Qisqa muddatli likvidlilik-
bankning so‘ngdirish muddati 30 kundan 1
yilgacha bo‘lgan aktivlar bilan 30 kundan 1 yilgacha qabul qilingan depozitlar va
resurslarga nisbati tushuniladi.
Komission operatsiyalar-
banklar o‘z mablag‘larini qo‘ymasdan, ssuda
bermasdan ko‘rsatiladigan, asosan to‘lov topshiriqnomasini bajarish Bilan bog‘liq
operatsiyalar.
Qoplash koeffitsienti-
mijozning barcha likvid mablag‘lari qanchalik uni
barcha majburiyatlarini qoplashi mumkinligini anglatadi.
Kredit mexanizmi-
kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan
elementlar majmuasidir.
Kredit paketi-
kreditlash jarayoni uchun zarur bo‘lgan xujjatlar majmuasi
tushuniladi.
Kredit portfelining diversifikatsiyasi
– bu bankning ba’zi mijozlaridan
ko‘rgan zararlarni boshqa mijozlardan ko‘rgan daromad hisobidan qoplash
maqsadida bankning kredit resurslarini kam miqdorda ko‘p sonli mijozlar
o‘rtasida taqsimlash demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |