Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

rasmini  chizish
Odam boshi rasmini chizish — tasviriy san’at sirlarini o‘rganish 
jarayonidagi eng muhim bosqichlardan biri.  Odam boshi tasvirini 
ishlash mahoratini egallash uchun bosh suyagi  bo‘laklarini bilish, 
uning  anatomik  xususiyatlarini  anglash  muhim  ahamiyatga  ega. 
Shuningdek,  inson  portretini  tasvirlashga  kirishishdan  oldin 
boshning  gipsdan  ishlangan  anatomik  (Jan Antuan  Gudon  mo- 
deli)  «Ekorshe» modelini  chizish maqsadga muvofiq.
Yuqorida  ta ’kidlab  o‘tganimizdek,  inson  portretini  tasvirlash 
mashqlari  bosh  suyagi  bo‘laklarini  tahlil  qilish  va  tasvirlashdan 
boshlanadi.  Tirik  boshni  tasvirlashda  esa,  bularni  bilish  juda 
muhimdir.  Bosh  suyagi bo‘laklarini tahlil  qilishda  chakka suyagi, 
jag‘  suyagi shakllarining xarakteriga, jag‘  suyagi o‘simtasiga, pastki 
jag‘ va ensa (gardan)larga alohida e’tibor berish kerak.  Shuningdek, 
katta  ensa chuqurchasi va  ellipsoid shakhdagi ikkita bo‘rtib chiqqan 
qismiga  e’tibor  qaratish  kerak.  Bu  suyaklarning  hammasi  bosh
107


suyagining  umumiy xarakteri  kabi  har  xil  tomondan  o‘rganilishi 
kerak.  0 ‘quvclii uchun eng asosiysi bulami nazariy jihatdan o‘qib, 
amaliy tomondan qo‘lda qalam va qog‘oz bilan ko‘plab mashqlarda 
m ustahkam lashi  lozim.  Shuning  uchun  ham   barcha  tad im  
muassasalarining o‘quv dasturlarida odam boshini  cliizishdan oldin 
birinchi  topshiriq  bosh  suyagini  uch  holatda  cliizish  mashqlari 
bilan boshlanadi  (76-rasm).
76-rasm.
108


Bosh suyagini chizishda shulami nazarda tutish va xotirada saqlab 
qolish kerakki,  u ikki qismdan:  bosh suyagi qutisi —  ensa,  gardan 
va old qismlardan iboratdir. Ular turli shakl va olchamlardan iborat 
juda  ko‘p  boMaklardan  tashkil  topgan.  Bosh  suyagi  qutisi  oltita 
suyakdan  tashkil  topganbo‘lib,  ular  o‘zaro  tishsimon  choklar bi- 
lan  biriktirilgan  (ensa,  orqa),  peshana  (old),  ikkita  tomon  tepa 
suyagi va ikkita chakka (yon) suyaklar.
Old  qismi  ikkita  ko‘z  kosasi  (chanog‘i,  noksimon  shakldagi 
burun  kosasi,  ko‘z  kosasining  ostidan  jag‘  suyagi  (jag‘  suyagi 
o‘simtasi bilan), ustidan qosh usti va chakka suyaklari qoplangan. 
Burun  kosasi  (noksimon  chuqurchasi)dan  yuqorigi  jag‘  suyagi, 
pastdan esa, bosh suyagining old qismiga ikkita simmetrik o‘ng va 
chap bo‘laklardan  iborat pastki jag‘  tutashadi.  Bu  suyaklar  shak- 
lining  xarakteri  va  ulaming  qurilish  xususiyatlariga  va  umuman, 
bosh  shaklining  xarakteristikasiga  bog‘liqdir.  Shuning  uchun 
naturadan  bosh  suyagini  chizishda,  har  bir  suyakning  umumiy 
shaklini  eslab  qolishga  harakat  qilish  kerak.  Chunki  ular  portret 
rasmini chizishda va tirik boshni tahlil qilishda muhim hisoblanadi.
Jag‘  suyagi va jag‘  suyagi o‘simtasi shaklining xarakteri va tirik 
bosh  rasmini  chizishda  yonoqlar  shaklini  to ‘g‘ri  qurish  va  shu 
joyda quloq suprasi joylashishini nazarda tutish kerak.  Jag‘  suyagi 
o‘simtasining  kattaligi  taxminan  to ‘rt  enli  keladi  va  jag‘  suyagi 
o ‘simtasining  uchi  doimo  quloq  suprasi  va  (bukrisi)  o‘rtasiga 
joylashadi.  Jag‘  suyagi  o‘simtasini  ushlab  ko‘rib,  hamma  ham  u 
quloq  suprasi  o‘rtasiga  kirib  borishni  o ‘simtani  barmoq  bilan 
paypaslab ishonch hosil qila oladi.  Bu narsani bilmagan o‘quvchi, 
odatda,  quloqni  yo  yonoqda,  yo  ensada  aks  ettirib,  xato  qilishi 
mumkin.
Ensa (gardan)  suyagining so‘rg‘ichsimon o‘simtasi har qanday 
kishida yaxshi ko‘rinadi, u boshni yelka suyagi bilan tutashtimvchi 
ko‘krak-o‘mrov mushaklarining birlashtiruvchisidir.  So‘rg‘ichsimon 
o‘simtalarining  joylashishiga  mushaklar  shaklining  xarakteri  va 
um um anbo‘yintuzilishigabog‘liqdir.  77-rasm, 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish