27
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Mamlakatimizning raqobatdoshligini
oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini
chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2010 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturni amalga oshirishning muxim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”
10
– deb
ta’kidlagan edilar
Baho – bu bozor unsurlari ichida eng murakkabidir. U o‘zgaruvchan,
harakatchan, bozordagi kon’yukturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo
o‘zgarib turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt
davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar
bilan ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatnining asosiy tamoyili degan fikr hukmron
edi. O‘zgarmas baholar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabini qondirishga
to‘siqlik qiladi.
Bugungi kunda baholar tizimi ancha chalkash, uni tushunib yetish bir
muncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar
sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Bozor baholarining asosiy xususiyati ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki baholar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi
vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning
uchun harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning
bozordagi harakatini, tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va
boshqarish bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini
kiritishni eskirgan modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.
Baholar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi, masalan, biror kamchiligi
bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda xattoki tushurilgan
baholar deb ataluvchi baholarda sotiladi. Yuqori baholar esa yuqori sifatli, ya’ni
iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga
ega bo‘lgan mamlakatlarda bahoni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy
strategik yondoshishlarigina ishlab chiqilishigina bejiz emas chunki baholarning
o‘zi faqat bozor sub’ektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan
10
I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.:
O‘zbekiston, 2010 yil, 59 bet
28
o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Baho darajasi tovarning
raqobatdoshligi va bozordagi o‘rniga bog‘liqdir. Buning natijasi sotiladagan
tovarlar masalasida korxona ulushining oshishidir.
Bahoni tahlil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak va
tovarning birlamchi bahosi qanday bo‘lishi foyda olish uchun va bozorda bu
mahsulotni ulushini oshirish uchun uni qanday o‘zgartirish kerak? Mutaxassislar
bu savollarga javob berishga turlicha yondoshadilar.
Birlamchi bahoni aniqlashga vaqt bo‘yicha baho darajasini aniq hisoblash
ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga tovarni hayotiylik davriga, tovarga
talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tovar siyosati ijtimoiy
tovar ishlab chiqarishning barcha taqsimlashlarini almashuv va iste’molchining
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda yuritiladi. Har bir bosqichda tovar
bahosiga ta’sir qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi.
Tovar va xizmatlar bahosida, sarflangan harajatlar bahoda aks etgan foyda
talab va taklifning nisbati hisobiga olinadi. Xudi mana shu omillar talab va taklif
qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil
qilishni tartibga soladi.
Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o‘rnatishning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, haridor o‘z firmasiga doimo ishonadi. Masalan,
firma yangi tovarga bahoni yuqori o‘rnatmaydi, o‘rnatsa ham u doimo o‘z
haridorini qoniqtiradi.
Moliyaviy va bank boshqarish sistemalarining susayishi, transport va milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi. Baholar
darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli
rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxni pasayishi sifatni yomonligidan dalolat
beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda
mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.
Hozirda asosan baho raqobati bahosiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib
bermoqda. Baholar faqat iste’moldangina emas, balki ishlab chiqarishdagi
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Baholarning boshqa muxim vazifasi ishlab
29
chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ularni
ham, bularni ham chorasini ko‘rishga ayni vaqtda bunday chora imkoniyat
yaratishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: