xilma-xilligi
va soni mutaasil ravishda o’sib bormoqda: noutbuklar, planshet kompyuterlari va
smartfonlarga safiga raqamli televizorlar, videokameralar, fitness bilakuzuklari,
aqlli soatlar, turli xil taqiladigan qurilmalar va datchiklar, shu jumladan ko’chma
qurilmalar va datchiklar, shu jumlaladan meditsina qurilmalari va datchiklari,
avtomobil navigatsiya tizimlari va boshqalarni ham qo’shish mumkin. Allaqachon
odatiy bo’lib qolgan bankomatlar qatoriga ichimlik va sneklar (engil gazaklar)
sotadigan vending (vend – savdo qilish (avtomatlar yordamida)) apparatlari, qahva
va choy tayyorlaydigan, kserokopiya va fotosuratlarni tayyorlaydigan, to’lovlarni
qabul qiladigan va hokazolarga mo’ljallangan turli xil avtomatlar qo’shildi.
Raqamli qurilmalar va raqamli texnologiyalar tufayli, 24/7 rejimida,
ko’pincha sutkada turli xil ma’lumotlarni ishlab chiqarish, saqlash va uzatish
qobiliyatiga ega bo’lgan jismoniy ob’ektlar sonining keskin o’sishi kuzatilmoqda.
Mohiyati jihatidan mobillik va Big Data (katta ma’lumotlar) davri kelmoqda.
Tarixan,
raqamli
texnologiyalarning
kirib
kelishi
va
raqamli
transformatsiya 90-yillarning o’rtalaridan – musiqa, rasmlar va videolar olamidan
boshlangan. 2009- yildan so’ng, narsalar Interneti paydo bo’ldi, bu 21-asrning
ikkinchi o’n yilligi esa raqamli televidenie va raqamli marketingni rivojlantirish
bilan bog’liq bo’lib, keyinchalik raqamli transformatsiya sanoat (4.0
industriyasi)da boshlandi, sog’liqni saqlash, ta’lim, chakana savdo, uy-joy
kommunal xo’jaligi va boshqa sohalarga kirib keldi.
Raqamli texnologiyalarning potentsiali 2004-2007 yillarda, raqamli
iqtisodiyot va jamiyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan asosiy xizmatlar va
mahsulotlar yaratilganda aniq namoyon bo’ldi. 2004 yilda aloqa va axborot
24
almashinuvi kanali sifatida
Facebook
ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. 2005 yilda
video matriallarni yuklash va ko’rish mumkin bo’lgan
YouTube
kanali bozorga
chiqdi. 2006 yilda
Amazon Web Services
(AIVS) e’lon qilindi, bu onlayn
kompaniyalar yaratish jarayonini soddalashtirdi va arzonlashtirdi. 2007 yilda
Apple
kompanisining
iPhone
va
Google
kompaniyasining
Android
operatsion
tizimi sotuvga chiqdi.
iPhone
smartfonlari bozorni tom ma’noda "portlatib
yubordi", bu esa iste’molchilar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni
osonlashtirib, mobil ilova bozorini rivojlantirishga yo’l ochib berdi.
Rossiyada raqamli texnologiyalar iste’molchilarga xizmat ko’rsatish
sohalariga faol kirib bormoqda va ularni o’zgartirmoqda. Avvalam bor, bu
iste’molchilar xulq-atvorining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan banklar,
telekommunikatsiya sohasi, chakana savdo bo’lib, biz ularni quyida batafsil ko’rib
chiqamiz.
Raqamli transformatsiya marketingni rivojlantirish va hamkorlar va
iste’molchilar bilan aloqalarni o’rnatish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi,
mahsulotni sotishni, xizmat ko’rsatishni va qo’llab-quvvatlashni, uskunalarning
ishlashi to’g’risida ma’lumot to’plashni, ma’lumot almashishni tashkil qilishni,
biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni va biznesni boshqarish sohasidagi
ko’pgina boshqa funktsiyalarni yangicha tarzda tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Ammo, shu bilan birga, bu ko’plab muammolar va tahdidlarni keltirib
chiqaradi: juda katta ma’lumotlari massivi bilan nima qilish kerak? Ushbu
ma’lumotlar massividan kerakli bilimlarni qanday ajratib olish mumkin? Ishlab
chiqarish va boshqa tizimlarning xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin? Kimga
va qanday ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilishi kerak? Kompaniyaning
raqamli madaniyati qanday shakllantiriladi? Raqamli platformalar va ekotizimlarni
qanday boshqarish kerak? Inson va mashina intellekti o’rtasidagi chegara qayerdan
o’tadi? Va boshqa muammolar va tahdidlar. Ushbu sohadagi ko’plab qarorlar va
yechimlar siyosiy ahamiyatga ega bo’lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va
ishlab chiqarish tsiklini ancha qisqarishiga, murakkab mahsulotlarning raqamli
25
modellarini shakllantirish va ularning virtual sinovlarini o’tkazish zaruratiga,
axborot kognitivistikasi (bilish nazariyasi, kognitiv psixologiya, noverbal
kommunikatsiya va sun’iy intellekt nazariyasini birlashtiruvchi fanlararo ilmiy
yo’nalish) asosida inson-mashina interfeyslarini rivojlantirishga olib kelishi
to’g’risida gapirishadi.
Shuningdek o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishda zavod sozlamalarini
qo’llovchi foydalanuvchilardan, shu jumladan “uy fabrikalari” sharoitidan tortib to
individual
istemolchilarga
individual
mahsulotlar
etkazib
beruvchi
kompaniyalargacha farqlanishi mumkin bo’lgan “xizmatga yo’naltirilgan
loyihalash”ni rivojlantirish g’oyasi bildirilmoqda.
Ammo, aftidan, "biz barchamiz o’zimiz oz-moz tasavvur qiladigan
imkoniyat va zaifliklarga duch kelmoqdamiz"
2
deb aytgan Joshua Kuper Ramo
fikriga qo’shilimiz lozim. Haqiqiy va virtual dunyolar birlashadi, odam bir
vaqtning o’zida haqiqiy va virtual dunyoda yashaydi, ularning qanday
aralashganini ko’radi va bu dunyoning yangi idrokini talab qiladi, bu erda oldingi
tajriba kam foyda keltiradi, bu erda sezgi va intuitsiya muhim hisoblanadi.
"Ettinchi sezgi. Bashorat qilish belgisi ostida: raqamli asrdagi o’zgarishlar qanday
bashorat qilinadi va boshqariladi” deb nomlangan falsafiy kitobda R.J. Kuperning
ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot yoki tarmoq kommunikatsiyalari iqtisodiyoti
"iqtisodiyot va jamiyatning barcha jabhalariga ta’sir etadigan" yangi mohiyatning
shakllanishiga olib keladi.
Raqamli iqtisodiyot endi shakllanish jarayonida bo’lganligi sababli,
tadqiqotlar va biznes amaliyotlari raqamli
(digital)
texnologiyalar nima ekanligini
va biznesni raqamlashtirish
(digitalization)
nima degani yagona tushunchaning
vujudga kelmaganligi tabiiy xoldir.
Ba’zilar
digital
va
E-commerse
atamalarini ayniyatlashtirishadi, internetga
bog’liq bo’lgan tarmoqlar va bozorlar to’g’risida gapirishadi, boshqalar esa
raqamli texnologiyalarni bulutli xizmatlar yoki
Big Data
texnologiyalari bilan
ishlash texnologiyalari deb qarashadi. Ammo bularning hammasi iqtisodiyot va
biznesning o’zgarishi kontekstida hodisaning mohiyatini ochib bermaydigan
26
xususiy holatlardir.
Raqamli texnologiyalarning biznesga nisbatan qo’llanilganda o’ziga xos
xususiyati biznes muammolarini birgalikda hal qilish uchun tashkilotning jismoniy
va raqamli resurslarining birlashtirish hisoblanadi, bu yangi biznes modellarining
shakllanishiga olib keladi, iste’molchilar uchun yangi qadriyatlarni yaratishga
imkon beradi, raqobat strategiyalarini o’zgartiradi va natijada biznesning
raqobatdoshligini oshiradi.
Shunga muvofiq, raqamli iqtisodiyotni ishlab chiqarish va iste’mol
sohasidagi jismoniy va raqamli ob’ektlarning iqtisodiyot va jamiyatdagi
integratsiyasiga asoslangan iqtisodiyot rivojlanishining yangi bosqichi sifatida
ta’riflash mumkin. Ushbu integratsiya tarmoq aloqalarini, yuqori tezlikda ulanishni
kengayishiga olib keladi.
Yuroqida keltirilganlardan kelib chiqqan holda elektron tijoratni raqamli
texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektron tijoratni rivojlanishi,
sohalarga kirib borishi va undan samarali foydalanish raqamli texnologiyalar orqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |