Boshqa faoliyat turlari.
3. Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo‘yicha o‘qituvchi,
ota-onasi, kursdoshlari, qo‘shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning
xulosalari, taqrizlari hamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo‘yicha o‘z
tahlillaridan iborat bo‘ladi.
Afzalliklari:
Bu portfolio talabani o‘quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o‘z-o‘zini
baholash mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari:
To‘plangan materiallarni bir shaklga keltirish va
hisobga olishning murakkabligi.
Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:
bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha
taqrizlar;
qo‘shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy
anjumanlardagi chiqishlari bo‘yicha taqrizlar.
talabaning o‘z faoliyati bo‘yicha xulosalari, baholari;
keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o‘qishni qanday tashkil etish
bo‘yicha talabaning o‘z xulosalari;
amaliyotlar bo‘yicha
tavsiya xatlar;
boshqa sohalar bo‘yicha taqriz va xulosalar.
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur
o‘rgangan holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida
yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
4.«Portfolio-kollektor».
Bu
portfolio
talaba
muallif
bo‘lmagan
materiallardan iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan
adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual
materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar
hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
5.«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish,
ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va
malakalarini mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning
loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab
chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik
bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani
baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
6.«Ko‘rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo‘yicha
mahoratini va ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi.
Unga talabaning o‘zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan
namunalar qo‘yiladi.
7.«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat
qilish maqsadida tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari,
testlar, sxemalar, krossvordlar va boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash
portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil tuziladi va uni rejalashtirilgan,
maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida talabalarga taqdim
etishi talab etiladi.
8. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi
ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba
o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari,
maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi
rasmlarni kiritishi mumkin.
9. «Talabaning elektron portfoliosi» - e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda
rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron
portfoliosi» keng qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan,
maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik
bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan
axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Rivojlantirish
portfoliosi-
Do'stlaringiz bilan baham: