qiladigan korxonalarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini
mustaxkamlash bo‘yicha qabulqilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega
Haridorning tovar va xizmatlar sotib olish uchun qilgan sarf harajatlari ikk
qismdan iborat. Birinchi tovarga bo‘lgan baho, ikkinchisi uni topishga ketgan vaqt
va ishlatish harajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol harajatlarini,
ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning harid qilib olish narxidan
ancha ko‘p. Tovarlar ichida eng raqobatdoshi bo‘lib boshlang‘ich bahosi past
emas, iste’molchi qo‘lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy harajati
kamligi bilan farqlanadigan hisoblanadi. Haridorlar xajmi – harakatini kuzatish
shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tovarlarni taqqoslashda qaysinii qo‘llash samaradorligi
(R); sotib olish harajatlariga (S) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha tovarni ko‘proq
I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.:
24
Tovarning raqobatdoshligini baholash qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichichga
oladi:
a) bozorni tahlil qilib o‘zimizni tovarimizga o‘xshash tovar namunasini
topib olish;
b) bizning tvoar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni
belgilash;
v)
o‘zimizning
tovarimizdagi
integral
(umumiy)
raqobatdoshlik
xususiyatlarini aniqlash.
Bozordagi raqobatga esa ko‘proq tovar sotishni rag‘batlantirish vositalari
xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchidan olinadi.
Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat bozorda taklif
talabdan yuqori bo‘lganda firmalar ichida emas balki tovarlar orasida namoyon
bo‘ladi.
Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: a) tovarlarning
xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport,
kitoblar, plastinkalar kishining madaniy dam olishiga qaratilgan. Shuning uchun
ular bir-biri bilan raqobatchi; b) bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishi
orqali bo‘ladigan raqobat yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyadan
tovar ishlab chiqarish; v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat – bu eng ko‘p tarqalgan
usullaridir. Bahoni pasaytirib bozorni egallash. Tovarlarni iste’mol qilish
(ishlatish) jarayonidagi bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini
kamaytirish va xizmat qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish.
Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
1.Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa
bozor muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.
2.Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.
3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.
4.Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga
raqobatchingizni ishontiring.
25
Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
1.Boshqa tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
2.Raqobatchi firmaning reklama vositalari va sotishni raqobatlantiruvchi
usullari?
3.Qaysi belgilari ishlatilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: