2-Mavzu: MA’LUMOTLARNING
AXBOROTLI MODELLARI
O’qituvchi: Xalikov Akbar Tilovberdiyevich
AMALIY MASHG‘ULOT №2
Mashg‘ulot maqsadi:
Boshqaruv tizimi
modeli. Boshqaruv tizimi o’zining tarkibiy
nuqtai nazaridan ko’p sonli funktsional
momentlardan (boshqaruv vazifalaridan)
iborat
bo’lib
, boshqarishning to’liq davrini
namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni
bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash,
tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish,
nazorat, tahlil etish va tartibga solish
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.
Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga
mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi.
O’rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi
shakllanadi yoki ko’rinishini o’zgartiradi (tashkil etish konturi). Quyi darajada
yuzaga kelgan og’ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la
olishini ta’minlaydi.
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob’ektining o’zaro aloqasi
aniq nomoyon bo’ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech bir
ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan
hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof-muhitning taxminiy ta’siri va tizim
faoliyatining me’yoriy rejimdan chalg’ish bilan bog’’liq bo’lgan boshqaruv
buyruqlari.
Boshqaruv tizimining modeli
SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini
ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha
axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir
ko’rinishida boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil
etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi
ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
1.
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.
2.
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi. Boshqarish tizimi
mustaqil harakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo’lishi.
3.
Boshqaruvchi
ob’ektning
boshqariluvchi
ob’ekt
xaqida
mufassal
ma’lumotlarga ega bo’lishi.
Iqtisodiy axborot tizimining kontseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq
axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to’plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga
mo’ljallangan. Kontseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi - bu operatsiyani bajaruvchi tizim
va boshqaruvchi tizim o’rtasidagi vositachi sanaladi
Axborot tizimining funktsional modeli
Mazkur modeldan ko’rinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot
ob’ektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda
axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi,
tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot ob’ektlarini
o’zida saqlaydi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy
protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va
chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to’rtinchi va beshinchilari
esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o’rtasidagi aloqani
ta’minlaydi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |