14.2. Elektron hujjat aylanishida elektron raqamli imzo
Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan
tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron
hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.Imzo va
uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga
tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali
insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.Muhr va uning
ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli
ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib,
asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.Elektron raqamli
imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli
imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan
quyidagicha ta’riflanadi.Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur
elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan
holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini
aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish
imkoniyatini beradigan imzo;Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini
va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini
to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot -
kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni
haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida
foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham
mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi
barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron
218
raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga
ruyxatdan o‘tkaziladi. Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning
rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik
shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining
ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun
hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida
boshqa
rekvizitlar
ham
belgilanishi
mumkin.Elektron
kalitlar
va
sertifikatlar.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga
ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu
elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini
tasdiklashda
qo‘llanilishi
mo‘ljallangan
belgilar
ketma-ketligi.
Elektron
sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga
ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq
kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan
berilgan hujjat.Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish
tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi
2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va
faoliyat yuritadi.Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-
kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-
kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa
axborotlarni
almashishda
foydalanish
mumkin.
Turli
kompaniyalarning
avtomatlashtirilgan
tizimlari
orasida
standartlashtirilgan
shakldagi
ish
hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron
almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari hukumat darajasidagi muammolarni
yechishda hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Ular jamiyatdagi soliqlar
219
to‘lash, ishlash, tadbirkorlikni olib borish, ta’lim olish va berish jarayonlari
to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni o‘zgartirmoqda. Masalan, turli tizim ma’lumotlar
bazasini o‘zaro bog‘lab, tezkor axborot almashinuviga yordamlashishda yangi
texnologiyalar hukumat organlari o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlash imkonini
beradi. Elektron biznes tushunchasi esa bugungi kunda ishlab chiqarish
korxonalari, kompaniya va firmalarning faoliyatida asosiy o‘rin tutmoqda. Bu
elektron ko‘rinishdagi biznes bo‘lib, uning asosida ma’lumotlarni elektron
ko‘rinishda qayta ishlash va uzatish yotadi. Elektron biznes ko‘plab yo‘nalishdagi
faoliyatlarda ishlamoqda. Elektron biznesning paydo bo‘lishi biznes faoliyatini
yurituvchilarga keng miqyosdagi kommunikatsiya texnologiyalari, elektron pochta,
ma’lumotlarning elektron almashinishi, elektron to‘lov, internet, intranetdan
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bulardan foydalanishning natijasida esa,
buyurtmalar, hisob – kitob varaqalarini yozish va to‘lovlar to‘liq elektron shaklga
o‘tib bormoqda. Bu tizim ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lib, bugungi kunda keng
rivojlanmoqda va oldingi an’anaviy savdo jarayoni usullaridan ketma – ket voz
kechish boshlandi.
Elektron biznes tizimlarini yaratishning asosini Web – texnologiyalari
tashkil etmoqda. Global tarmoqda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan korxona, ishlab
chiqarish kompaniyalari, firmalar o‘z saytiga ega bo‘lishlari shartdir. Internet
xizmatlari tizimi internet tarmog‘i xizmatlarini o‘z ichida qamrab olib, ikki qismda
ko‘rib chiqilgan. Birinchi qismida internet tarmog‘i abonentlariga amaliy
protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: - Web
xujjatlarni o‘qish; - elektron pochta; - fayllarni uzatish va qabul qilish; - muloqotda
bo‘lish; - tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Ikkinchi qismda aynan
foydalanuvchilar uchun xizmatlar ko‘rib chiqiladi. Ularga tarmoqdan foydalanish,
internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani
joylashtirish kabi xizmatlar kiradi. O‘z o‘rnida elektron biznes axborot
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshirilib, internet tarmog‘i
paydo bo‘lgunga qadar ma’lumot uzatishni elektron tizimlariga asoslangan. Ushbu
ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet
220
elektron biznesning butun dunyoda tarqalishi uchun qulay zamin yaratgan
bo‘lsada, elektron biznes rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan
bu vosita optimallik o‘rnini egallab olmaydi. Biroq aynan internet elektron biznes
rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi va nafaqat katta korporatsiyalar, balki kichik va
o‘rta tadbirkorlarga va aloxida shaxslarga xam ushbu biznesning bevosita
ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Bu bilan yetkazib beruvchilar va
iste’molchilarning tobora kengroq doirada jalb etilayotganini ta’minladi. Kundan
kunga elektron biznes orqali tovar oldi sottisi, tovar va xizmatlar assortimentini
oshira boshlashi bilan davlatlar, davlat muassasalari, korxonalar va shaxslarni
o‘zaro hamkorligini amalga oshirish imkonini yaratib, bir hamjamiyatga
birlashtirdi, telekommunikatsion texnologiyalar to‘siqlarsiz samarali hamkorlik
amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Hozirgi elektron biznes yuritishning turli xil
andozalari qariyib hamma mamlakatlarda, iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli
xil hajmdagi korxonalarda, shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi
vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu
andozalarning umumiy qabul qilingan tasnifi asosiga shartli 52 ravishda mol
yetkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bo‘lgan elektron biznesning
o‘zaro aloqador tomonlari turlari qo‘yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan
iboratki, elektron biznesni yuritish andozalari mahsulot yetkazib beruvchi va
xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi va
xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi: Davlat (Government), Korxona
(Business), Mijoz (Consumer), Hamkor (Partner), Korxona xodimi (Employee).
Andoza belgilanishi tovar yetkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan tuziladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda turli xil darajada quyidagi
andozalardan foydalaniladi: - B2B – Business to Business (korxona korxona
uchun); - B2C – Business to Consumer (korxona mijoz uchun); - G2B –
Government to Business (davlat korxona uchun); - B2E – Business to Employee
(korxona xodim uchun); - C2B – Consumer to Business (mijoz korxona uchun); -
C2C – Consumer to Consumer (mijoz mijoz uchun); - B2G – Business to
Government (korxona davlat uchu); - G2P – Government to Partner (Davlat
221
hamkor uchun); - P2G – Partner to Government (Hamkor davlat uchun) va
boshqalar. Umuman olganda, elektron biznes virtual savdo maydonchasi deganda
shunday joy tushuniladiki, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasida shartnoma tuziladi
va moliyaviy oldi – sotti amallari o‘tkaziladi. Virtual savdo maydonchalari uch xil
ko‘rinishda bo‘ladi: xaridor tomonidan tashkil etiladigan; sotuvchilar tomonidan
tashkil etiladigan; uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan. U yoki bu
ko‘rinishdagi elektron biznes savdo maydonchalarini tashkil etish odatda xaridor
va sotuvchilarning shu sohadagi faoliyatiga ta’sir etish darajasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |