16.2. Axborot xavfsizligini ta’minlashni standartlashtirish
Elektron tijoratni olib borish jarayonida zamonaviy axborot xavfsizligi tizimini
qurishda quyidagi fundamental tamoyillarni hisobga olgan holda axborot zahiralari,
texnologiyalar va uzatish vositalari, ma’lumotlarni ishlash va saqlashni
majmuaviy himoya qilish masalalarini bajarish lozimligidan kelib chiqmoq kerak.
Noaniqlik tamoyili.
Ushbu tamoyil «inson omili» mavjudligi bilan tavsiflanadi,
zero, kim, qachon, qaerda, nima maqsadda va qanday ahvolda elektron biznesni
yoki elektron tijoratning alohida modelini olib borishning umumiy sxemasining
axborot xavfsizligini buzishga harakat qilishi oldindan ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |