Iste’mol krediti
- bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam
beruvchi kreditdir va uy-ro‘zg‘or buyumlari: radio-elektron va maishiy asbob-
uskunalar, mebellar, interer buyumlari, turar uy-joylarni ta’mirlash bilan bog‘liq
tovarlarni xarid qilish, avtomashina sotib olish va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy
xizmatlar va boshqa xizmatlarning haqini to‘lash uchun 3 yilgacha bo‘lgan
muddatda beriladi.
Ishonchsiz kreditlar
– ishonchsiz deb turkumlangan aktivlar qaytishi
mumkin bo‘lmagan aktivlar deb qaraladi. Bunday aktivlar juda pats qiymatga ega
va ularni bank aktivlari sifatida hisobga yuritish maqsadiga muvofiq emas deb
hisoblanadi. Bunday turkumlash bu aktivlarning hech qanday likvidatsion bahosi
yuq degani emas, lekin banklarga bunday aktivlarni o‘z balansida yuritish tavsiya
etilmaydi va bu aktivlar likvidatsiya qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |