Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx


Axborot tizimlarida axborot xafvsizligini



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

16.3.Axborot tizimlarida axborot xafvsizligini 
ta’minlash texnologiyasi 
 
Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  ko‘p  qirrali  faoliyat  bilan  bog‘liq  jarayon 
bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishish uchun tizimli va kompleks yondoshish talab 
etiladi.  Axborot  tizimlaridan  foydalanuvchi  subyektlarning  axborot  xavfsizligi 
bo‘yicha  manfaatlarini  quyidagilar  tashkil  qiladi:  axborotga  murojaat  qilish 
imkoniyatini  ta’minlash,  axborotning  yaxlitligini  ta’minlash,  axborotning 
maxfiyligini  ta’minlash.  Gohida  axborot  xavfsizligining  bu  asosiy  tashkil 
etuvchilariga  axborotdan  ruxsatsiz  nusxa  olishdan  himoyalanishni  ta’minlashni 
ham  kiritishadi.  Lekin  bu  toifadagi  himoyalanish  hali-xanuz  o‘z  yechimini 
to‘lato‘kis topmagan. 
Axborotga  murojaat  qilish  imkoniyatini  ta’minlash  belgilangan  vaqt 
oralig‘ida  vakolatga  ega  bo‘lgan  axborot  foydalanuvchilari  va  subyektlari  uchun 
axborot  yoki  u  bilan  bog‘liq  servisga  murojaat  qilib  foydalanish  imkoniyatini 
ta’minlashni anglatadi. Axborotning yaxlitligini ta’minlash saqlanayotgan axborot 
vakolatga  ega  bo‘lmagan  subyektlar  tomonidan  o‘zgartirilishidan,  ya’ni  axborot 
tuzilishi  va  ma’nosi  qanday  berilgan  bo‘lsa,  shunday  saqlashni  ta’minlashni 
anglatadi.  Axborotning  maxfiyligini  ta’minlash  axborotga  vakolati  bo‘lmagan 
subyektlar  tomonidan  murojaat  qilib, undan  oshkor  holda  foydalanishdan  himoya 
qilishni  anglatadi.  Axborotga  murojaat  qilish  imkoniyatini  ta’minlash  turli 
sohalardagi  axborot  tizimlarida,  ayniqsa  ishlab  chiqarishni  boshqarish,  transport, 
bank va shu kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimlardan foydalanishda 
to‘xtalishlar yoki nosozliklar ro‘y bersa, moddiy va  ma’naviy zarar miqdori katta 
bo‘lishi  bilan  birga,  ko‘pchilik  axborot  foydalanuvchilari  o‘zlariga  zarur  bo‘lgan 
qimmatli  axborotlarni  vaqtida  olish  imkonidan  mahrum  bo‘ladilar.  Misol  uchun, 
temir  yo‘l  va  aviabiletlarni  sotish,  banklarda  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  va  h.k. 
Axborot yaxlitligi ikki turga bo‘linadi: statik va dinamik yaxlitlik. Statik yaxlitlik 
deganda  belgilangan  obyekt  haqidagi  ma’lumotlar  o‘zgarmay  saqlanishi 
tushunilsa, dinamik yaxlitlikda axborotlarni qayta ishlash jarayonida bir axborotni 


235 
 
qayta  ishlash  natijasida  to‘g‘ri  natijaviy  axborot  olinib,  o‘zgartirilmagan  holda 
tegishli  bo‘g‘inga  yetkazilishi  tushuniladi.  Axborotning  dinamik  yaxlitligini 
nazorat  qiluvchi  vositalar  moliyaviy  operatsiyalarning  to‘g‘ri  bajarilishini 
aniqlashda,  ma’lum  bir  qimmatga  ega  bo‘lgan  axborotlarni  tartiblashda,  ulardan 
nusxa olish jarayonlarida ishlatiladi. 3.Axborotga bo‘ladigan tahdid tushunchasi. 
Тahdid  deganda  kimlarningdir  manfaatlariga  ziyon  yetkazuvchi  ro‘y  berishi 
mumkin  bo‘lgan  voqea,  ta’sir,  jarayon  tushuniladi.  Axborotga  yoki  axborot 
tizimiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  potensial  ro‘y  berishi  mumkin  bo‘lgan  voqea  yoki 
jarayon  axborot  munosabatlari  subyektlari  manfaatlariga  qaratilgan  tahdid  deb 
ataladi.  Тahdidni  amalga  oshirishga  qaratilgan  harakat  hujum  deb  ataladi.  Hujum 
uyushtiruvchi  esa  buzg‘unchi  deb  ataladi.  Potensial  buzg‘unchilar  tahdid  manbai 
deb  ataladi.  Axborot  tizimlaridagi  zaifliklarning  mavjudligi  turli  xil  tahdidlarni 
keltirib  chiqaradi.  (Masalan,  muhim  bo‘lgan  qurilmalardan  begona,  vakolati 
bo‘lmagan  shaxslarning  foydalanishi  yoki  dasturiy  ta’minotdagi  xatoliklar) 
Zaifliklar ma’lum bo‘lgan vaqtdan to ularni bartaraf etilgunga qadar bo‘lgan vaqt 
oralig‘i xavfli darcha deyiladi. Хavfli darcha mavjud ekan axborot tizimiga bo‘lgan 
tahdid  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi  turgan  gap.  Agar  gap  dasturiy  ta’minot 
haqida borsa, u holda xavfli darcha xatoliklardan foydalanish vositalari yordamida 
ochilib, kamchiliklar va xatoliklar bartaraf etilganidan so‘nggina yopiladi. Korxona 
miqyosida  bo‘ladigan  tahdidlar  qaysi  mezonlarga  ko‘ra  turlarga  va  sinflarga 
ajralishini  ko‘rib  chiqaylik.  Тahdidlarni  quyidagi  mezonlar  asosida  sinflarga 
ajratish  mumkin  :    Axborot  xavfsizligining  asosiy  tashkil  etuvchilariga  nisbatan 
bo‘ladigan

 tahdidlar (axborotga murojaat qilish imkoniyatiga qarshi, axborotning 
yaxlitligini  buzishga  qaratilgan,  axborotning  maxfiyligini  oshkor  qilishga 
qaratilgan tahdidlar);  Axborot tizimining tashkil etuvchilariga nisbatan bo‘ladigan 
tahdidlar

  (berilgan  ma’lumotlar,  dasturlar,  apparat  qurilmalari  va  tizimni 
qullabquvvatlovchi  infrastruktura);    Тahdidni  amalga  oshirish  usuli  bo‘yicha 
(tabiiy, texnogen, tasodifiy,

 g‘arazli maqsadda); 
Тahdid manbaining axborot tizimiga nisbatan joylashgan o‘rni bo‘yicha (ichki 
yoki  tashqi).  Axborot  xavfsizligiga  nisbatan  bo‘ladigan  tahdidlarni  asosiy  mezon 


236 
 
sifatida  belgilab,  ular  haqida  alohida  to‘xtalib  o‘tamiz.  Тahdidlarning  keng 
tarqalgan turlari Keltiradigan ziyon miqdori nuqtai-nazaridan eng xavfli va tez-tez 
bo‘ladigan  tahdidlar  axborot  tizimiga  xizmat  ko‘rsatuvchi  korxona  xodimlari 
(operator,  muhandis,  tizim  ma’muri  va  boshqalar)  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan 
xatoliklar  natijasida  kelib  chiqadigan  tahdidlardir.  Ba’zida  bunday  xatoliklar 
bevosita  tahdidni  keltirib  chiqaradi  (noto‘g‘ri  kiritilgan  ma’lumot,  dasturdagi 
xatolik,  tizimdagi  xatolik)  va  gohida  ular  tizimdagi  zaifliklarni  keltirib 
chiqaradilar.  Ba’zi  ma’lumotlarga  ko‘ra  ko‘rilgan  zararlarning  65%  i  mana 
shunday  xatoliklar  tufayli  kelib  chiqqan.  Yong‘inlar  va  suv  toshqinlari  tufayli 
axborot  tizimlariga  yetkazilgan  zarar  miqdori  savodsizlik  va  ma’suliyatni  his 
etmaslik tufayli ko‘rilgan zarar miqdoridan kam bo‘lsa-bo‘ladiki, lekin ortiq emas. 
Тasodifiy  yoki  ko‘r-ko‘rona  xatoliklar  oldini  olishning  eng  qat’iy  usuli  –  ishni 
maksimal  darajada  avtomatlashtirish  va  qat’iy  nazorat.  Boshqa  keng  tarqalgan 
tahdidlar  quyidagilar  natijasida  kelib  chiqadilar:    Foydalanuvchilarning  voz 
kechishlari;

    Axborot  tizimining  ichki  nosozligi;

    Axborot  munosabatlarini 
qo‘llab-quvvatlovchi  infrastrukturaning  rad  etishi.

  Foydalanuvchilarning  voz 
kechishlari  natijasida  kelib  chiqadigan  tahdidlar  quyidagi  holatlarda  namoyon 
bo‘lishi  mumkin  :    Axborot  tizimi  bilan  ishlash  hoxishining  yo‘qligi  (ko‘pincha 
yangi  turdagi

  tizim  joriy  etilganida  yoki  yangi  texnikaga  moslashtirilgan 
texnologiyalarning  joriy  etilishi  natijasida  yoki  foydalanuvchi  so‘rovi  bo‘yicha 
kerakli ma’lumotlar olishning iloji yo‘qligi);
 
Тizim  bilan  ishlash  uchun  kasbiy  tayyorgarlik  saviyasi  pastligi  (kompyuter 
savodining  yetarli  darajada  emasligi,  kritik  holatlardan  chiqib  keta  bilmaslik, 
tizimga  oid  hujjatlar  bilan  ishlash  ko‘nikmasining  yo‘qligi  va  h.k.);    Тizim  bilan 
ishlash  uchun  normal  sharoitning  yo‘qligi  (texnik

  hujjatlarning  yetarli  emasligi, 
tizimda  ishlatiladigan  axborotlar  strukturasi  va  ularni  qayta  ishlash  texnologiyasi 
bosqichlarining 
mukammal 
yoritilmaganligi). 
Axborot 
tizimidagi 
ichki 
nosozliklarning asosiy sabablari :  Belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilmasdan 
(tasodifiy yoki g‘arazli)

 ishlash;  Foydalanuvchilarning yoki personalning ataylab 
yoki  tasodifan

  harakatlari  tufayli  tizimning  ishdan  chiqishi  (bir  vaqtning  o‘zida 


237 
 
ko‘plab so‘rovlar berilishi, qayta ishlanadigan ma’lumotlar hajmining me’yoridan 
ortiqligi va h.k.);  Тizim parametrlarini belgilashda yoki qayta o‘zgartirishda ro‘y 
beradigan

  xatoliklar  va  nosozliklar;    Dasturiy  va  texnik  ta’minotdagi  uzilish  va 
nosozliklar;

    Тashqi  xotirada  saqlanayotgan  ma’lumotlarning  buzilishi;

  
Apparatura  qurilmalarining  buzilishi  yoki  nosozligi.

  Axborot  munosabatlarini 
qo‘llab-quvvatlovchi  infrastrukturaning  rad  etishi  quyidagi  holatlarda  vujudga 
kelishi  mumkin  :    Aloqa,  elektr  ta’minoti,  suv  va  issiqlik  ta’minoti,  sovutish 
tizimlaridagi

  nosozliklar  (tasodifiy  yoki  ataylab  tashkil  etilgan);    Хonalar  va 
ulardagi  jihozlarning  buzilishi,  avariya  holatiga  kelishi;

    Хizmat  ko‘rsatuvchi 
personalning  normal  sharoitda  ishlashi  uchun

  sharoitning  yo‘qligi  yoki  ularning 
o‘z  vazifalaridan  voz  kechishi  (fuqarolik  tartibsizliklari,  transportdagi  avariya 
holatlari, terroristik harakatlar yoki ish tashlashlar va h.k.)
 
Nazorat savollari: 
1.
 
Elektron tijoratda axborot xavsizligi haqida tushuncha bering? 
2.
 
Axborotni himoya qilish haqida tushunchangiz? 
3.
 
 Axborot xavfsizligini ta’minlashni standartlashtirishni izohlab bering? 
4.
 
Elektron imzo deganda nimani tushunasiz? 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish