224
9.4.-rasm.
Tovar siyosati
9.2. Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari
Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan
davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt
oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar
qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertami-
kechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga
asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning hayotiylik davri diapazoni
Tovarning foydaliligini saqlash xususiyati
Maqsadga muvofiqligi
Tovarga tegishliligi
Markaga tegishliligi (imij)
Xaridorga tegishliligi
Transportabellik
Omborda saqlash xususiyati
Tovar shaklini chiroyliligi uchun
Keyinchalik ishlatish uchun
Foydaliligini oshirish uchun
Reklama funksiyasi
O‘rash, qadog‘i
225
ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt
davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin.
Tovarning hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud:
1. Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moli-
gacha bo‘lgan davr tushuniladi. Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov),
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish.
2. Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan
o‘zining ma’lum hayotiylik davri tushuniladi.
Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi
–
korxonalar uchun
hozirgi global bozorlardagi kuchli raqobat ichida tirik qolish uchun
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir
korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid
ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va munosabatlarni boshqara olishi kerak.
Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi, bozorga kirish
vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot
chiqarish tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi,
mahsulot shaklini yaxshilashga yordam beradi, isrofgarchilikni
kamaytiradi.
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik
marketolog T.Levitt tomonidan 1965–yilda tariflangan edi. Ushbu
nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm
kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish,
keyin tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash
davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri
jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish
kabi bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda
ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha:
1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish.
Do'stlaringiz bilan baham: