31-modda. Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan
o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi
iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimini ijro etish
Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga
joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimining ijrosini
quyidagilar ta’minlaydi:
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya - voyaga yetmaganga nisbatan
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish bilan bog‘liq
bo‘lmagan boshqa ta’sir choralarini qo‘llashga taalluqli qismini;
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi - voyaga yetmaganni
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga olib borishga taalluqli qismini;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi - voyaga yetmaganni mazkur
muassasada saqlash muddati mobaynida uning tuzalishi va ijtimoiy-p dagogik
abilitatsiya qilinishini ta’minlashga taalluqli qismini.
Do'stlaringiz bilan baham: |