Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/341
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#322570
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   341
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Montaj qilish 

Yetka-

zib 

berish 

va 

kredit-

lar 

berish

 

Sotil-

gandan 

keyingi 

xizmat-

lar 

Kafolatlash 

O‘rab-joylanishi 

Xos-

sasi 

Tashqi 

bezagi 

Sifati 

Mar-

kasi 

Asosiy foyda va 

xizmat 

Tovarni 

qo‘llab-

quvvatlovchi 

tadbirlar 

Real 

bajaril-

gan 

tovar 

G‘oya 

bo‘yicha 


215 

 

tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki 



guruhga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik 

maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar. 

Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini 

qondirishga mo‘ljallangan eng zarur tovarlardir. O‘z navbatida, iste’mol 

tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 

tovarlar, talab juda kichik bo‘lgan tovarlar guruhlariga bo‘linadi. 

Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo‘lib, xaridor uni 

o‘ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarli taqqoslamasdan, tez-tez 

xarid qiladigan tovarlardir. 

Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, 

tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 

o‘xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-

kechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin. 

Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga 

ega bo‘lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan 

tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta qimmatbaho 

taqinchoqlar. 

Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari 

bo‘lib, odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar. 

Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina 

marketing harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish – 

texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va 

tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom 

ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan 

tovarlardir. 

Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. 

Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema 

bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga 

tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda 

qo‘llaniladi. 

Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. 

Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi, 

iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga 

oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va 

nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning 

nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa 

belgilarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan tashqari 



216 

 

shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil 



etish shakllari va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik 

rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor 

qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar 

uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan 

mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.

   

Mahsulot va xizmatning farqi: 

Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish 

yoki ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, 

mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan 

bilasiz va ko‘rasiz. 

Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan 

xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z 

bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol 

qiladi. 


Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga 

qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval 

sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijoz-

dan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz 

odatda yonma-yon turadi. 

 

 




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish