bosh o‘ng va chap tomonga harakat qiladi. Yettinchi b o ‘yin
umurtqasining turtib chiqqan qismi yaxshi ko‘rinishi va odamning
beldan yuqori qomatini chizishda mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi uchun
ham muhimdir.
Odam qomatini chizish mashqlarida yettinchi bo‘yin umurtqasi
va bo‘yinturuq chuqurchasi odamning tik turgan qomati muvo-
zanatining o‘qini aniqlashda doimo m o‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda quyidagilami eslab qolish kerakki, yettinchi bo‘yin
umurtqasi yelkaning yuqori chetidan o‘tuvchi gorizontal chiziqda
joylashadi. Bu qonuniyatni bilish bo‘yin rasmini to ‘g‘ri chizish va
boshni yelka kengligi bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradi.
Ishga kirishishdan awal, o‘quvchilar dastlab tasviming umu-
miy shaklini qog‘ozga tushirishadi. Topilgan o‘rta va yon chiziqlar
asosida bosh suyagining umumiy ko‘rinishi belgilab olinadi. Bunda
modelning shartli chegarasi bumn ko‘prigi va ko‘z kosasidan o‘tuv-
chi hamda quloq darchalarigacha davom etuvchi yuz va miya
qismlarining nisbatlari to ‘g‘ri aniqlanishi lozim. Bosh suyaklarining
umumiy shakli va qog‘ozdagi joylashuvi aniqlanganidan so‘ng,
tasvimi ishlashga kirishiladi.
Bosh suyagining tasviri va uning simmetrik qismlari juft holda
ishlanadi. Bosh suyagining ushbu holatdagi rasmini chizishda
o‘quvchi m o‘ljal sifatida o‘rta chiziqdan foydalanadi. Chizuvchiga
yaqin joylashgan ko‘z kosasining tashqi chekkasidan, yoysimon
suyak burchagidan o‘tuvchi va pastki jag‘ burchagi bilan birla-
shuvchi shakl qirrasi bo‘yicha yuz va yon taraflar munosabati
aniqlanadi.
Alohida suyaklaming nisbatlari, miya qopqog‘i balandhgi
va kengligi, peshana suyagi, yonoq suyagi, jag‘lar o‘lchami katta
qismlardan kichik qismlarga o‘tish tartibida ko‘zdan kechiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, qismlardan bo‘laklarga tartibida ish olib
boriladi.
Bosh suyagi 4/3 burilishda tasvirlangani va simmetrik detallar
har xil yuzalardajoylashganligi uchun ular o‘rta chiziqqa nisbatan
turh oraliqlardajoylashadi. Masalan, o‘quvchigayaqinbo‘lgan ko‘z
kosasi uzoqdagisiga nisbatan perspektiva qonuniga asosan kattaroq
ko‘rinadi. Yonoqlar va peshananing ikki qismi birinchi qismidan
oTchami b o ‘yicha farqlanadi. Parallel ko‘ndalang yordamchi
chiziqlar birlashish nuqtasi tomon harakatlanadi, shuning uchun
o‘quvchiga yaqin joylashgan suyaklar uzoqdagilariga nisbatan kat-
113
Bosh suyagi qismlari joylashuvining hajmli ko‘rinishini to ‘liq
tasaw ur etish uchun vaqti-vaqti bilan, o‘rindan turib, modelni
turli tomonlardan kuzatish va chizishni davom ettirish kerak. Bosh
suyagi tasvirini chuqur o‘zlashtirib bo‘lingandan so‘ng Gudonning
gips anatomik «Ekorshe» bosh shaklini to ‘rt bosqichda tasvirlash
muhimdir. Bundan asosiy maqsad — bosh suyagi
rasmini chizishda
olgan nazariy bilimlami plastik anatomiyaga oid muskullar tuzilishi
va ulaming joylashishini ushbu modelda amaliy bajarishdan iborat.
Har doimgidek birinchi bosqich shaklni qog‘oz sirtida kom-
pozitsiyaviy joylashtirish va uni chiziqli konstmktiv qurishdan
boshlanadi. Ikkinchi bosqichda shaklning b o ‘laklari geometrik
shakllar tarzida qurish bosqichi hisoblanadi. Uchinchi bosqichda
bosh shaklining konstmksiyalari va plastik yechimi aniqlanadi.
So‘nggi to ‘rtinchi bosqichda bosh shaklining yomg‘-soya muno-
sabatlari aniqlanib, vazifa yakunlanadi (81-rasm,
a, b, d, e).
Do'stlaringiz bilan baham: