Past narxlar strategiyasi.
Past narxlar strategiyasi tovarni sotib
oluvchilar uning qiymatini idrok etadigan darajadan pastroq, ya’ni
tovarni o‘z narxidan ko‘ra pastroq baholashni belgilashni ko‘zda tutadi.
Bu strategiya tadbirkorlar tomonidan bankrotlikdan qochib, ishlab
chiqarish quvvatini oshirib yuborganda, korxona o‘z mahsulotini bozor-
da uzoq vaqt mavjud bo‘lishini hisobga olmagan holatlarda qo‘llaniladi.
Past narx strategiyasi sifatli o‘rtadan past (lekin yomon emas)
tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi va ularga uzoq muddatga past
darajadagi narxni o‘rnatishni ko‘zda tutadi.
Past narxlar strategiyasi, shuningdek, yangi tovarni bozorga olib
chiqishda uni bozorga tez singib ketishi «yorib o‘tish», iloji boricha
ko‘proq miqdordagi xaridorlarni qamrab olishi potensial raqobatchi-
larning bozorga kirishini cheklash yoki sekinlashtirish maqsadlarida
narx belgilashda qo‘llaniladi. «Yorib o‘tish» strategiyasi bozorda o‘z
o‘rnini mustahkamlab olgandan keyin narxni asta-sekin oshirib borishni
ko‘zda tutadi. Bu strategiya: agar xaridorlar narx darajasiga yuqori
ta’sirchanligi bilan xarakterlansa, ushbu tovar ommaviy ishlab
chiqarilib, mahsulot birligiga xarajatlar ishlab chiqarish hajmi oshishi
bilan tez pasaysa, agar raqobatchilarning ushbu korxona bilan
taqqoslanganda xarajatlari ancha yuqori bo‘lsa va ular «narxlar urushi»
dan qochish uchun o‘z narxlarini pasaytirmasalar muvaffaqiyatli bo‘lishi
mumkin.
Past narxlar strategiyasi yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida
uning sotilish istiqbolini aniqlash, narxning maqbul darajasini topish
imkonini beradi, firmaga o‘zi hatto orzu qila olmaydigan bozorlarga
kirishga ham imkoniyat berishi mumkin.
Mahsulot birligini qoplashning past summasiga qaramasdan bu
strategiyada savdoning hamma hajmini qoplab yuqori summa bilan
ta’minlanadi. Past narxlar strategiyasi «tez» foyda olishdan ko‘ra uzoq
vaqt foyda olishni ko‘zda tutadi. Yangi mahsulot ishlab chiqishga ketgan
xarajatlar bu strategiyada «qaymog‘ini olish» strategiyasiga nisbatan
ancha vaqt o‘tgandan keyin qoplanadi.
Past narxlar strategiyasi bozorga tez «yorib kirish» maqsadida firma
uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Past narxlar firmaning ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan sezilarli oshib ketuvchi talabni keltirib chiqarishi
mumkin. Shunday holat yuz berishi mumkinki, uning oqibatida firma
282
narxni oshira olmasligi, natijada u moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi
mumkin. Past narxlar strategiyasi uzoq muddatli foydaga ziyon
yetkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |