Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx


Глава 18. Цифровые платформы в электронной коммерции



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

Глава 18. Цифровые платформы в электронной коммерции
 
251 
18.1  Стандарты современных цифровых платформ…………………… 
251 
18.2  Технология  создания  цифровых  платформ  в  электронной 
коммерции. 
252 
18.3  Тенденции развития цифровых платформ в Узбекистане 
257 
 
Контрольные вопросы 
264 
Список использованных литератур...........................…………………. 
265 
 
 


12 
 
KIRISH 
 
XXI  asr  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asri  bo‘lib  kelmoqda.  Hozirgi 
vaqtda jahonda raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayoni tubdan rivojlanmoqda va  
hayotimizning barcha jabhalarida axborot hal qiluvchi kuch vazifasini o‘tamoqda. 
Davlatimizda jismoniy sog‘lom, manaviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va 
barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim 
va  zamonaviy  dunyoqarashga  ega,  Vatanimizning  taqdiri  va  kelajagi  uchun 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga 
etkazish  bugun  har  bir  muhandis-pedagog  oldidagi  ulkan  mas’uliyatli  vazifadir. 
“Kimki  haqiqiy  axborotga  ega  bo‘lsa,  u  dunyoga  hukmronlik  qiladi”  degan  naql 
bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topmoqda. 
Iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  jarayonida  turli  xil  mulk  shaklidagi 
xo‘jalik  sub’ektlarining  yuqori  iqtisodiy  samaradorlikka  erishish  yo‘lidagi 
faoliyatlari  bozorda  iste’molchilar  va  ishlab  chiqaruvchilar  manfaatlari  tengligi 
asosida  iste’mol  bozorining  aholi  ehtiyojlarini  qondirish  va  shu  orqali  ularning 
turmush  sharoitlarini  yaxshilash  hamda  farovonligini  yanada  oshirishni  nazarda 
tutadi.  Bunday  ulkan  vazifalarni  amalga  oshirishda  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar, 
barcha  xo‘jalik  sub’ektlarining  informatsion  texnologiyalardan  keng  miqyosda 
foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda, 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan  Xarakat  strategiyasining  uchinchi  “Iqtisodiyotni  rivojlantirish  va 
liberalashtirishning  ustuvor  yo‘nalishlari”  bandida  ham  ustivor  yo‘nalishlaridan 
biri qilib  “Kichik  biznes  va tadbirkorlikning  izchil  rivojlanib borishini  ta’minlash 
belgilangagligi”, bu sohada axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini 
tizimli qo‘llash kerakligini davlatning asosiy vazifasi sifatida e’tibor berishi muhim 
ahamiyatga  egadir.  Bu  vazifani  amalga  oshirishda  tadbirkorlik  va  biznesda  yangi 
zamonaviy  dasturiy  vositalar  hamda  integratsiyalashgan  axborot  tizimlarini  keng 
miqyosda qo‘llash va ularni mamlakatimiz siyosati orqali barcha jabhalarga tadbiq 
etish iqtisodiy samarani ancha oshirishga imkon beradi. 
Xozirgi  paytda  butun  jahonda  axborot-kommunikatsiya  va  raqamli 


13 
 
texnologiyalarini  jadal  rivojlanishi,  va  uning  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida 
qo‘llanilishi, iqtisodiyotda yangi innovatsiyaga asoslangan “Internet-iqtisodiyot”ni, 
ya’ni  “raqamli  iqtisodiyot”  paydo  bo‘lishiga  turtki  bo‘ldi.  Bu  yangi  iqtisodiyot 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
vositalariga 
asoslangan 
internet 
texnologiyalari  asosida  ishlaydigan  iqtisodiyot  bo‘lib,  u  bugungi  kunda  barcha 
sohalarni  qamrab  oldi.    Dunyoning  etakchi  olimlari  tomonidan  e’tirof  etilishicha, 
raqamli-iqtisodiyot eng jadal rivojlanayotgan istiqbolli  yo‘nalishlardan biri bo‘lib 
boryapti. 
O‘zbekiston  Respublikasi  elektron  tijoratni  rivojlanish  tendentsiyalari  va 
uning  aniq  faoliyat  yuritishi –  barcha  rivojlangan  davlatlar  taraqqiyotining  asosiy 
poydevori hisoblanadi. 
Elektron  tijorat  korxonalarning  kerakli  resurslar  oqimini  samarali 
boshqarishda,  resurslardan  tejamkorlik  bilan  foydalanishda,  faoliyatlarini    olib 
borishda  vaqtdan  yutishda,  mijozlar  bilan  ishlashda  informatsion  tо‘siqlarni 
boshqarishdaeng  asosiy  instrument  hisoblanadi.  Hozirgi  qattiq  raqobat  sharoitida 
har  bir  biznes  faoliyatini  olib  borayotgan  subyektlar  elektron  tijorat 
imkoniyatlaridan  foydalanishga  majbur.  Tadbirkorlik  faoliyatida  korxonalar 
elektron  tijorat  yordamida  bо‘lg‘usi  mijozlarga,  mol  yetkazib  beruvchilar  va 
buyurtmachilar  bilan  web  tizimi  orqali  aloqa  о‘rnatish,  savdo  bitimlarini  amalga 
oshirish  uchun  kerakli  hujjatlarni  elektron  kо‘rinishda  ayirboshlash,  tovar  va 
xizmatlar  sotilishi  va  yetkazib  berilishini  nazorat  qilish,  tovar  reklamasi  va 
xariddan  keyingi  qо‘llab-quvvatlash  va  xarid  uchun  elektron  tо‘lovni  amalga 
oshirish  masalarini  arzon  va  qulay  amalga  oshirish  mumkin.  Shuning  uchun 
elektron tijorat tadbirkorlar faoliyatining ajralmas qismiga aylanib boryapti.  
Rivojlangan  davlatlar  elektron  tijoratning  imkoniyatlarini  va  istiqbollarini 
aniq  his  qilgan  holda  bu  sohaning  rivojlanishiga  yetarlicha  investitsiya 
ajratyaptilar.  Rivojlangan  davlatlarda  elektron  tijorat  bu  mamlakatlarning  yalpi 
milliy  mahsulotlarida  salmoqli  о‘rin  egallaydi.  Rivojlangan  davlatlar  bu  sohani 
yangi  iqtisodiy  tizim  sifatida  qaray  boshlashdi  va  bu  sohada  yetakchi  о‘rinni 
egallash  maqsadida  elektron  tijoratni  о‘rgana  boshlashdi.  Elektron  tijoratni 


14 
 
rivojlatirishga  xalaqit  beradigan    tо‘siqlarni  yechish  mexanizmlarini  ishlab 
chiqilgan.  Yevropa  Ittifoqi  bu  borada  о‘zining  “Elektron  Yevropa”(e-
europe)loyihasini  ishlab  chiqdi.  Bu  loyiha  Yevropa  Ittifoqini  kelajakda  yangi 
iqtisodiy tizimdagi holatini yaxshilashda muhim rol о‘ynaydi. 
Rivojlanayotgan  davlatlarda  elektron  tijoratni  mamlakatning  eksport 
salohiyatini  oshiruvchi  asosiy  jarayon  deb  bilishadi.    Bu  davlatlardagi  kichik 
biznes  vakillari  elektron  tijoratning  ahamiyatini  sekinlik  bilan  anglashmoqda. 
Shuni  inobatga  olib,  rivojlanayotgan  davlatlar  hukumatlari  elektron  tijorat 
rivojlanishiga  turtki  bо‘ladigan  asosiy  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari 
infrastrukturasini rivojlantirishga e’tiborlarini qaratmoqdalar. 
О‘zbekistonda 
ham 
elektron 
tijorat 
jadal 
sur’atlar 
bilan 
rivojlanmoqda.Oxirgi  yillarda  mamlakatimizda  ham  zamonaviy  axborot 
kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada rivojlantirish borasida  bir qancha  qaror 
va  farmoyishlar  e’lon  qilindi.  Qabul qilingan  farmonlarning ichida 30  may  2002-
yildagi  PF-3080  Respublikamizda  axborotlashtirish  jarayonlarini  jadallik  bilan 
rivojlantirishga  olib  keldi.    O‘zbekiston  Respublikasining  jamoat  ta’lim  axborot 
tarmog‘ini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  2005-yildagi  qarori  bilan  barcha  o‘quv 
tashkilotlari  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  va  internet  tarmog‘i  bilan 
ta’minlandi,  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy 
etish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi  PQ-1730  21  mart  2012-yilda 
qabul  qilinib,barcha  boshqaruv  organlarini  kompyuterlashtirish  va  dasturiy 
ta’minot  bilan  ta’minlash  bo‘yicha  ancha ishlar  qilindi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi  PQ-1989  26  mart  2013-yil,  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot 
texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarinirivojlantirish  vazirligini  tashkil  etish 
to‘g‘risidagi  PF-4702  04.02.2015-yil,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2015  yil  4  dekabrdagi  “2016-2018  yillarda  O‘zbekiston  tijoratni 
rivojlantirish  konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  353-son  qarori,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  3  iyuldagi  «O‘zbekiston  Respublikasida 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  PQ-3832-


15 
 
sonqaror va farmonlarni keltirish mumkin, shu bilan birgalikda bu misollar sohaga 
katta e’tibor berilayotganligidan dalolat berib turibdi. 
Нukumatimizning bu sohaning muhimligini anglagan holda olib borayotgan 
islohotlari О‘zbekistonda ham elektron tijoratning rivojlanishiga sabab  bо‘lmoqda. 
Elektron  tijorat  mamlakatimiz  rivojlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuni 
hisobga  olgan  holda,  bu  soha  beradigan  tо‘siqlarni  bartaraf  etish  zarur.Ushbu 
sohada  ma’lum  darajadagi ilmiy  va  amaliy  natijalar qo’lga kiritilganiga qaramay, 
ta’kidlash  joizki,  bugungi  kunda  tadbirkorlik  faoliyati  samaradorligini  oshirishda 
elektron  tizoratdan  foydalanish  masalalari  bilan  bog’liq  muammolarni  hal  etish 
ustida  olib  borilayotgan  ilmiy  tadqiqotlar  etarli  emas.  Mazkur  vazifaning  asosiy 
tamoyillarini ishlab chiqishda yagona yondashuvning mavjud emasligi tadbirkorlik 
faoliyatida 
elektron 
tijorat 
platformalaridan 
foydalanishning 
samarali 
mexanizmlari 
shakllanishiga  imkon 
bermayapti. 
Yuzaga  kelgan 
holat 
axborotlashgan  jamiyatni  barpo  etishda  iqtisodiy  samaradorlikni  oshirishda 
zamonaviy  raqamli  va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan 
holda elektron tijorat platformalaridan foydalanishni oshiradigan yondashuvlar va 
usullarni ishlab chiqish muhim ekanligini ko’rsatadi. 
 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish